10
Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish Maktabgacha ta’lim tizimining
boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan maktabgacha ta`lim tashkilotlaridan boshlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishini davr
talabi darajasida olib borish maqsadida «Ilk qadam»davlat o‘quv dasturi tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi bu dasto‘rni
respublikamizning o‘ziga xos tomonlarini: iqlimi, jugrofiy, iqtisodiy, madaniy,
milliy sharoitlarini hisobga olib, uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug`ilgandan to
yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim va malakalar hajmini
o‘z ichiga oladi. U maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik
va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol
toptirishni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim tashklotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi amalga
oshiradi. U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun
tarbiyachi uz sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi egallagan,
puxta pedagogik psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu bilan bir
qatorda mutaxassislik bo‘yicha fanlarni jumladan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun,
Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, «Ilk
qadam» dalat o‘quv dasturini Davlat ta’lim standartlarini, “Bolalarni maktabga
tayyorlash” fani va boshqalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir. Ayniqsa,
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlangan tarzda tarbiyalash “Bolalarni maktabga
tayyorlash” fanining o‘rni juda kattadir.
Dostları ilə paylaş: