www.ziyouz.com kutubxonasi
104
to‘sishga harakat qilardi.
Og‘ir, qo‘rqoq tabiat, loqayd qizlar yarali ohuni quvlagan ov itlariga o‘xshardilar. Ular
qora oyoqlari bilan chaqqon irg‘ishlashar, o‘limtik ustidagi quzg‘unlar singari yirtqichlar-
cha qichqiriqlar ko‘tarishib, Munisa atrofida yugurishardi. Boyoqish qizni goh burchaklar-
ga tiqishar, goh tuproqqa yiqitishar yoki og‘izlarini shishirgan suvni yirtiq ko‘ylagining
yarim ochiq yoqasidan ko‘rinib turgan ko‘kragiga purkashardi.
Aqlim boshimdan uchdi, uydan telbalarcha otilib chiqib, pastga qarab yugurdim.
Shunday yugurdimki, o‘ng oyog‘im chirik zina pog‘onalarining birini sindirib, ichiga tu-
shib ketdi. Men boqqa yetib kelganimda manzara o‘zgargan edi. Munisaga o‘zi singari
kichkina, lekin kuchli, chaqqon yordamchi topilibdi. Bu Vahbi edi.
To‘qqiz yashar bu azamatning qahramonligini bir umr esdan chiqarmayman. Vahbi
buloq suvi oqib tushadigan narigi yoqdagi loyqa ko‘lobga kirib olib, Munisani xafa
qilayotganlarga hadeb loy sachratar, o‘zi ham suvdagi o‘rdakdek ivib borardi. Qo‘llari,
oyoqlari, yuzi — hammayog‘i loydan qorayib ketibdi. Ingichka ovozi esa, qizlarning qiy-
chuvlari orasida podachi nayidek, jaranglab chiqar edi.
— Hoy, kofirning qizlari, tegmanglar Munisaga! Bo‘lmasa hammangni so‘yaman! —
deb qichqirardi.
Qizlar bu hujumga dosh berolmay chekinishga majbur bo‘ldilar. Munisani yarim hush-
siz holda quchog‘imga olib uyimga ko‘tarib keldim.
Bu kichik go‘zalni bag‘rimga bosganimda, o, nimalar his qilganimni aytib bera olmay-
man. Qalbimning ich-ichida qaynoq buloq ochilgandek, vujudimni hayajonli bir harorat
bosib bordi. Bu harorat tomirlarimda yugurib, meni shirin-shirin elitar, ko‘zlarimga yosh
chiqarib, nafasimni bo‘g‘ar edi.
Bunday sarxushlikni bir mahal boshdan kechirgandek bo‘lib ketdim. Ammo qaerda?
Qachon?
Hozir shu satrlarni yozib turganimda qalbim urishdan to‘xtab, ko‘zlarim uzoq o‘tmish-
ga tikila boshladi “Ha, qaerda?.. Qachon?” deb o‘ylayman. Bu, harholda, eski bir tush-
ning xotirasi bo‘lishi kerak. Chunki bu uzoq dudmal xotirada ro‘yo kabi aqlga sig‘maydi-
gan narsalar bor. O‘zimni fazolarda uchayotganday ko‘raman. Atrofimda yuzimga, so-
chlarimga urilib, shitirlab oqayotgan xazonlar seli bor. Ajabo, qaerda? Yo‘q, yo‘q,
yolg‘on, bunday narsalarni umrimda birinchi marta his etyapman!
* * *
Shu kuni o‘quvchilarimni esdan chiqarib, faqat Munisa bilan mashg‘ul bo‘ldim. Bo‘ron-
lar ozor yetkazgan oq gul singari go‘zal vujudini, oq ipakka o‘xshash och sariq sochlarini
yuvdim.
Bechora o‘zini bosolmay anchagachacha hiqillab yig‘ladi. O, bu ko‘z yoshlari! Nazarim-
da, bu yoshlar qizning yuzidan emas, mening yaralangan qalbimdan oqib tushayotgan-
dek.
Qizcha sekin-sekin menga ko‘nika bordi. Eski ko‘ylaklarimdan birini naridan-beri unga
moslab tika boshlaganimda, Munisa mushuk bolasidek etaklarimga suykalar, yoshi quri-
magan ko‘zlarini yuzimga tikib o‘tirardi.
Hayotning mushkul, nohaq zarbalariga barvaqt uchragan har bir yosh boladagi singari
Munisada ham katta kishi holi bor. Men faqat bir-ikki oydan berigina tushuna boshlagan
ba’zi narsalarimni u ko‘pdan biladi. Ha, uchta kichkina ukasiga o‘zi qarar, bularning bu-
tun tashvishini o‘zi tortar ekan. Shunday bo‘lsa ham negadir o‘gay onasiga yoqmas, har
kun bir necha marta kaltak yeyishdan qutulmas ekan. Bundan bir hafta ilgari bog‘lariga
qo‘shnisining sigiri tushibdi. Munisa esa uni haydab chiqarguncha kichkina ukasi belan-
chakdan yiqilib ketibdi. O‘gay onasi Munisani o‘lgudek uribdi-da, keyin molxonaga olib
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |