Microsoft Word Economic theory lecture 3


 Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni



Yüklə 146,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü146,45 Kb.
#185430
1   2   3   4   5   6   7
Economic theory - lecture 3

3.3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. 
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda 
jamiyat boyliklarini o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari-bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf 
etish va o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. 
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan 
moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik 
qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo‘lida 
bo‘ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish-
bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir. Mol-
mulkni o‘zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish 
uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish-bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal 
qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali 
ro‘y beradi. 
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, 
foydalanish, o‘zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat 
alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin. 
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida 
ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo 
qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. 
Bu birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, hal qiluvchi ro‘lni mulkchilikning iqtisodiy tomoni 
egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya’ni o‘zlashtirilmasa, ishlab 
chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» 
kategoriya sifatida qoladi. 


Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan 
ro‘yobga chiqariladi. 
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat 
bo‘ysinuvchi ro‘l o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum 
huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab 
chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli 
mulkchilikning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy 
munosabatlarning aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi. 
Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish 
zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida 
mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat muhim ro‘l o‘ynaydi. Bu ro‘l shunda 
ko‘rinadiki, tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) 
mulkdorga aylanish imkoniyati vujudga keladi. 
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari 
va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan, ya’ni yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli 
ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo‘riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, 
uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. 
Mulkchilik munosabatlari uning ob’yektlari va sub’yektlari bo‘lishini shart qilib qo‘yadi. 
Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’yektlaridir. Mulk ob’yekti bo‘lib, inson 
yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning 
mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’yektida asosiy 
bo‘g‘in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari 
kimniki bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi. 
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab 
chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli darajada va turli shakllarda 
amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’yektlari vujudga keladi. Mulk sub’yekti 
jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo‘lgan, mulk ob’yektini o‘zlashtirishda 
qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki 
boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik 
sub’yekti bo‘lib chiqadi. 
Mulk ob’yektlari va sub’yektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini 
yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari-bu mulk ob’yektini 
o‘zlashtirish bo‘yicha mulk sub’yektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir.
Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’yektining mulk ob’yektiga nisbatan munosabatidir, 
ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir.

Yüklə 146,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin