www.ziyouz.com kutubxonasi
51
4.
Allohdan boshqasiga sajda qilib, sig‘inganlar.
Bir kishining yaxshiligiga tashakkur aytib, yaxshilik haqiqatda Allohdan ekanini, chunki Allohning
iznisiz qech kim biror narsa, bir ish qilolmasligini tafakkur qilib, Allohga hamdu sano aytmagan kimsa
Allohga emas, Undan boshqaga sajda qilgan bo‘ladi. Allohga hamdu sano aytgach, ikromiga vosita
bo‘lgan kishiga tashakkur aytilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Har xil yaxshilik va ikrom uchun avvalo Allohga hamdu
sano, so‘ng bandaga rahmat aytish kerak. Tiz cho‘kib, ta’zim qilish bilan salom berish islom dinida
harom. Sajda deb o‘ylangan taqdirda shirk. Xudo saqlasin.
Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichmoq ham shirkdir.
Ey, farzand!
Hech kimni so‘kmaslik, la’natlamaslik, yomon so‘zlamaslik kerak. Bu haqda Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a.) shunday deganlar: «Ey, Abu Hurayra! Odamlarni so‘kmang, ular ham
sizning ota-onangizni so‘kmasinlar. Odamlarni la’natlamang. Lanatlangan kishi shunga loyiq bo‘lmasa,
aytilgan la’nat, la’natlaganga (la’nat aytganning o‘ziga) qaytadi».
Hayvonlarni ham la’natlamaslik kerak. Aks holda, farishtalar o‘sha kimsani la’natlaydilar.
Hayvonlar harakatlari uchun javobgar emas.
Alloh taoloning amrlarini yoyishda, ta’qiqlaridan qaytarishda vazifalangan va bunda ozgina bo‘lsa
ham muvaffaqiyat qozongan kishining qalbini Alloh nur bilan to‘ldiradi.
Hech kimni kamchiligi tufayli uyaltirma. Hech kimning uyalib, xijolat chekishini, xafa bo‘lishini
istama. Bu mavzuda Rasululloh (s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a.) shunday dedilar: «Ey, Abu Hurayra!
Birovning uyalib, xijolat tortishini istama. Bir kishiga boshqalarning orasida da’vo qilib mashaqqatli,
noqulay ahvolga solmaki, Alloh taolo ham seni mahshargohda mahshar xalqi ichida da’vo qilib, qiyin
ahvolda qoldirmasin!»
Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Sevimli sahobalarim! Shu to‘rt narsani qilmaslikka diqqat etish, dunyo va oxirat xushbaxtliligiga
yetish uchun zarurdir:
1.
Juda boy bo‘lib, boyligini xarjlamoqqa ko‘zi qiymay xayr qilishda va muhtojlarga tarqatishda
ziqnalik etmoq.
2.
Orzu-umidlarga berilib (umrim uzoq degan taxmin bilan) bandalik va insonlik xizmatlarini
kechiktirishda davom etmoq.
3.
Dunyo moliga ochko‘z bo‘lib, boriga shukr qilmaslik.
4.
Xasislik qilish».