38
kuchiga ishonchni
orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir
qarorga kelish
hamda unda “Men” konsepsiyasini shakllantirish ham muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasida “Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
to‘g‘risi”da
Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning
mustaqil
ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat
ko‘rsatadigan
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, tashkilotga jalb
qilinmagan bolalar
uchun maktabgacha ta’lim mtashkilotlarida, maktablarda,
mahallalarda tashkil
etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.Maktabgacha yoshdagi bolaning
maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning
hayoti, ahloqi, qiziqish va munosabatlarida
jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga
chiqaradi. Shuning uchun, maktabgacha yoshdagi
bolani maktabgacha ta’lim
tashkiotida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash,
bolaning yosh xususiyatiga
doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish
kerak bo‘ladi. Bunday
tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan
xalos bo‘lishga
yordam beradi. Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok,
kuzatish, xotira,
tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami,
ijtimoiy
Dostları ilə paylaş: