Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə223/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
223
* * * 
Ular chorboqqa oqshom olaqorong‘isida yetib kelishdi. Shamol tinib, havo ochilib ket-
gan edi. Daraxtlar esa uzoq kurashdan charchab, mudrab qolgandek ko‘rinardi. Qoyalar-
da xuddi ichidan sizib chiqayotganday nozik sadaf shu’la goh porillab ko‘rinadi, goh 
uchib qoladi. 
Hozir vaqt erta, Farida. Hali ular shahardan qaytib kelishgani ham yo‘q. O‘sha qoya 
tomonga borib, aylanib kelsak, nima deysan? 
Farida boshini solintirib, majolsizlik bilan: 
— Menga ruxsat ber, Komron. Borib yechinmasam bo‘lmaydi, shamol boshimni og‘ri-
tib yubordi, — deb uzr so‘radi. 
Haligina Faridaning jonli, o‘ynoqi vujudi atrofida xuddi jonli narsaday uchib, ko‘ksini, 
tizzalarini ehtiros bilan quchib turgan pushtirang chorshaf endi jonsiz lattaday yelkalari-
da solinib turardi. 
Farida qimirlashga madori qolmagandek, darvoza yonidagi toshga sekin o‘tirdi-da, 
qumga shamsiyasi bilan umidsizligi qadar chuqur, hayoti kabi shikasta chiziqlar chiza 
boshladi. Bir ozdan so‘ng Komron ham yoniga o‘tirdi, yelkasini Faridaning yelkasiga tegi-
zib, qo‘lini sekin o‘z qo‘liga oldi. Qiz bir seskandi-yu, qayoqqa qochsam ekan degandek
atrofiga javdirab qaradi. Komron uning chuqur-chuqur xo‘rsinganini, hozirgina yovvoyi-
larcha chaqnagan ko‘zlariga bir dam mo‘minlik, itoatkorlik malohati cho‘kkanini ko‘rdi. 
Farida muzlagan, titragan qo‘lini eski nishonlisining qo‘llariga taslim qildi. Ikkalasi ham 
ko‘zlarini yumdi. Komronning yopiq qovoqlari ichida mayda uchqunlar jivirlashar, u: 
“Mana, qo‘limda Faridaning qo‘li titrab turibdi. Demak, odam bolasi ro‘yobga chiqmaydi 
degan tushlar ham amalga oshar ekan-da!” deb o‘ylardi. U axiyri ko‘zlarini ochdi. 
Farida yig‘lay-yig‘lay uxlab qolgan yosh bola singari ahyon-ahyonda xo‘rsinib qo‘yar, 
hamon og‘irlashib borayotgan boshini uning yelkasiga qo‘yib o‘tirardi. Faridaning holida, 
qo‘llarini topshirishida mazlum kishi taslimligi bor edi. 
Komron har qimirlaganda uning o‘ziga yana ham yaqinroq suqulganini, qo‘lini yana 
ham qattiqroq siqayotganini sezib turdi. 
Birdan yigit lablari past, nihoyatda past tovush bilan: 
— Men gulbashakarni yaxshi ko‘raman, — deb shivirladi. 
Eshikning g‘itillab ochilishi yoshlarni shirin uyqudan uyg‘otib yubordi. Farida o‘q ovozi-
ni eshitgan qush chaqqonligi bilan o‘rnidan sakrab turdi. Oldinda Narmin kirdi. Cho-
liqushi hayajonli sevinch bilan uning bo‘yniga osildi. Yosh qizni mahkam-mahkam 
quchoqlar, sochlaridan, ko‘zlaridan cho‘lp-cho‘lp o‘pardi. Hech kim bu sevinch sababini 
bilmas edi. Choliqushining bir zumgina avvalgi horg‘inligidan asar ham qolmagan edi. 
Kichkintoylarni qo‘liga olib, boshidan yuqoriga irg‘itar, ularni chinqirtirardi. 
Hamma ichkariga qarab yurganda, Farida o‘zini orqada olib qolib, ichkarigi eshik pa-
nasida Komronni kutib turdi. Uni ko‘rgach, past tovush bilan: 
— Mersi, Komron, — dedi. 
VII 
Ertasiga Farida yana o‘zi yolg‘iz shaharga tushib, tush mahalida horib-tolib keldi. 
Charchab, o‘zi zo‘rg‘a turganiga qaramay, bolalarni yana to‘pladi-yu, hovlida baland 
arg‘imchoq qildi. 
Komron Azizbeyning qari, ezma bir mehmonidan zo‘rg‘a qutulib, hovliga chiqqanda 
Farida Najdad bilan arg‘imchoq uchayotgan edi. Choliqushi kuchining boricha arg‘im-
choqni uchirar, Najdad esa mushuk bolasidek bo‘yniga osilib chinqirardi. 
Komron o‘n yil avvalgidek, Oysha xolasining: 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin