Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
hayotlarini birgalikda davom ettirishlariga ko‘zlari yetmay qolganda ularning har biriga
ajralish huquqi berilgan. Er uchun taloq, xotin uchun xulu’ –mol evaziga eridan taloq
olish joriy qilingan.
Er agar xotinini uch taloqdan kam taloq qilgan bo‘lsa, ajralishganlaridan so‘ng yana
yangi nikoh orqali birgalikda yashashlari mumkin. Ammo uch taloq qilgan bo‘lsa, endi
ular hayotlarini o‘zaro bog‘lay olmaydilar. Xotin boshqa erga tegib, u bilan ham
kelisholmay ajralsa yo undan beva qolsa, ana shundagina avval uch taloq qilgan eri bilan
hayotini qayta bog‘lashi mumkin.
Uch taloq qilingan xotin taloq qilgan eriga halol bo‘lishi uchun boshqa birov o‘z
nikohiga olib, qo‘shilib, so‘ng taloq qilishini «halola» deyishadi. «Halola» «shar’iy hiyla»
hisoblanadi. «Shar’iy hiylalar»ga amal qilish din asoslarini yemiradi. Halolaga rozi
bo‘lgan er va halola qiluvchi haqida Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) shunday deydilar:
«Rasululloh (s.a.v.) halola qilguvchini va halola qildirguvchini la’natlaydilar».
La’natga uchragan kimsa dunyo va oxirat ne’matlaridan bebahra qoladi. Shunday
ekan, mutloq ajralib ketishga ko‘zi yetmagach, yengiltaklik qilib, og‘ziga taloq so‘zini
olmaslik kerak.
Savol: Bola tug‘ilganidan so‘ng necha kundan keyin uning qulog‘iga
azon va iqomat aytiladi? Shu aytilgan azon va takbir janoza namozining
Dostları ilə paylaş: