Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
Javob: Nikoh abadiy aqd-bog‘lanishdir. U o‘lguncha er-xotin bo‘lib
yashashni taqozo
etadi. Nikohdan ko‘zlangan maqsad nasl qoldirish va uni tarbiyalashdir. Bu maqsad
ko‘zlanmagan nikoh mut’a nikohi bo‘ladi. Bir necha kun
yashashni aytib nikohlanish
«vaqtinchalik nikoh» deyiladi. «Radd ul-muxtor»da shunday deyiladi: «Mut’a va
vaqtinchalik nikoh botildir». Bu ikki tur nikohning haromligiga shialarning bir toifasidan
boshqa barcha mazhabdagi ulamolar ittifoq qilishgan.
Savol: Ba’zi joylarda mozorlarga atab o‘g‘il bolalarda biroz soch (kokil)
qoldirishadi. Shu mumkinmi?
Javob: «Sochning
bir qismini olib, bir qismini qoldirish, ya’ni kokil qilib qo‘yish
kattalarga ham, bolalarga ham man etilgan. Kokilni olish bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi,
deydiganlar shayton vasvasasiga yo‘liqqanlardir», deyiladi «Ayn ul-ilm» kitobida.
Savol: Ayol erining ruxsatisiz kasal, qarovchisi yo‘q otasiga qarashi
Dostları ilə paylaş: