Microsoft Word da tahrirlashda tartib qoidalariga e’tibor bering!!!!!!!



Yüklə 413,55 Kb.
səhifə2/2
tarix28.04.2023
ölçüsü413,55 Kb.
#104384
1   2
Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,


Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.
Bugun mamlakatimizning shaharu qishloqlari tubdan o‘zgarib, chiroy ochib borayotganini nafaqat o‘zimiz, balki dunyoning manaman degan davlatlaridan kelayotgan mehmonlar ham havas bilan gapirishyapti. Diyorimizga jahon ahlining qiziqishi, e’tibori qanchalar kuchayganini birgina misolda ko‘rish mumkin: AQSHdagi nufuzli “The Huffington Post” nashri Samarqandni jahondagi inson o‘z umri davomida albatta borib ko‘rishi zarur bo‘lgan eng go‘zal 50 ta shaharning biri sifatida e’tirof etgan.

Yurtimizga kelib, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan michiganlik adabiyotshunos olim Kristofer Fort to‘lib-toshib o‘z hayratlarini ifoda qiladi:


Men dunyoning ko‘p mamlakatlarida bo‘lganman. Lekin O‘zbekiston kabi mamlakatni, Toshkentdek betakror shaharni ko‘rmadim. Birinchi ko‘zga tashlanadigan jihat – shaharning nihoyatda saranjom-sarishtaligi, pokizaligidir. Bu holat odamlarning yuziga, fe’l-atvoriga, va albatta, ko‘ngliga ko‘chgani tabiiy. Butun boshli shaharni, mamlakatni pok, orasta tutish uchun xalqning yakdilligidan tashqari, ruhiyatida, tiynatida poklik va ertangi kunga umid bo‘lishi shart. Bu umid, ayniqsa, yurtingiz yoshlarining yuzida balqib turadi…




Eshitganingda ko‘nglingni g‘ururga to‘ldiradigan, yuksak e’tiroflarga sabab bo‘layotgan ishlar bizning ko‘z o‘ngimizda, hayotimizda ro‘y beryapti. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Sovet davrida faqatgina ertangi kun, ertangi kun, deyilar edi. Yorug‘ kunni nafaqat bolalarimiz ko‘rishi kerak, balki bugun yashab turgan zamondoshlarimiz, yaqinlarimiz, ota-onamiz, hozirgi avlod ham bunday hayotni ko‘rsin, turmushimiz kundan-kunga yaxshi bo‘layotganini ko‘rib, xursand yashasin”.

Qishloqlarda barpo etilayotgan namunali, shinam uylar, iste’dodli yoshlarga imtiyozli kredit asosida berilayotgan “Kamolot” uylari yoshlarning turmush tarzini, eng asosiysi, hayotga qarashini qanchalar o‘zgartirdi! Mazkur xonadonlarda gigiyena masalalaridan tortib, oilaning har bir a’zosi uchun kerakli qulay shart-sharoit yaratilgan. Eng muhimi, bunda xalqimizning milliy qadriyatlari to‘la hisobga olingan. Ko‘plab yurtdoshlarimiz hozirdanoq ana shu uylardan andoza olib, namunali loyiha asosida o‘zlari ham uy-joy qurishni boshlab yuborgani kishini quvontiradi.





Inson baxtli bo‘lish uchun dunyoga keladi, shuningdek, odamlarni baxtli qilish uchun buyuk insonlar dunyoga keladi!”

O’zbekiston kelajagi - buyuk davlat”


Islom Karimov



Yüklə 413,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin