Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
qoralik boshqa ranglarga qaraganda shaytoniy kuchlarni jamlovchiroqdir. Yana unda
harakat quvvati ham bordir. Jinlar ilon, chayon va boshqa suratlarda, tuya, sigir, qo‘y,
ot, xachir, eshak va qushlar suratida ham, bani Odam ko‘rinishida ham ko‘rina oladilar».
Savol: Ba’zilar folbinga borib, kelajaklari haqida fol ochirishadi. Shu
to‘g‘rimi?
Javob: Hozirgi paytda boshiga biror tashvish tushgan yoki biror narsasini yo‘qotgan
ayrim kishilar darrov folbin huzuriga borib,fol ochtirishga, «issiq-sovuq» qildirishga,
uning aytganlarini bajarishga o‘rganib qolishgan. Vaholanki bu ish Qur’oni karim hukmi
va Rasululloh sunnatlari bilan man etilgan.
Qur’oni karimning ichkilik ichish, qimor o‘ynash va butlarga sig‘inish harom ekani
haqidagi oyatida folbinlik ham sanalgan: «Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik
ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan
folbinlik qilish) shayton amallaridan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun
ularning har biridan uzoq bo‘lingiz!» (Moida surasi, 90-oyat).
Kelajakni faqat Alloh biladi . Bu narsa Qur’oni karimda ko‘p takrorlangan.
Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: «Folbinga borib, undan fol ochishni so‘ragan va uning
aytganlarini tasdiqlagan kimsa Muhammadga yuborilgan narsani inkor etgan bo‘ladi».
Hozirgi kunda keng tarqalgan kitobga, qartaga, suvga va boshqa narsalarga qarab fol
ochish, shuningdek yulduzlarga qarab kelajakni aytish (munajjimlik) barcha-barchasi
Qur’oni karimda ta’kidlangan harom amallardan sanaladi. Bularni dinimiz taqiqlaydi.
Folga ishongan kishi kofir bo‘ladi, dindan chiqadi. Rasulullohdan rivoyat qilingan hadisda
aytilishicha, jinlar g‘ayb ishini (kelajakda nima bo‘lishini) bilmaganlari uchun bir yilgacha
Sulaymon alayhissalomning o‘lganlarini bilmay, u zot uchun ishlayvergan
ekanlar.Demak, folbinlarning «mening jinim undoq deyapti», «bobolarim bundoq
deyapti» degan gaplari aldamchilikdan o‘zga narsa emas.
Dostları ilə paylaş: