www.ziyouz.com kutubxonasi
182
marhamat kutib o‘tirgan kichkintoylar ko‘z oldimga keldi-yu, kulimsirab:
— Juda soz, bey afandim, boraman, — dedim.
* * *
Buyruqni olgunimcha bu sirni chorbog‘da hech kimga aytmaslikka qaror qilgan edim.
Lekin bir hodisa aytishga majbur qildi. Katta xalfa* anchadan beri menga g‘alati-g‘alati
narsalar aytib yurardi. Kecha ham hech narsadan hech narsa yo‘q birdan:
— Qizim, kun sayin senga muhabbatim ortyapti, — deb qoldi. — Faqat mengina
emas, boshqalar ham shunday... Farhunda bilan Sabohat ham yosh-u, lekin uyga ko‘rk
bo‘lisholmaydi. Sen kelganingdan hamma narsa o‘zgardi qoldi. Tabiating, axloqing chi-
royli, kattaga kattaday, kichikka kichikday muomala qilasan...
Shularga o‘xshagan yana bir qancha so‘zlar... Katta xalfaning bu so‘zlariga “kasbdo-
shiga qilayotgan hasrati” deb qo‘ya qolgan edim. Lekin kecha kechqurun kampir yuragini
ochib soldi.
— Qizim, qanday qilsak ekanki, sen shu uyga mahkamroq bog‘lanib qolsang. Miyam-
ga bir o‘y kelyapti-yu... Ha, ko‘nglingga boshqa gap kelib yurmasin, aylanay. Xudo
haqqi, bu to‘g‘rida menga birov hech nima degani yo‘q.
Xalfaga bu so‘zlarni birov o‘rgatganiga shubham qolmadi. Shunday bo‘lsa ham, o‘zim-
ni sezmaganga solib, quloq solib turaverdim. U boshlagan so‘zini davom ettirishga
hayiqib, boshqa narsalar to‘g‘risida gapira ketdi:
— Xo‘jayinimiz uncha qari ham emas, uni yoshligidan bilaman. Uni chiroyli deb
bo‘lmaydi, lekin davlati, hashamati bor. Innaykeyin, tabiati ham yaxshi. Qizim, bu uyga
beka kerak-da, busiz bo‘lmaydi. Bugun bo‘lmasa ertaga Farhunda bilan Sabohat er qilib
ketadi. Xudo ko‘rsatmasin, biron yomon xotinga kunimiz qolsa bormi, naq sho‘rimiz
quriydi-da! Farida xonim, qizlar mo‘ylovini burab yuradigan yigitlarga ham tegishadi, le-
kin bundaqangi dabdabani qaerda ko‘rsin? Oh, beyimizga bironta munosib qizcha topsak
edik. A, nima deysan, qizim?
Men churq etmay, achchiq-achchiq jilmayib, o‘yga botib o‘tirardim. Rashidbey afandi-
ning menga ko‘rsatgan shuncha hurmati, Sabohat bilan Farhundaning darslariga qilgan
shuncha e’tibori, biz bilan soatlarcha hazillashgani, hatto to‘p o‘ynashgani... Demak,
shularning hammasi... Maorif bo‘limi kotibining: “Rashidbey xohlasa seni frantsuz tili
o‘qituvchisi qilib tayinlashardi, harholda, biron niyati bo‘lsa kerak”, degani bejiz emas
ekan-da!
Bir necha yil ilgari shunday so‘zlarni eshitsam, albatta, isyon ko‘tarardim. Lekin hozir
gapni uncha cho‘zmaslik uchun parvosizgina javob qildim:
— Siz bilan sovchilikka borib, Rashidbey afandiga yaxshigina qayliq topib kelishimiz
mumkin edi, lekin, afsuski, bir-ikki kundan keyin Qushadasiga ketyapman. Bir necha oy-
dan keyin nishonlim o‘sha yerga keladi, to‘y qilamiz, — dedim. Keyin shoshganidan
yuzimga javdirab qarab qolgan kampirga: — Xudo tinchingizni bersin, xalfa xonim, men
ertaroq yotmasam bo‘lmaydi, — dedim-u uyimga kirib ketdim.
* * *
Qusha-da-si, 25 no-yabr.
“Qushadasiga borasizmi?” deganlarida: “Qushadasi!.. Mening orolim!.. Necha-necha
vaqtlardan beri meni intizor etgan baxtni, ko‘ngil rohatini o‘sha yerdan topaman!” deb
suyungan edim. Suyunchim xato chiqmadi. Qushadasini hamma yerdan ham ko‘proq
yaxshi ko‘rib qoldim. Balki chiroyli yerdir deb o‘ylarsiz? Yo‘q. Qushadasini Munisa ikkala-
miz — bu sariq to‘ti bilan birga — Robinzon Kruzo singari o‘z boshimizga mehnat va
zahmat bilan yashasak bo‘ladigan orol deb o‘ylagan edim, lekin unday bo‘lib chiqmadi.
Balki u yerda rohatimni topib olgandirman? Yo‘q, bunday ham emas. Qaytaga, bu yerda
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |