Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
60
Xalqqa o’zin rasvo qilib yurur bo’lg'oy. 
Eldin qochib tog'u cho’lni qilg'oy vatan, 
Cho’llar aro hamrohlari zog'u zag'an. 
Ketor bo’lsa churuk egni anga kafan, 
Tuyur vahshiy hamroh qilib yurur bo’lg'oy. 
Mundog' bo’lmay jon ma’shuqin tanib bo’lmas, 
Bu yo’llarni uqbasi ko’b, oshib bo’lmas. 
Jondin kechmay vahdat maydin totib bo’lmas, 
May no’sh etib, samo’ qilib yurur bo’lg'oy. 
Jononani tobgon kishi o’zi bilmas, 
Omi xalqi tolib bo’lsa, qochib kelmas. 
Yuz ming nosih bo’lsa, andin pandin olmas, 
Elga o’zin gumroh qilib yurur bo’lg'oy. 
Yuz ming oshiq kuysa-yonsa bo’lur xurram, 
Haq yodini har kim oytsa bo’lur hamdam. 
Ro’zi mahshar diydorig'a bo’lur mahram, 
Joni imon fido qilib yurur bo’lg'oy. 
Alloh uchun jonin bergon zoe’ qolmas, 
Ikki olam anga bo’ston hargiz bo’lmas. 
Chin oshiqni sirri nihon xalq bilolmas, 
Ko’z yoshini guvoh qilib borur bo’lg'oy. 
Oshiq o’lmas, qurbi so’lmas, ishqi javon, 
Xalq ichida og'zi xandon kuyar pinhon. 
Cho’llar kezib bo’zlab yurur Haq lomakon, 
Haq ishqini sano qilib yurur bo’lg'oy. 
Ishq bog'ini kezgon oshiq o’zin bilmas, 
Kecha-kunduz mastu hayron o’zga kelmas. 
Go’sha istar xaloyiqqa ulfat bo’lmas, 
Haq vaslini fano qilib yurur bo’lg'oy. 
Chin dardliklar dardsizlarni ko’zga ilmas, 
Zohid, obid, soliklarni tilga olmas. 
Qayda ko’rsa ishqsizlarni nazar qilmas, 
Chin dardlikka davo qilib yurur bo’lg'oy. 
Oshiqlarni bilgonlarin xalq bilolmas, 
Huru g'ilmon jumla malak xayl kelolmas
10

"Saqohum rabbuhum"ni orzu qilmas, 
Diydorig'a vafo qilib yurur bo’lg'oy. 
10
teng kelolmas. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
61
Huru qusur an-tahurdin olib kelgoy, 
Rizvon malak qadah sunub, ta’zim qilg'oy. 
Oshiqlari ko’zin yumub behush bo’lg'oy, 
"Voshuqo!", deb qir ichinda yurur bo’lg'oy. 
Haq tomosha qilib, anga rahmat qilg'oy, 
Nur ichinda partav solib, shafqat qilg'oy. 
Yetmish fariq maloikni ulfat qilg'oy, 
Lutfi karam ato qilib yurur bo’lg'oy. 
- 56 - 
Odam o’g'li o’lgusi, 
er 
ostig'a 
kirgusi, 
Kim yaxshidur kim yamon, 
anda 
ma’lum 
bo’lg'usi. 
Munda o’zin bilgonlar, 
Haqqa 
qulluq 
qilg'onlar, 
Haq yo’lig'a kirgonlar, 
yorug' 
yuzluq 
bo’lg'usi. 
Manman, qulman degonlar, 
er 
yuziga 
kelgonlar, 
Harom-harish yegonlar 
bir-bir 
javob 
berg'usi. 
Munda o’zin bilmagon, 
nasihatni 
olmagon, 
Besh vaqt namoz qilmag'on, 
anda 
rasvo 
bo’lg'usi. 
Agar oqil bo’lsangiz, 
nasihatni 
olsangiz, 
Besh vaqt namoz qilsangiz, 
anda 
foyda 
bo’lg'usi. 
Qullug' qilg'il qulig'a, 
kirgil 
Haqni 
yo’lig'a
11

Yorliqog'on qulig'a, 
hurlar 
qorshu 
kelgusi. 
Haqdin farmon bo’lg'onda, 
Azroil 
jon 
olg'onda, 
So’rug'-savol qilg'onda, 
11
«Qulga xizmat qilish» so‘zini ikki xil ma’noda tushunish mumkin: biri – ustoz, murshidga xizmat qilish, ikkinchisi – 
insonlarning xizmatida bo‘lish. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin