Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə91/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
— Yo‘q, keldik. 
Bu kishi yoshi anchaga yetib qolgan odam bo‘lmaganda, men bilan hazillashyapti, deb 
o‘ylar edim. 
— Qanday bo‘ldi? Na uzoq ko‘rinadi va na qishloq,— dedim hayron bo‘lib. 
Chol aravadan yuklarimni tushirayotib javob berdi: 
— Mana shu so‘qmoqdan tushamiz. Zaynilar bu yerdan besh minutlik yo‘l. U yoqqa 
arava bormaydi. 
Biz toshlar orasidan minora zinapoyasidek tik so‘qmoq bilan pastga tusha boshladik. 
Pastda, oqshom ola-qorong‘uligi ichida qop-qora sarvi daraxtzori, atrofi chetan bilan 
to‘silgan yalang‘och bog‘lar orasida yakka-dukka kulbalar, yog‘och uylar borligini 
ko‘rdim. 
Bir qarashda Zaynilar menga u yer-bu yerida hali tutunlari burqsib turgan bir yong‘in 
xarobasiga o‘xshab ko‘rindi. 
Qishloq deyilganda ko‘z oldimga Bosfordagi ko‘m-ko‘k daraxtlar ichiga ko‘milgan qadi-
miy chorbog‘larning kaptarxonalariga o‘xshagan dilbar, yoqimli kulbalari kelardi. Zayni-
lar uylari esa yiqilaman deb turgan qora vayronalarga o‘xshaydi. 
Bir yiqiq tegirmon oldida abo* kiyib, salla o‘rab olgan cholga duch keldik. U 
qovurg‘alari terisidan o‘ynab chiqqan ozg‘in bir sigirni arqonidan tortib, shu uylarning bi-
riga qarab sudrayotgan edi. Bizni ko‘rib to‘xtadi-da, tikilib qarab qoldi. Bu chol Zaynilar 
qishlog‘ining oqsoqoli ekan. Aravakash uni tanir ekan. Bir necha og‘iz so‘z bilan u me-
ning kimligimni tushuntirdi. 
Beli burma, qop-qora chodram va mahkam yopilgan yuz pardam ichida mening 
yoshgina qizligimni bilib bo‘lmas edi. Shunga qaramasdan, oqsoqol afandi meni juda 
yasangan-tusangan deb o‘yladi shekilli, men tomonga taajjublanib qaradi. Keyin sigirini 
yalangoyoq bir bolaga topshirib, bizni qishloqning tor ko‘chalari bilan ergashtirib ketdi. 
Endi uylarni yaxshiroq ko‘ra boshladim. Bosforda, Qovoq qishlog‘i tevaragida, oldiga 
to‘rlar yoyib qo‘yilgan vayrona baliqchi kulbalari bo‘lardi. Kulbalar dengiz shamolining 
zarbalari bilan qiyshaygan, yomg‘ir ostida chirib, qorayib ketgan edi. Zaynilar qishlog‘i 
dastavval menga o‘sha uylarni xotirlatdi. 
Ostilarida to‘rt ustunli molxona, ustilarida osma shoti bilan chiqiladigan bir-ikki xona. 
Harholda, Zaynilar shu damgacha men eshitgan, suratlarini men ko‘rgan qishloqlarning 
hech biriga o‘xshamas edi. 
Atrofi baland taxtalar bilan o‘rab olingan bir bog‘ning qizil eshigi oldida to‘xtadik. Bar-
glariga qadar qop-qora ko‘ringan bu qishloqda qizil rangni endi ko‘ryapman. 
Oqsoqol eshikni musht urib taqillata boshladi. Har urganda eshik yiqilib ketay-yiqilib 
ketay deb larzanglar edi. 
Birinchi marta og‘iz ochishga jur’at etdim. 
— Ichkarida hech kim yo‘qqa o‘xshaydi, — dedim. 
Oqsoqol bosh tebratib javob qildi: 
— Xaticha xonim shom namozini o‘qiyotgan bo‘lsa kerak, bir oz kutamiz. 
Aravakashning kutishga vaqti yo‘q edi, yuklarimni eshik yonida qoldirib, biz bilan 
xayrlashib ketdi. 
Oqsoqol abosining etaklarini yig‘ishtirib yerga o‘tirdi. Men chamadonimning bir chek-
kasiga omonatgina o‘tirdim. Ikkovimiz gaplasha boshladik. 
Uning gapidan ma’lum bo‘lishicha, Xaticha xonim degani xudojo‘y xotin bo‘lib, al-
laqanday tariqatga mansub ekan. Qishloqda o‘lganga ham, tirikka ham shu qarar emish. 
Mavlud o‘qirmish, kelinlarning yuzini ocharmish, o‘lim to‘shagida yotgan kasallar og‘ziga 
zam-zam tomizarmish, o‘lgan xotinlarni yuvib, kafanga o‘rarmish. 
Qishloq oqsoqoli harholda madrasa ko‘rgan odamga o‘xshar edi. Fursatdan foydala-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin