Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
Savol: Ba’zilar xilvat joylarda, qorong‘ida yurganda jinlarning zarar
yetkazishidan qo‘rqishadi.Haqiqatdan ular odamga ta’sir o‘tkaza oladimi?
Javob: Mujohiddan rivoyat qilinishicha, jinlar insonlardan qo‘rqishadi.
U kishi
aytadilar: «Sizlar ulardan qo‘rqqaningizdek, ular ham sizlardan qo‘rqishadi. Shayton
birortangiz undan qo‘rqaningizdan ko‘ra sizlardan qattiqroq qo‘rqadi. Ular sizga yo‘liqsa,
undan qo‘rqmang, chunki bu holda u sizni minib oladi. Balki, unga tashlaning-ki u
qochsin».
Ulamolarning
aytishlaricha, jinlar insonlarga hasad qilarkan, ko‘zi tegishi mumkin
ekan. Bundan asralish uchun esa ikki «qul a’uzu» suralarini o‘qib yurish zarur.
Jin va shaytonlar quyosh botganidan to tun zulmati cho‘kkunga
qadar yer yuziga
tarqaladi. Shuning uchun ulamolarimiz bu paytda chorvalarni va bolalarni qo‘yib
yuborishdan qaytarganlar. Ota-bobolarimiz shuning uchun ham shom bo‘lishi bilan
ko‘chada o‘ynayotgan farzandlarini uyga chorlashgan.
Abu Hurayraning (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
shunday
deganlar: «Agar eshakning hangraganini eshitsangiz, shaytondan Alloh nomi bilan
panoh tilang, chunki u shaytonni ko‘rgan bo‘ladi. Agar xo‘roz qichqirganini eshitsangiz,
Allohning fazl-marhamatidan so‘rang, chunki u farishtalarni ko‘rgan bo‘ladi». (Imom
Buxoriy va Imom Muslimlar rivoyati).
Ulamolarimiz jinlarga atab jonliq so‘yishdan qaytarishgan. Chunki bu – harom,
Allohdan boshqaga atab so‘yilgani uchun shirk hamdir. Musulmon
kishining jinga atab
so‘yilgan go‘shtdan yeyishi joiz emas. Taassufki ba’zi kishilar jinlar bilan aloqador folbin
va azayimxonlarning tavsiyasiga ishonib sehr yechdirish,
jin chalgan kishini muolaja
qildirish kabi ishlarni bajarish maqsadida shu ishlarni qilib kelishmoqda. Sahih hadisda
Rasululloh (s.a.v.): «Allohdan boshqaga atab so‘ygan kishiga Allohning la’nati bo‘lsin»,
deganlar.
Jinlarning insonlarga ozor berishini allomalar rad etishmaydi. Jinlarning inson bilan
o‘chakishib qolishiga uning o‘zi bilmagan holda jinlarga
qaynoq suv sepib yuborishi, ular
o‘tirgan joyga siyishi va shunga o‘xshash ozor berishlari sabab bo‘ladi. Jinlar ham o‘z
o‘rnida ularga ozor berish bilan intiqom oladilar. Ammo ba’zi jinlar xuddi insonlar bir-
birlariga zulm qilgani kabi hech bir sababsiz ham insonga ozor berishi mumkin.
Jinlarga sig‘inish, ulardan yordam so‘rash harom amallardandir. Chunki jinlarga
sig‘inish shirk va kufrdir. Sehrgar va folbinlarning ishi esa jinlardan yordam so‘rashga
asoslangan, bu eng og‘ir gunohlardandir.
Dostları ilə paylaş: