Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə194/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
194
iltimos qilmoqchi edim. Lekin omadim kelishmadi: yarim soatcha avval Dulduliga minib, 
allaqaerga chiqib ketgan ekan. 
Uyga qaytib kelsam, Munisa o‘rnida yotibdi. Qo‘shnim esa, umridan baraka topsin, 
kechgacha Munisaning yonida paypoq to‘qib o‘tiribdi. 
Munisaning rezandasi, yo‘tali ertalabgidan ancha kuchaygan, boshi o‘tday yonib tur-
gan edi. Ovozi xirillab qolibdi. Nafas olayotganida tomog‘ida bir narsa halaqit berayotga-
nini aytdi. Iyagidan ushlab, og‘zini ochtirdim, bo‘ynida qo‘limga qattiq narsalar, bezlar 
urindi. Ko‘zlarini qamashtirganiga qaramay, chiroqni og‘ziga tutib qaradim. Og‘zining 
ichida, kalta tili atrofida oq shishlar ko‘rindi. 
Munisa mening tashvishga tushganimdan kulib: 
— Yo‘talsam nima bo‘pti, opajon? Zaynilarda ham yo‘talardim-ku, esingizdan chiqdi-
mi? — dedi. 
Kichkinam to‘g‘ri aytadi. Zaynilarda, qahraton sovuqda, qor ichidan topgan kechamiz-
da ham yo‘talmaganmidi? Bolalarda shamollash nima degan narsa? O‘tib ketadi... Lekin 
Xayrullobeyni topmaganim xijil qiladi. Hozirgina o‘nboshi kelib, Xayrullobeyning qo‘shni 
qishloqda yotib qolganligini aytib ketdi. Xudoyo, u kelguncha kichkinam turib ketsin-da! 
* * * 
Qusha-da-si, 18 iyul. 
Bugun ertalab hisoblab ko‘rsam, kichkinamni qora yerga qo‘yganimga roppa-rosa yet-
mish uch kun bo‘libdi. 
Bu dahshatli ayriliqqa ham, bu achchiq alamga ham sekin-sekin ko‘nika boshladim. 
Inson nimalarga chidamaydi!. 
Boya qari doktor bilan dengiz bo‘yiga aylangani bordik. Qumloqdan mayda toshlar, 
sadaf qobiqlari yig‘ib, dengizga ota va sokin suv betida sirg‘antira boshladim. 
Xayrullobey yosh boladay quvondi. Oq kipriklari orasidagi gunohsiz moviy ko‘zlarini 
kuldirib: 
— Oh, yoshlik, — dedi. — Alhamduliloh, bu alamni ham yengdik. Qara, ranging bilan 
birga kayfing ham kirib kelyapti. 
Kuldim. 
— Nimaga ajablanasiz? Sizday doktori bo‘lgan kishining kayfi ochilsa ne ajab? Bu axir 
tabiiy narsa-ku, — dedim. 
Xayrullobey vazmingina boshini tebratdi: 
— Tabiiy narsa emas, kichkina, tabiiy narsa emas! Doktorlik ham insonlar kabi, kitob-
lar kabi, vafo va sadoqat kabi asossiz, ma’nosiz bir safsata... Mushtumday bolani 
qutqazib qolishga qurbi yetmagan bunday fanning yuziga tufurganim bo‘lsin! 
— Nachora, doktorbey, xafa bo‘lmang. Xudoning xohishi shu ekan, — dedim.
Doktor alam bilan yuzimga qaradi. 
— Bechora kichkinam, bilasanmi, senga nima uchun rahmim keladi? Boshingda og‘ir 
qayg‘u, o‘zing tasalliga muhtojsan-u, birovning dardini ko‘rib, o‘z dardingni unutasan-da, 
boshqalarga taskin bera boshlaysan. Sening bu mazlumliging, boshqalarga rahmdilliging 
meni yig‘latadi, kichkina, — dedi. 
Bir oz jim turgandan keyin o‘zidan shikoyat qila boshladi: 
— Men ham ikki chaqaga arzimaydigan bo‘lib, bachkanalashib ketyapman... Yo jinni-
pinni bo‘lib qoldimmi-a? Qani, kichkina, ketdik, yur. 
Sarg‘aygan dalalar bilan yurib uyga qaytdik. U yerlarda ishlayotgan dehqonlarning 
hammasi doktorni tanir edi. Kattakon g‘aram yonida ishlayotgan bir qari xotin bilan gap-
lashdik. Xayrullobey bir necha yil avval uning nevarasini shifolagan ekan, kampir o‘tirib 
olib rosa duo qildi. Keyin saraton quyoshida kuyib-yonib qo‘sh haydayotgan baquvvat 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin