Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
Qo‘ldan kelgancha yo‘ldoshning haqqini ko‘zlash, mamnun etadigan harakatlar qiling.
Ajrashayotganda rozilashish, yo‘lda yeb-ichishda unga qulaylik ta’minlash, sabrli bo‘lish odobdandir.
KASALNI ZIYORAT QILISH ODOBI
Ey, farzand!
Xasta ziyorati dinimizda juda muhim ibodat hisoblanadi. Xasta ziyoratiga borishingizda eshikka
yaqinlashgach, yo‘talib yoki tomoq qirib ichkaridagilarni tashrifidan ogoh qilish kerak. Iloji bo‘lsa,
xasta boshidagilar ziyoratchi ichkari kirmasidan, uning kimligini bilishlari lozim.
Ziyoratchi «Bismilloh»
bilan bemor huzuriga kirib, salom berishi, uning o‘ng tomonida o‘tirishi,
qo‘lini qo‘liga olib, xastani sevintiruvchi, ko‘nglini ko‘taruvchi yaxshi so‘zlar aytishi, ziyoratni cho‘zib
yubormasligi,
bemordan ruxsat olib, turishi kerak.
Xasta qarindosh, do‘st yoki qo‘shni bo‘lsa, ehtiyoji so‘ralib, ketishi, xulosa qilib aytganda, xastaga
iztirob emas,
quvonch berib, ko‘nglini olishi kerak. U yoqtiradigan yegulik olib borish juda o‘rinlidir.
Qayg‘u-iztirobda bo‘lgan xastani so‘z va har xil munosabatlar bilan xafa qilishdan qo‘rqish,
Allohdan shifo tilab, xayrlashish lozim.
JANOZAGA BORISH ODOBI
Ey, farzand!
Janozaga iloji boricha jamoat bo‘lib borish, marhumning yaqinlari ko‘nglini olib, xizmatlar qilib,
yordam berish kerak. Ta’ziya
izxor qilib, tasalli so‘zlar aytish, marhum uchun rahmat va mag‘firat
tilash kerak.
Lozim bo‘lsa kafanlik va boshqa xizmatlarda yordam berish, dafn ishi oxirigacha jamoatdan
ayrilmaslik kerak.
Agar zarur bo‘lmasa, ulov minmasdan yayov borgan yaxshiroq. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir
janozaga yayov borib, qaytishlarida hozirlangan ulovga minib qaytdilar. Ashobdan ba’zilar
buning
sababini so‘rashganda, Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar:
«Mayit qabrga ko‘tarib ketilayotganda farishtalar ham birga borishadi. Ularga muvofiq bo‘lmoq
uchun men ham ulov minmadim. So‘ng farishtalar qabristonda qoldilar, biz bilan birga qaytishmadi.
Men ham shuning uchun qaytishda ulovga mindim».
Janoza namozini o‘qib, qabristongacha bo‘lgan xizmatlar uchun beriladigan savobni aytib ado qilib
bo‘lmaydi. Shuni yaxshi
bilmoq kerakki, xizmat qilgan xizmat ko‘radi. Xizmatdan qochganning esa
xizmatidan qochishadi.
Dostları ilə paylaş: