Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/58
tarix20.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#145741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
Ey, farzand!
Namozlarni jamoat bilan o‘qishga g‘ayrat qilish takbiri tahrimani imom bilan birga yoki imomga 
eng yaqin bir vaqtda aytishga kirishish va uning beadad fazilatlaridan bahramand bo‘lmoq kerak. 
Oldinda bo‘sh joylar turib, orqada yangidan saf tortish makruhdir. Oldindagi bo‘sh joylarni 
to‘ldirish lozim. Bir o‘zi bir safni egallashga harakat qilish gunohdir. Niyat qilayotganda bajariladigan 
ishning qalbdan kechirilishi va har bir ibodatning Alloh rizosi uchun ekanini o‘ylash, tushunish juda 
muhim. Og‘zaki niyat qiluvchi kishi qalbdan boshqa narsani kechirishi va boshqa narsalarni o‘ylashi 
bilan namozi durust bo‘lmaydi. 
Niyat bilan barobar qo‘llar yelka uzra ko‘tarilib, bosh barmoqlar quloqlar yumshog‘iga tegiziladi. 
Vaqt o‘tkazmasdan «Allohu Akbar!» deyiladi va qo‘llar darhol bog‘lanadi. Ko‘zlar sajda qilinadigan 
joydan uzilmaydi. Namozda turgani bir on esdan chiqarilmaydi. Imom o‘qigan oyatlar e’tibor bilan 
tinglanadi. Qalb boshqa narsalardan, dunyodan uziladi. Qo‘l, panja qulluq uchun tayyor, shikasta bir 
holda turiladi. 
Imom bilan birga jamoat rukuga boradi. Ayni shaklda sajdaga boriladi. Imomdan avval ruku va 
sajda qilmaslikka juda ham diqqat-e’tibor berish kerak. Imomga ergashib «Allohu Akbar!» deb ruku
sajda qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar: 
«Imomdan avval ruku va sajda qiluvchilarning boshi mahshar ahliga markab (ulov) boshiga 
o‘xshatib, (aylantirib) ko‘rsatiladi» (Alloh saqlasin). 
ZIYORAT ODOBI 
Ey, farzand!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar: 
«Kim bir mo‘min birodarini Alloh roziligi uchun ziyorat etib, qo‘l ushlashib uch bora silkitib 
ko‘rishsa, kuzgi daraxt barglari to‘kilgandek, har ikkovining gunohlari to‘kiladi». 
Yana bir hadisi shariflarida Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat etadilar: 
«Zarur holda mo‘min birodarining ziyoratidan uzoq bo‘lgan va jamoatni tark etgan Allohning 
rahmatidan ham uzoq qoladi». 
«Kerak vaqtda mo‘min birodarining ziyoratida bo‘lmagan kishi meni ranjitgan bo‘ladi». 
Hazrati Umar (r.a.) marhamat etadilar: 
Rasulullohdan (s.a.v.) ziyoratga munosib vaqtlarni so‘radim. Menga shunday dedilar: 
«Ey, Umar! Ertalab va asr vaqtlarida ziyoratda bo‘lmoqni menga Makkai Mukarramadagi paytimda 
Jabroil alayhissalom o‘rgatdilar. Bir kun birodarini Alloh roziligi uchun ziyorat etgan kishi Hizr 
alayhissalomni ziyorat etgan kabidir». 
Mo‘minlar bir-birini ziyorat etishlarining savob va fazilatlarini sanab ado qilib bo‘lmaydi. 
Har xil bahonalar bilan ziyoratdan qochmaslik kerak. Chunki uch toifa inson Alloh taolo jamolini 
ko‘rmoqdan mahrum qoladi: 
1.
Tanbal kishilar.. 
2.
Kibrlilar va xudbinlar. 
3. Behuda, befoyda narsalar bilan o‘ralashuvchilar, sir saqlashni bilmaydigan ezma, vaysaqilar. 
Ey, farzand!
Aslo musofaha (qo‘l ushlashib ko‘rishish)ni tark etma 
Janob Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday marhamat etadilar: 
«Uchrashgan mo‘min birodari bilan musofaha etmoq (qo‘l ushlashib ko‘rishmoq)dan qochgan 
(o‘zini tortgan) kishi bizdan emas». 
Musofaha paytida marhumlarni, mo‘min-musulmonlarni duo qilish kerak. Payg‘ambarimizga 
(s.a.v.) alohida salovat aytish lozim. 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin