Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə139/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
— Sizda naqadar chuqur musiqa iste’dodi, naqadar hassos bir qalb bor ekan, Farida 
xonim! Bola qalbining shu qadar chuqur qayg‘uni qanday his eta olishiga ajablanaman. 
Men o‘zimni parvosiz ko‘rsatishga tirishib: 
— Bular gimn deb atalgan diniy qo‘shiqlardan biri. Ha, ko‘pincha shunaqa g‘amgin 
bo‘ladi bular, afandim. G‘am menda emas, kuylarda, — dedim. 
Yusuf afandi so‘zlarimga ishonmadi, boshini tebratib: 
— O‘zimni san’at ustasi deb hisoblay olmayman, — dedi. — Lekin bir musiqa parchasi 
chalinganda undagi fazilatlarning qaysi biri bastakorga, qaysi biri ijrochiga oid ekanligini 
aniqlashda yanglishmayman. Ashulachilarning ovozlaridagi singari ijrochilarning bar-
moqlarida ham o‘ziga xos to‘lqinlar bo‘ladi, bu esa faqat hassos qalbdangina kelib 
chiqadi. Shu gimn deb aytgan diniy ashulalaringizdan ba’zilarining notasini menga hadya 
qilishingiz mumkinmi? 
— Bular quloqqa o‘tirib qolgan narsalar, afandim, notalarni qaerdan bilay? 
— Hechqisi yo‘q. Bir kun vaqti bilan organ yoniga o‘tirib chalib bersangiz, kaminangiz 
ham ijozatingiz bilan daftarga yozib oladi. Bir vaqtlar vafot qilib ketgan bir qari popdan 
kaminangiz ham bitta organ sotib olgan edi. Musiqa asboblariga menda juda katta qizi-
qish bor, afandim. Men uni o‘z xonamning burchagiga qo‘yganman... Shu narsalarni men 
ham chalishni istardim. 
Bir-birimiz bilan gaplashib zaldan chiqdik. Ajralish paytimizda Shayx Yusuf afandi 
menga yozilib shunday dedi: 
— Menda juda qattiq hasratga cho‘kkan paytlarimda yozilgan parchalar bor. Hali bu-
larni hech kimga chalib berganim yo‘q. Tushunishmaydi, ishonaman. Xudo nasib buyur-
sa, shularni sizga bir kun chalib beraman. Nima deysiz, kichik xonim? 
Bu voqea Shayx Yusuf afandi bilan bo‘lgan inoqligimizni yana bir karra oshirdi. Va’da 
qilgan parchalarni hali eshitganim yo‘q. Lekin juda chiroyli narsalar bo‘lishiga shubha qil-
mayman. Chunki bu xasta hassos kishi bir parcha taxtaga tegib ketsa ham, taxtadan 
mung chiqadi, deb o‘ylayman. Bir necha kun aval bolalardan biri o‘zi sotib olmoqchi 
bo‘lgan bir udni keltirib ko‘rsatdi. Shayx Yusuf afandi barmoqlarining uchini ud torlariga 
tekkizganda menga shunday tuyuldiki, bu nozik barmoqlar udga emas, ko‘nglimning ich-
ichiga tekkanday bo‘ldi. 
* * * 
B..., 5 may. 
Kecha bir yomon ish qilib qo‘ydim. Ma’lum bo‘lib qoladi, deb yuragim titraydi. Qilgan 
narsamning yomonligini bilaman, lekin nachora? Ko‘nglimning xohishi shunday bo‘ldi. 
Muallimlar haftada bir marta kechqurun maktabda navbatchilik qiladilar. Kecha me-
ning navbatim edi. Kechqurun qizlar sinflarda dars tayyorlab o‘tirganlarida, biz Shahnoza 
xonim ikkalamiz maktabni ko‘zdan kechira boshladik. Sinflardan biridagi lampa yaxshi 
yonmayotganini ko‘rib ichkari kirdik. Muovina xonim nihoyatda epchil, bilarmon xotin. 
Qo‘lidan har ish keladi. Kursiga chiqib lampani tuzata boshladi. Shu vaqt eshikdan qari 
xodima kirib keldi. Qo‘lida maktub bor edi, u orqadagi partada o‘tirgan bir o‘quvchi qiz 
yoniga keldi. Xodima xatni qizga endi uzatgan edi, muovina xonim turgan yeridan: 
— To‘xtang, Oysha! U nima? — deb qichqirdi. 
— Hech... Jamila xonimga berib qo‘yinglar, deb maktab qorovuliga shu xatni tashlab 
ketishgan ekan. 
— Menga ber uni. O‘quvchi qizlarga kelgan xatlarni avval men ko‘rishim kerak, deb 
necha marta sizlarga ta’kidlaganman. Muncha aqlsiz xotinsan! 
Shu dam kutilmagan hodisa ro‘y berdi. Jamila o‘rnidan sapchib turdi-da, xodimaning qo‘li-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin