Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

 
 


72 
Nazorat savollari: 
1.Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati qanday 
tashxislanadi? 
2. 
Tashxislashda 
nimalarga 
alohida 
e’tibor 
qaratish 
kerak? 
3. Kern-Irasek uslubi qanday bajariladi? 
Topshiriq: «Grafik diktant» va tashxislashning qo‘shimcha shakllarini tahlil 
qiling va izohlang. 
BOLALARNING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIGIGA 
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR 
Tayanch so‘zlar: oila, mashg‘ulot, shakl, ma’naviy tarbiya, faoliyat, estetik 
tarbiya, mehnat tarbiyasi, rasm, loy, qurilish materiallari, musiqa,jismoniy 
madaniyat.
Bolalarni maktabga tayyorlashda oilani va maktabgacha ta’lim 
tashkilotining o‘rni. O‘zbekiston Respublikasida “Maktabgacha ta’lim 
to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning 
mustaqil ta’lim berishi orqali 
yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha 
ta`lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilingan 
bolalar uchun MTTlarda, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus 
guruhlar 
yoki markazlarda oladi. Bolani maktabga tayyorlashda oilaning o‘rni juda 
kattadir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan 
to‘g‘ri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham 
talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir. Oila bolani maktabga tayyorlashda 
tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va 
mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma’naviy 
tarbiyani bolaga o‘tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo‘lida 
kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy 
belgilari bilan tanishtirish, mustaqillik, Vatan haqidagi she’r va qo`shiqlarni 
yod 
oldirish, qadriyat va an’analarimizni o‘rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy 
tarbiya jara
yonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadi-ki boshqa hech 
qaysi tarbiya obyekti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Ularga insonparvarlik, 
mehr-muruvvat, rahm-shafkat, hamdardlik, muomala madaniyati, burchi va 
sadokat minnatdorchilik kabi insoniy fazilatlar turadi. Kelajak avlodga estetik 
tarbiya berishda ham oilaning muhim o‘rni bor. Oila davrasida qo`shiqlar 
kuylanishi, biror ertak 
yoki asarni oila davrasida o‘qish, birga spektakl va kino 
ko`rish va tahlil qilish, qiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish 
qilish, rasm solish va hakozolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi 


73 
jihatlardir. Ota-onalar voyaga eta
yotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga 
o‘ta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya 
mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to‘g‘ri va vitaminlashtirilgan ovqat 
berish, dam olishni, uyquni to‘g‘ri tashkil etish vaqtida shifokor nazoratidan 
o‘tkazishlari zarur. Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Bolalarni 
mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda mehnat qilish odobini shakllantirish 
va ko‘nikmalar hosil qilishda, ularning qiziqishlari hisobga olingandagina 
erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda mehnat ko‘nikma va 
malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehti
yojni tarbiyalashga, boshqalarning 
mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehti
yot qilishga o‘rgatishga jiddiy e’tibor 
berishlari lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjom-sarishtalikni 
tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda 
xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Maktabgacha ta`lim 
yoshidagi bolalarni 
oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan hamkorlikni bundan keyin yanada 
takomilishtirish yo‘llarini izlab topish oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan 
aloqasini mustahkamlash maktabgacha tar`lim tashkilotlari xodimlari pedagogik 
omillar, bu sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchilar va uslubchilarning muhim 
vazifasidir. Bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to‘g‘ri hal 
qilinishi tarbiya ishining qo‘yilishiga kompleks 
yondashishga, tarbiyaviy 
muassasalarning, oila va jamiyatchilikning to‘liq o‘zaro ta’siri va harakatlarning 
birligiga bog‘liq. Maktabgacha 
yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi 
hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabtalarida anchayin jiddiy 
o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani bog‘chada
yoq yoki 
uyda
yoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, 
ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 
tarbiyachilar tomonidan o‘tkaziladigan ta`limiy faoliyatlar jara
yonida bolalarda 
mustaqil fikrlash ko‘nikma va malakalari hosil qilinadi, tarbiyachining so‘zini 
tinglash, o‘rtoqlari bilan gaplashmaslik, har bir tarbiyachi tomonidan berilgan 
savollarga javob berishga harakat qilish, tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni 
takrorlashga o‘rgatib boriladi. Har bir 
yosh guruhlarda qancha mashg‘ulot 
o‘tkazish maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya dasturida belgilab 
qo‘yilgan. Har bir MTTda metodik xonalar mavjud bo‘lib, unda MTTda ta’lim-
tarbiya dasturining hamma bilimlari bo‘yicha metodik qo‘llamalar bo‘ladi. 
Tarbiyachi ta`limiy faoliyat jara
yonida yangi pedagogik tehnologiya 
materiallaridan va tarbiyaning samarali metod va usullaridan foydalanadi. 
Bolaning 
yoshi, ruhiy-fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiya berishning 
samaradorligi oshadi. Tarbiyachi har bir bolaning imkoniyatlarini aniqlab olishi 


74 
kerak, bolalar o‘zi yasha
yotgan jamoaga munosabatiga qarab bir necha guruhlarga 
bo‘linadi:
1-guruh: ijobiy xulqli bolalar bo‘lib, ular tez do‘stlashadilar. Ularni jamoa 
a’zolari hurmat qiladi. Bu toifadagi bolalar jamoaning faollari bo‘lib, tarbiyachi 
jamoa munosabatlarini o‘rnatishda ularga suyanadi. 
2-guruh: faol tashabbusga qo‘shiladi, ammo beqaror bo‘ladi.
3-guruh: tortinchoq bo‘lib, o‘yinda qatnashmaydilar, mashg‘ulotlarda sust 
bo‘ladilar. Bunday bolalarga alohida e’tibor zarur. Tarbiyachi guruhdagi har bir 
bolaga individual 
yondashib, ularning bir-biri bilan o‘z aro munosabatga kirishib, 
do‘stlashishiga 
yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy 
pedagogik vazifasi – bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash va 
ularni maktabda o‘qishga har tomonlama tayyorlashda ota-onalarga muntazam 
ravishda 
yordam ko‘rsatishdan iborat: Maktabgacha tarbiya tashkiloti 
xodimlarining eng birinchi vazifasi – maktabgacha ta’lim tashkiloti 
tarbiyalanuvchilarining ota-onalari va oilasining boshqa a’zolari ongida bola 
tarbiyasida oila birinchi darajali ahamiyatga egaligi va har bir oila bolalarining 
faollashuvida oilaviy va ijtimoiy tarbiyaning birligiga erishilgandagina kutilgan 
natijaga olib kelishiga chuqur ishonch uyg‘otishdir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti 
ota-onalarda pedagogik bilimlar asosini yaratadi. Ularda tarbiya haqidagi fanga 
qiziqish uyg‘otadi. O‘z bilimlarini doimo kengaytirish istagini va unga intilish 
hissini uyg‘otadi. Keyinchalik esa maktab pedagogik umumta’limiga kirishib 
ketish hissini uyg‘otadi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani har 
tomonlama, jumladan, ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat 
tarbiyalari birgalikda olib borilib bola maktabga chiqariladi. Bola MTTda olgan 
bilimlarini maktabda davom ettirishga shundagina qiynalmaydi.
Aql keng ma’noda sezish, idrok etishdan boshlanadigan tafakkur va xa
yolni 
o‘z ichiga oladigan jara
yondir. Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning 
o‘rni katta. Bilimlar zahirasini kengaytirish, aqliy faollikni va mustaqillikni 
rivojlantirish, maktabda yaxshi o‘qish, keyingi mehnat faoliyatiga tayyorlanishning 
muhim shartidir. Bola 6-7 
yoshdan maktabga o‘tishi, ularni maktab ta’limiga 
tayyorlash uchun aqliy rivojlantirish etarli bo‘lishini ta’minlash tarbiyachidan katta 
mas’uliyatni talab etadi. Maktabgacha ta’lim 
yoshida bilim tez sur’atda rivojlanib 
boradi, boyib boradi. Nutq shakllanadi, bilish jara
yonlari takomillashadi, bola eng 
oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab 
muomala orqali, so‘ng ta`limiy faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Tevarak-atrof, 
buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga, ya’ni analizatorlariga ta’sir etadi va 
sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga 
yordam beradi. 
(Issiq-sovuq, g‘adir-budir). Sezgi atrof-muhitni bilishning dastlabki bosqichi 


75 
hisoblanadi. Bolalarning bilimlarni egallab olishlari ularning aqliy faolligini 
rivojlantirish aqliy malaka va ko‘nikma egallab olishlari, ularning maktabda 
muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba 
bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin