Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/58
tarix20.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#145741
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
qanday turini tark etib, savobning har turini qilishga shoshiling!» 
Ikki gunohni qilishdan juda qo‘rqish kerak. Bulardan biri eng oson, eng oz bo‘lsa ham bandaning 
haqqidir, ikkinchisi dinni suiiste’mol qilmoq ya’ni dinni mol-dunyoga almashtirmoq. Har ikki gunohni 
qilishdan Allohning o‘zi asrasin! 
Bir kishi gunoh qilishni avval niyat etib, keyin bu niyatidan qaytsa, Alloh o‘sha kishiga atab 
jannatda bir ko‘shk quradi. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar: 
«Sevimli sahobalarim! Sizga yomonlik qilganga yaxshilik qiling! Hech kimning aybini yuziga 
solmang! Sizga zulm qilganlarni kechiring. Bularning mukofoti jannatdir». 
Ey, farzand!
Odamlar o‘tib qaytadigan yo‘l toza va yurishga xalaqit qiluvchi narsalardan xoli bo‘lishi kerak. 
Bu mavzuda Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: 
«Me’roj kecha»si jannatda bir kishini ko‘rdim. Turli ne’matlar ichra g‘arq suzib yurganday edi. 
«Bunday go‘zal va anvoyi ne’matlarga qanday erishdingiz», deb so‘radim. U zot shunday dedi: 
«Xalq o‘tadigan yo‘lda bir tikan (niholi) bo‘lardi. O’tishga xalal berib, odamlarning g‘ashiga 
tegardi. Odamlarni behuzur qilmasin deb, o‘sha tikanni kesib, yo‘ldan olib tashladim. Alloh taolo shu 
xizmatimni gunohlarimga kafforot qildi va bu darajani ikrom ayladi». 
Halol foyda ko‘rishni istagan kishi qilgan ishini yaxshi natijatasini va rostgo‘y bo‘lishi kerak. 
Tongda ovqatlanishning to‘rt foydasi bor: 
1.
Og‘izdagi bemazalikni va hidni ketkazadi. 
2.
Suv ichishdan tiyilish. 
3.
Ish joyiga ertaroq borishni o‘nglaydi. 
4.
Ko‘zi birovning ertalabki ovqatida bo‘lmaydi. Oz yeyishning foydalari: 
1.
Oz suv talab qiladi. 
2.
Oz uxlash yetarli bo‘ladi.
Ko‘p yeyishning zararlari: 
1.
Xastalikka olib keladi. 
2.
Insonni tanbal, yalqov, dangasa va karaxt qiladi. 
3.
Suvni ko‘p talab qiladi. 
4.
Ko‘p uyquni keltiradi. 
5.
Foydasiz so‘zlashga sabab bo‘ladi.
Ey, farzand!
Boshqalar yonida tish kavlashdan saqlan. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a) 
xitoban shunday deydilar: 
«Ey, Abu Hurayra! Jabroil alayhissalom menga tish kavlash ta’qiqlangani haqida xabar keltirdilar». 
Ba’zi cho‘plar bilan tish kavlash zarari aytilgan: 
1. Cho‘p bilan tish kavlash sariq va parishonxotirlik kasalliklariga sabab bo‘ladi. 
2.
Rayshon cho‘pi bilan kavlamoq tish og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. 
3.
Anor cho‘pi bilan kavlamoq boshni og‘ritadi. 
4. Idriso‘ti cho‘pi bilan kavlash orqa va biqin og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. 
5. Xurmo cho‘ni bilan kavlash faqirlik keltiradi. 
6. Yulg‘un cho‘pi bilan tish kavlash oniy o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. 
7. Supurgi cho‘pi bilan tish kavlash qichima kasaliga sabab bo‘ladi. 
Eng ma’qul ko‘rilgan tish yuvish vositasi bu misvokdir. 
Ey, farzand!
Odamlarni g‘iybat qilishdan, ya’ni orqasidan gapirishdan saqlan. Kim birovning orqasidan gapirsa, 
mish-mish tarqatsa, g‘iybat etilgan kishining g‘uvohi g‘iybat etganning ustiga yuklanadi. G’iybat 
qilganning savoblari g‘iybat qilinganga o‘tadi. G’iybat qilmoq zinodan ham og‘irroq gunohdir. Katta 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin