Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘ri sidagi bilimlar tizimini, ilmiy 
dun
yoqarashni shakllantirish.
2. Bilimga doir ruhiy jara
yonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, 
tafakkur, nutq. Bilishga doir ruhiy jara
yonlarni rivojlantirish aqliy tarbiyaning 
muhim vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni aqliy mehnat madaniyatini 
rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchilarni, ya’ni 
qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida 
bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. 
3. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat 
usullari predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni 
ajratib ko‘rsatish, boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha ta`lim 
yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma va 
malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolaning bilimlarni chuqur 
egallab olishiga 
yordam beradi. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina 
qolmay, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishga 
foydalanishga o‘rgatish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oila bilan ishlash 
tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotining 
ota-onalar bilan ishlashidan jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash 
shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi ommasi orasida 
pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy 
natijalarga erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlaridan ota-
onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullarini 
keltiramiz.

Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash. Bunda oilaga tarbiyachining 
borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahat berish, ota-onalarni 
bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi hayoti bilan tanishtirish kabilar kiradi. 

Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular 
otaonalarning guruhiy va umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar
shanbaliklar, savol-javob kechalari.  

Ko‘rsatmali ishlar – ishning bu turi: ko‘rgazmalar uyushtirish, bolalarning 
ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar 
uchun kutubxonalar tashkil qilish. 


76 

Bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan yaqindan tanishish.
Bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar haqida gapirar 
ekanmiz, maktabgacha ta`lim 
yoshidagi bolalarni oilada tarbiyaning ota-onalar 
bilan hamkorlikda, bundan keyin yanada takomillashtirish yo‘llarini izlab topilsa, 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini 
mustahkamlash maktabgacha ta`lim tashkiloti xodimlarining, pedagog olimlar, bu 
sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchi va metodistlarning o‘rni juda ham 
kattadir.  

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin