Tayanch tushuncha:
1. O‘zbek-qipchoq shevalari
2. Turk-barlos
shevalari
yoki
chig‘atoy shevalari
3. Xiva-Urganch shevalari
1. Ekstralingvistik faktor
2. Etnogenetik faktor
3. Tarixiy faktor, til faktori
4. O‘rganilganlik faktori
5. Lеksikоlоgiya tеrmini.
6. Dialеktizm.
7. Traditsiоn lеksika.
8. Qatlam tushunchasi.
12-ma’ruza
Mavzu: Shevalar sintaksisi.
Reja:
1. Sintaksis va shevalar sintaksisi.
2. Dialektal so‘z birikmasi.
3. Dialektal sodda gaplar.
4. Gap bo‘laklari va ularning dialektal xususiyatlari.
5. Shevalarda qo‘shma gap, o‘zga gap va dialog.
O‘zbek tilining lahjalariga oid sheva yoki shevalar guruhining yoki barcha
shevalarning leksik boyligini qamrab olgan lug‘atlar o‘zbek xalqi so‘z boyligining
yagona so‘z boyligidir. D.l. hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘zbek tili tarixi bo‘yicha olib
borilayotgan tadqiqotlar uchun shuningdek adabiy til va sheva leksikasining o‘zaro
munosabatalini yoritish shevalardagi ayrim so‘zlarni adabiy til lug‘atlariga kiritish
adabiy tilda badiiy asarlarda keng qo‘llanayotgan dublet so‘zlarning dominantlarini
belgilash uchun yordam beradi. D.l.lar o‘zbek shevalari atlasini tuzish uchun ham
foydalidir. Chunki D.l.larda dialektizmlarning qaysi hududda uchrashi ma’lum darajada
aks etadi.
Shevalardagi ba’zi so‘zlarning etimologiyasini ham aniqlashga yordam beradi.
D.l.da o‘zbek tilining izohli, ikki tilli va terminologik lug‘atlari uchun ko‘p leksik
materiallar bor. Bu xildagi adabiy tilga oid lug‘atlarda ba’zi bosh so‘zlardan keyin
qo‘yiladigan dial shartli belgisi o‘sha so‘zning mahalliy shevalarga oid dialektizm
ekanligini bildiradi.
Umumturkiy tillar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-nazariy va qiyosiy
tadqiqotlarni tuzish rejalashtirilayotgan umumturkiy tillar shevalarning D.l.ni o‘zbek
shevalari to‘liq lug‘atisiz tasavvur qilish qiyin.D.l. o‘zbek xalq maqol va matallarining
qaysi territoriyada, qaysi sheva dialekt vakillari tomonidan yaratilganligini belgilashga
ulardagi ba’zi so‘zlar anglatgan ma’nolarni to‘g‘ri aniqlab olishga yordam beradi.
D.l. xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchilar, folklor asarlarini lug‘atini tuzuvchilar
uchun ham ahamiyatga ega. Bundan tashqari maktablarda o‘quvchilar yozuvidagi
12
dialektal xatolarni bartaraf qilish uchun ham foydalidir. Bu borasida N. Ahmedov va O.
Botirovlarning sheva materiallari asosida yozilgan nomzodlik ishlari fikrimizning
dalilidir. Shevalarlug‘atida xalq tarixinng ko‘p asrlik mahalliy ko‘rinishlari o‘z aksini
topadi. Shu jihati bilan ham D.l.lar tarixchilar, etnograflar, arxeologlar va
adabiyotshunoslar uchun ham qimmatlidir. D.l. lar botanik, zoolog q.q. xodimlari va
barcha kasbdagi odamlar uchun ham zarur. Chunki unda kasb – hunarga oid so‘zlar
ham mavjud. Hozirgi paytda kitob, radio, vaqtli matbuot, teatrning kundalik ta’siri
adabiy til bilan shevalar o‘rtasidagi farqni kamaytirib bormoqda. Bu holat arxaik hamda
etnografik dialektizmlarning kamayishiga olib keladi. “ Leksikologiyaga oid tadqiqotlar
unutilishi mumkin, biroq yaxshi lug‘atlar hech qachon unutilmaydi, ular abadiy qoladi
deydi prof. F. Sorokoletov. Oktabr voqealaridan keyin V. Nalivkin va Nalivkinalarning
Namangan shevasi bo‘yicha lug‘ati yaratilgan.
1972 yildan boshlab A. Kononov va A. Aliyevlar bu lug‘atni ilmiy yozuvda
berilmagani uchun lug‘at deb hisoblamaganlar. 1899 yilda N. Pantusovning “ Bir chol
va bir savdogar qizi haqida Marg‘ilin ertagi” asari bosilib chiqqan va o‘sha davr
Marg‘ilin shevasi bo‘yicha ma’lumot beradi. 1988 yilgacha o‘zbek dialektologiyasi
bo‘yicha 9 ta doktorlik, 6 ta nomzodlik ishlari himoya qilingan. Shulardan 25 tasida D.l.
mavjud. O‘zbek shevashunosligi tarixida 1971 yilda 5 ming so‘zdan iborat 1 tomlik
o‘zbek xalq shevalari lug‘ati nashr qilngan. Shundan keyin ham qilingan ko‘pgina
ishlarda dialektal lug‘atlar mavjud.
O‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi Xorazm viloyatida keng tarqalgandir. Bundan
tashqari Xorazm vohasida boshqa sheva vakillari ham yashaydialr. Jumladan, qozoq,
qoraqalpoq, turkman, tatarlar ham istiqomat qiladi. Xorazm viloyatining Yangibozor,
Gurlan avvalgi Mang‘it tumanlari tili qipchoq lahjasiga qolgan tumanlari aholisi tili
o‘g‘uz lahjasiga mansubdir. Bundan tashqari o‘g‘uz lahjasi vakillari Toshhovuz shahri
va r-nida Ko‘hna Urganch tumani markazida Qoraqalpog‘istonning Beruniy, To‘rtko‘l,
Qozog‘istonning Chimkent, Turkiston hududida yashovchi o‘zbeklarning barchasi
o‘g‘uz lahjasida gaplashadilar. Bundan tashqari Buxoro vil.ining Olot, Qorako‘l
tumanlarida ham o‘g‘uzlar yashaydilar; Samarqand vil.ining Forish r-niga tarqalgan
o‘zbek shevalarida ham o‘g‘uz shevasida gapiruvchi aholi yashashini Sh.
Egamberdiyeva qayd qilib o‘tgan.
Yuqorida qayd qilingan tumanlardan tashqari Vobkent, Romitan va Buxoro
tumanlarining ayrim qishloqlarida ham o‘g‘uzlar yashashini prof. M. Mirzayev o‘z
ishida qayd qilib o‘tgan. Bu tipdagi o‘g‘uz shevalari ko‘p jihatdan Xorazm o‘g‘uz
shevalariga yaqin turadi. Vil.ga tarqalgan o‘g‘uz shevalari Buxoro dialektining ta’sirida
o‘g‘uz shevalariga xos bo‘lmagan anchagina fonetik-morfologik xususiyatlarini
o‘zlashtirganlar. Tarixiy etnografik adabiyotlarda va lingvistik tekshirishlarda genetic
jihatdan o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan qarluq, o‘g‘uz, qipchoq etnik guruhlarining
hozirgi O‘zbekiston hududiga tarqalish tarixi ularning o‘zaro munosabatlari nihoyat
darajada murakkab bo‘lganligini bildiradi.
Lingvistik jihatdan qaraganda o‘g‘uz etnik guruhiga aloqador bo‘lgan aholi
asosan Xorazm vohasida va mayday guruhchalarga bo‘lingan holda Sirdaryoning o‘ng
qirg‘oqlarida hozirgi Chimkent vil.ining hududida yashaydi. Bu aholining tili o‘g‘uz
tillariga xos bo‘lgan juda qadimgi xususiyatlarini hamon saqlab kelmoqda. Tarixan
qipchoq shevasiga aloqador Bog‘ot tumanining Xitoy qishloq aholisi Orol bo‘ylaridan
13
ko‘chib kelganlariga 400 yil bo‘lishiga qaramasdan o‘z til xususiyatlarini saqlab
qolganlar. M. Qoshg‘ariyning ma’lumotiga ko‘ra, Qarnoq o‘g‘uz shaharlaridan biri
bo‘lgan. Hozir ham bu qishloq o‘g‘uzcha gapiradi. Xorazm o‘zbeklarining tili haqida
ayniqsa o‘g‘uz shevasi haqida Venger olimi G. Vamberi “Chig‘atoy tili xrestomatiyasi”
asarida to‘la ma’lumot beradi. Xrestomatiyada hikmatli so‘zlar, maqollar ko‘p uchraydi.
Lekin ular adabiy tilda berilganligi uchun ilmiyligi pasaygan. Akad. A. N. Samoylovich
“Turk tillarining tasnifiga ba’zi bir qo‘shimchalar” nomli asarida Xorazm shevalarini
turkiy tillarning 5-guruhiga kiritgan. 1936 yilda prof. G‘. Olim o‘zbek shevalarini 3
guruhga ajratgan.
1.
O‘zbek-qipchoq shevalari
2.
Turk-barlos shevalari
3.
Urganch-Xiva shevalari
Prof. F. Abdullayev o‘g‘uz lahjasini 2 guruhga ajratgan.
1.
Urganch-Xiva shevalari
2.
Xazorasp-Yangiariq shevalari
O‘g‘uz shevalari haqida Vamberi Ozarbayjonliklarning ta’siri deb tushuntiradi.
Ba’zi o‘rinlarda o‘z tasnifida Ye. D. Polivanov o‘g‘uz shevalarini turkmanlashgan,
qipchoq shevalarini qozoqlashgan deb tushuntiradi.Prof. M. Melioranskiy jonli
shevalarni o‘rganish eng qadimgi yodnomalarni ham to‘g‘ri o‘qishga va uqishga juda
katta yordam beradi va bu borada bebaho material yetkazib beruvchi nodir manbadir
deb yozadi.
Tayanch tushuncha:
1.Qozoqlashgan shevalar
2.Turkmanlashgan shevalar
3.
Aralash tip shevalar
4.
Qipchoq-o‘g‘uz shevalari
Dostları ilə paylaş: |