www.ziyouz.com kutubxonasi
116
in naparmon kitelli, ko‘kragi bilan bitta qora soqolli kishiga o‘girilib qichqirdi:
— Hoy, kapitan, jahling chiqmasin, lekin senga “Ayiq polvon” deb ot qo‘yganlarning
haqqi bor. Oramizda xotin kishi bor ekan, men bilmay sening kasring bilan og‘zimni rosa
chakki qilibman!
U shu so‘zini aytgandan keyin men tomonga qaradi:
— Singlim, kechiring meni, kelganingizni ko‘rmabman. Yuqoriga chiqing. Yo‘q, picha
shoshmang, men tushib olay. Zinapoya joni chiqib zo‘rg‘a turibdi. Ikkovimizni birdan
ko‘tara olmas. Qani, chiqing endi, men tushdim.
Pog‘onalardan birdaniga ikkita-ikkita sakrab yuqori chiqdim.
Qari doktorning “kapitan” degan odamni tahqir qilayotganligi hamon qulog‘imga eshi-
tilib turdi.
— Kapitanim, bu muallima istambullik. Qanday bilganimga hayrondirsan? A, kapita-
nim? Sen koinotda bo‘ladigan har bir hodisaga qo‘ydek anqayib qaraysan! Men uni zina-
poyadan chiqishidan bilib oldim. Ko‘rdingmi, xuddi kaklikdek irg‘ishlab chiqdi. Endi
xohlasang, yoshini ham aytib beraman: nima desang de, lekin bu xotinchaning yoshi
qirqdan oshgan emas.
Bu xil gaplar qanchadan beri meni sog‘intirib kelardi. O‘zimcha kuldim, “Mana shu
yerda yanglishding, doktor afandim!” deb qo‘ydim.
Besh minutdan so‘ng qari doktor og‘ir etiklari bilan zinapoyani g‘ijirlatib yuqori chiqdi.
Keyin yuzimga qaramasdan gapira boshladi.
— Afandim, voqea ma’lum, bir yaradorimiz bor, uncha og‘ir emas, faqat qarab turish
kerak. Men bir ozdan keyin ketaman. Qilinadigan ish uncha mushkul emas, lekin yara-
dorning qoni buzilib qolishidan qo‘rqaman. Bu yerdagi odamlar doktorlarga uncha isho-
nishmaydi. Paytini topishib, darrov tabiblarga, baxshilarga qaratishadi. Yaralarga
bo‘lmag‘ur zararli narsalar yopishtirishdan ham toyishmaydi. Siz maktab ko‘rgan ilmli
ayolsiz. Qilinadigan ishlarni o‘zim aytib beraman. Kasal o‘rnidan turib ketmaguncha
qarab turasiz. Lekin bunga dosh berarmikinsiz, yo‘qmikin?
— Bo‘ladi, doktorbey. Mening asablarim mahkam. Hech narsadan qo‘rqmayman,
afandim.
Doktor mega ajablanib qaradi.
— Qani, yuzingi och, ko‘rayin, — dedi.
Bu takallufsiz so‘zlarda g‘alati bir samimiyat bor edi. Men hech tortinmasdan yuzimni
ochdim. Hatto bir oz kulib ham qo‘ydim.
Qari doktor qo‘llarini yozdi, sodda yuzida g‘alati hayronlik ko‘rindi. Keyin qahqaha
urib:
— Sen bu yerlarda nima izlab yuribsan? — dedi.
Bu gal men shoshib qoldim. Ajabo, bu odam meni tanirmidi? Shunga qaramay, men
ham hazil qilishdan qo‘rqmadim. Doktorning odamda shu qadar ishonch, shu qadar
yaqinlik hissi uyg‘otadigan issiq chehrasi bor ediki...
— Meni taniyman deb turib olmassiz, degan fikrdaman, doktorbey...
— Shaxsingni emas, xilingni taniyman, qizim, xilingni! Afsuski, yer yuzida juda ka-
mayib borayotgan xilingni.
— Fili Mahmudlarga* o‘xshabmi, afandim?
Besh oydan beri ichimda zo‘rg‘a bosib kelayotgan sho‘xliklarim yana bosh ko‘tardi.
Aleksi opa har doim meni erkalatib bo‘lmaydi, deyardi. Chunki darhol sho‘xlik qilishga,
so‘zlarni buzishga, yosh bola qiliqlarini qilishga tutinaman.
Harholda doktor menda nihoyatda odobli, pok odam taassurotini qoldirdi. U yana bo-
yagidek gurillagan qahqaha bilan:
— Hozirgi fillarning yo‘g‘on, so‘laqmon bobolariga sira ham o‘xshamagan nozik, kich-
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |