Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə195/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
bolani chaqirdi. 
— Bu yoqqa kel, Husayn, valine’matingning qo‘lini o‘p. U bo‘lmaganda sen hozir bir 
hovuch tuproq bo‘lib ketarding, — dedi. 
Qari doktor Husaynning oftobda kuyib, terlab ketgan yuzini silab turib: 
— Men unaqa qo‘lini quruq o‘ptirib ketaveradiganlardan emasman, yigit. Undan ko‘ra 
bizni molangga mindirib o‘ynat, — dedi. 
Ikkita kuchli ho‘kiz qo‘shilgan molaga mindik. Bug‘doy dengizining sariq to‘lqinlari us-
tida besh-o‘n minutcha gasht qilib aylandik. 
* * * 
Bugun u voqeani yozsam bo‘ladi, yuragim chidash berar deb o‘ylayman. 
Daftarimning oxirgi sahifasini yozgan kechamning ertasiga ertalab Munisaning ahvoli 
og‘irlashdi. Ovozi butunlay bo‘g‘ilib qoldi. Bechora bolam! Nafas ololmay qiynalar edi. Ni-
ma bo‘lsa ham boshqa doktor olib kelmasam bo‘lmaydi deb endi chorshafimni yopina 
boshlaganimda, Xayrullobey kirib keldi. U kasalni qarab, qo‘rqinchli hech narsa yo‘qligini 
aytdi. Lekin qovog‘i tushib, xayol surib qoldi. 
Qovog‘i tushib ketganligi menga yoqmaganini botinqiramay o‘ziga aytdim. Doktorning 
jahli chiqdi. Yelkalarini qisib: 
— Ko‘p g‘idi-bidi qilaverma! O‘zim charchab o‘lib turibman, to‘rt soatlik yo‘ldan kel-
dim-a! Senlarga xizmat etganim yetmay, tag‘in dilimni siyoh qilishing qoldimi?— dedi. 
Xayrullobey og‘ir kasallarni ko‘rganda harvaqt shunaqa asabiylik, qo‘pollik qilardi. 
Yuzimga qaramaslikka tirishib: 
— Keragi bo‘lmasa ham bir-ikkita tanish doktorlarni chaqiraman. Qog‘oz-qalam olib 
kel, tez bo‘l, — dedi.
Bugun hamma ishim teskarisidan kelaverdi. Ertalabdan beri maktabdan uch marta 
xodima chaqirib keldi. Maorif ministrligi kengashining ikkita a’zosi bilan bir inspektor ke-
libdi. Mendan ba’zi narsalarni surishtirishmoqchi emish. Xodima uchinchi marta kelgan-
da, yoqasidan sudrab ko‘chaga chiqarib tashlaguday bo‘ldim. 
Xayrullobey, jahli chiqib, meni jerkib tashladi: 
— Sen bu yerda nima qilasan? Bor, ishingni qil. O‘zim charchab o‘lay deb o‘tiribman-u 
yana sening xarxashangni ham ko‘taraymi? Bo‘l tez, chorshafingni yopin, marsh! Bu yer-
da ivirsib, meni ishdan qoldiryapsan. Xudo ursin, bo‘lmasa hozir chiqib ketaman. 
Qari doktor ovozini shu qadar qo‘rs, ters qilib buyurdiki, bo‘ysunmaslikning iloji qol-
madi. Churq etolmay qoldim. Pechim ostida yig‘lay-yig‘lay maktabga ketdim. 
Maorif ministrligi meni dunyoning barcha nozu ne’matlariga g‘arq qilganda ham bu-
gungi fidokorligim haqini to‘lay olmaydi. Inspektorlar sinfma-sinf yurib bolalarni imtihon 
qilishar, daftarlarni ko‘rmoqchi bo‘lishar, kurakda turmaydigan ming turli narsalarni 
so‘rashardi. Boshimga tushgan falokat ichida nima o‘ylaganimni, javob qilganimni bil-
mayman. Vaqt choshgohdan oshgan bo‘lsa ham ular hamon ketishmas edi. 
Oxiri ulardan biri parishonligimni sezib: 
— Tobingiz yo‘qmi, mudira xonim? Yuzingiz iztirobli ko‘rinadi, — dedi. 
Ortiq o‘zimni tutolmadim, marhamat tilayotganday bo‘ynimni egdim, qo‘llarimni qovu-
shtirib: 
— Uyda bolam o‘lyapti, — dedim. 
Achinishdi, bema’ni tasallilar berishdi, keyin ketishimga ruxsat etishdi. 
Uyim bilan maktab orasi nihoyati besh minutli yo‘l. Lekin hozir u yo‘lni yarim soat, 
balki undan ham uzoqroq muddat bosdim. Ertalabdan beri tezroq uyga qaytsam deb 
uchib turganimga, qiynalganimga qaramay, endi u yoqqa borishga nima uchundir 
oyog‘im tortmas edi. Ko‘chalarda yolg‘iz gandiraklar, devorlarga suyanib qolar, yura-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin