Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/58
tarix20.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#145741
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

 
 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
NIKOHNING SUNNATLARI VA ODOBLARI 
Rasululloh (s.a.v.) qizlari Fotima onamizni hazrati Aliga (r.a.) nikohlab berganlarida to‘rt misqol 
kumush mahr, uch xotinlari uchun esa besh yuz dirham pulni nikoh uchun muvofiq ko‘rganlar. 
Uylanish — U zotning va ahli baytining sunnatlaridir. Nikoh uchun pul qarz olish joiz. Uylanishga 
qaror qilgan kishi keyingi hayotini o‘ylab, faqirlikdan qo‘rqishi kerak emas. Alloh taolo oila 
quruvchilarning yordamchisidir. Albatta, bir yengillik ehson aylagay! 
Uylanmoqqa qaror bergan kishi juftining dindor bo‘lishiga diqqat qilishi zarur. Yaxshi tarbiya 
ko‘rgan dindor juft — butun dunyo boyliklaridan xayrlidir. Bo‘lajak kelinning nasabi yaxshi bo‘lishi 
muhimdir. Kechmishi aralash-quralash oila qizining nima keltirishi ma’lum emas. Ko‘rinishga 
aldanmaslik kerak. 
Oila mavqei va boyligiga uchib, o‘ziga juft tanlaganlar aldanadi. O’zidan boy oiladan qiz olgan, 
ertadir-kechdir qiz tarafning ta’sir maydoniga kirib qolishi mumkin. Faqirlik ayb emas. Johil, tarbiyasiz 
juft bilan turmushni davom ettirish o‘ta mashaqqatlidir. 
Har insonda ozmi-ko‘p, go‘zal va xunuk jihatlar bor. Uylanmoqchi bo‘lgan kishi o‘z fikricha go‘zal 
bo‘lgan ayolga uylanishi kerak. 
Yomon va ko‘p gapiruvchi xotin bilan yashash mushkul ishdir. Badfe’l va yonida bolasi bo‘lgan 
ayolga uylanish ham ko‘ngildagidek ish emas. 
Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shartlarga muvofiq kelsa, bokiraga uylanishni tavsiya etganlar. 
Dindor tul bilan oila qurish ham xushbaxtlik keltirishi mumkin. Gunoh qilishdan uyalmaydigan ayolga 
uylanish g‘amga duchor qiladi. 
Aytilgan bu xususiyatlar faqat ayollargagina emas, erkaklarga ham taalluqlidir. Turmushga 
chiqmoqchi bo‘lgan ayol ham ayni shartlar asosida o‘ziga juft tanlashi mumkin. Va bunga uning haqqi 
bor. Jo‘mard, mard, tanti, olijanob bir erkakni tanlash — ayolning haqqidir. 
Uylanishda erkak to‘rt jihatdan ayoldan afzal bo‘lishida foyda bor: 
1.
Erkakning yoshi ayolning yoshidan katta bo‘lishi. 
2.
Erkakning bo‘yi ayolning bo‘yidan uzun bo‘lishi. 
3.
Er xotinidan badavlatroq bo‘lishi. 
4.
Erning mavqei ayolnikidan yuqoriroq bo‘lishi kerak. Xotin ham erdan to‘rt narsada afzal bo‘lishi 
kerak: 
1. Go‘zallikda ayol erkakdan ustun bo‘lishi kerak. 
2. Nazokat va zarofatda ayol erkakdan nozikroq va madaniyatliroq bo‘lishi kerak. 
3.
Ayolning fe’li erining fe’lidan yumshoqroq bo‘lishi kerak. 
4.
Ayol eridan ko‘ra sabrliroq bo‘lishi kerak. 
Yosh qiz qari kishi bilan, qari kishi yosh qiz bilan turmush qilmasligi kerak. Ota-onalar 
farzandlarining juft tanlashlari ustida zulm qilmasliklari lozim. Uylanajak juftlar bir-birini ko‘rib, qaror 
qilishlari kerak. 
Sunnatga uyg‘un bo‘lgan turmush juft tanlashda har jihatdan teng, o‘xshash, bir-biriga munosib 
bo‘lganlarning oila qurishidir. 
Juftning xayrlisi tanglikka tushirmaydiganidir. Xarji mo‘l xotinni olib u bilan yashash oson emas. 
Boshqalar uylanishni qaror qilganga uylanish kerak emas. Turmush qurishga qaror qilgan juftlarning 
va har ikki tarafdagi oilalarning, zarur bo‘lgan joylar bilan maslahatda bo‘lganlaridan so‘ng xulosa 
chiqarishlari sunnatga muvofiq bo‘ladi. Er-xotinning bolali bo‘la olishlari e’tiborga olinishi kerak. Aks 
holda, iztirob muqarrardir. 
Har ikki tarafdan asosi sabr-bardoshga qurilgan oila, ya’ni sabrli juftlar turmushi eng mustahkam, 
eng baxtli turmush hisoblanadi. 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin