Microsoft Word daftar hoshiyasi ziyouz com doc


Burch  Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish  tashiydi.  Mushuk



Yüklə 108,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix07.04.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#94404
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
802bce2e50edb4c06a74a5b3fe5b7060 DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR

Burch 
Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish 
tashiydi. 
Mushuk 
O’zi itdan qochib, daraxtga chiqib oladi-da, tag’in qushlarga dag’dag’a qiladi… qo’rqoq 
shallaqi bo’ladi! 
Olim va shoir 
Hech nimaga hayron qolmaydigan odamdan olim chiqadi. 
Hamma narsaga hayratlanadigan odamdan Shoir chiqadi! 


Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
Bozor iqtisodi 
Kecha kolxozda ketmon chopib, biri ikki bo’lmagan dehqon bugun yer olib, bola-chaqasi 
bilan gullatib qo’ysa-yu, qaddini kerib yursa, quvonaman. 
Omadini bersin! Bu – bozor iqtisodi! 
Kecha zavoddan olgan maoshini qay biriga yetkazishini bilmay rangi sarg’ayib yurgan 
injener bugun qo’shma korxona ochsa-yu, nest-nobud bo’lib yotgan mevalardan sharbat 
olib boyib ketsa, yana quvonaman. 
Qandini ursine! Bu-bozor iqtisodi! 
Kecha katalakdek xonaga tiqilib, “eskilik sarqiti” –beshik va sandiq yasagani uchun 
nalugchidan baloga qolib yurgan hunarmand bugun kattakon sex ochsa-yu, rohatini 
ko’rsa, tag’in bir bor quvonaman. 
Baraka topsin! Bu bozor iqtisodi! 
Kecha alifni kaltak deyolmay o’qituvchisidan dakki eshitgan va oxir-oqibat “xudosizlar 
jamiyati”da qo’nim topgan notavon bola bugun “biznesmen”bo’lsa-yu, xususiy samolyot 
sotib olsa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi. 
Kecha buyuk ixtirolar qilgan olimning iste’dodli shogirdi bugun ilmini tashlab, 
tadbirkorga aylansa-yu, papkasiga “delavoy shartnoma” solib, zipillab yursa, hayron 
qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi! 
Kecha yurak qoni bilan doston yozgan shoir bugun o’sha dostoniga qalam haqi olsa-yu, 
puli mashinka haqiga yetmasa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi! 
Kecha unvon olish uchun yugura-yugura betob bo’lib qolgan chalasavod “hofiz” bugun 
“otarma-otar” yursa-yu, “Yaguar” mashinasida kataysa qilsa, hayron qolmayman. Bu 
ham bozor iqtisodi! 
Kecha bitta rostga bitta yolg’on qo’shmasakuni o’tmagan eshak bozorining daloli bugun 
“zamonaviy broker”ga aylansa-yu, uch qavatli “dacha” solsa, hayron qolmayman.bu 
ham bozor iqtisodi! 
Ammo kecha alifni kaltak deyolmagan ateist bugun ming kishini to’plab “amri-ma’ruf” 
qilsa-yu, unga dashnom bergan o’qituvchisi choy tashib yursa, hayratlanmay iloj yo’q! 
O’sha o’qituvchi ertasiga maktabni tashlasa-yu, “Ippadrom”ga chiqib sigaret sotsa, 
hayratlanmay ilojim yo’q! 
Kecha buyuk ixtirolar qilgan olim, bugun eng yaxshi shogirdidan ayrilgani uchun 
ma’yuslanib bekatda tursa-yu, “kontrakt” bilan o’qishga kirgan birinchi kurs talabasi 
“inomarka”sida unga loy sachratib o’tsa, hayratlanmay ilojim yo’q. 
Olim shu ahvolda tramvayga chiqishdan iymanib, uyiga piyoda ketsa, hayratlanmay 
ilojim yo’q!
Kecha eshak bozorida dalllollik qilgan “zamonaviy broker” bugun uch qavatli dachasini 
“yuvsa-yu”, chalasavod “hofiz” bir soat “hangragani” uchun boshidan dasta-dasta “ko’ki” 
dan sochsalar… 
Davraning bir burchida o’tirgan shoir yurak qoni bilan yozgan g’azallari tuproqqa 
qorishganidan ko’ngli o’ksib izdihomdan bosh egib chiqib ketsa, hayratlanmay ilojim 
yo’q! 
O’sha davraning yana bir burchida xuddi shu “hofiz”ni bir tiyin ta’masiz davolagan do’xtir 
ham o’tirgan bo’lsa-yu, “otarchi” unga ko’zi tushib “iya, sizam shu yerdamisiz, doxtir?” 
deb piching qilsa… 
Do’xtir esa, “ertadan boshlab o’likdan kafanlik tilaganim bo’lsin!” deb qasam ichsa… 
Hayratlanmay ilojim yo’q! 
Bunaqa bozorga o’t tushib, alangasi osmonga chiqsin!! 


Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov 

Yüklə 108,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin