12
asoslangan tarzda o‘z yechimini topadi va kerakli xulosa, tavsiyalar beradi.
Bolalarni maktabga tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalar
mustaqil ta’lim berish orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb
qilinmagan bolalar uchun bolalar bog‘chalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil
etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta
shug‘ullanadilar. Ota-onalarga maktab ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi. 6-7
yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligini aniqlashda maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanadi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi
hamda faoliyati uchun ko‘prik, vazifasini o’tashni oila yoki bog‘chadagi ta’lim-
tarbiya sharoitlaridan maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini
hisobga olishlari lozim. Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, boshqa fanlar qatori
“Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani ham o‘z fani doirasida bir qator
fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanadi va tarakkiy etib boradi.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash fani falsafa fani bilan bog‘liq ekan
ushbu fanning metodologik jihatdan asoslaydi. Yosh psixologiyasi har bir yoshda
bolaning yoshga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Birinchi navbatda bola ruhiyati
markaziy o‘rin tutib, bu albatta, psixologiyani bilish nazariyasi bilan bog‘liqdir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” fani barcha
fanlar bilan chambarchas bog‘langandir.
Dostları ilə paylaş: