www.ziyouz.com kutubxonasi
2
IMOM G’AZZOLIY HAQLARIDA BIR NECHA SO’Z Hujjatul islom Imom G’azzoliy hazratlari bir necha asrlarda bir keladigan buyuk islom
mutafakkirlaridan biri sanaladi.
Hijriy 450 (m.1058) yilda Eronning Xuroson viloyati, Tus shahrida dunyoga kelib, hijriy 505 (m.
1111) yilda shu yerda vafot etganlar.
Hayratda qolarli darajada teran bilimga ega bo‘lgan bu ulug‘ zot davrining barcha ilmlari bo‘yicha
yetuk bo‘lganlar, zohiriy va botiniy ulamolar orasida katta jarlik yuzaga kelgan bir paytda har ikki
tomonni murosaga keltirgan benazir olimdir. Qisqa umrlari davomida turli sohalarda va mavzularda
ko‘plab ulug‘ asarlar yozdilar, ta’lif etdilar. «Ihyoi udumid-din» ilm olamida ma’nolari chuqurligi bilan
mashhurdir. Boshqa barcha asarlari ham u zotni dunyoga fazilat va kamolot sohibi sifatida tanitdi.
Shogirdlaridan juda ko‘pchiligi u zot yonida zohir va botin ilmlarining shavqlarini totib,
maqsadlariga yetdilar. O’zidan yiroqda bo‘lganlarga maktublar yo‘llab ilm va irshod maqomida
xizmatlarini davom etdirdilar va davom etdirmoqdalar, bu nurlardan kelajak avlodlar ham bahramand
bo‘ladilar, inshaalloh. Bunday ziyo manbasida, ilm osmonida pirlant (brilliant) qandillarga, bilimdonlik
zaminida nur chashmalariga aylangan «Al-munqizu minaz zalol» va «Ayyuhal valad» asarlari shular
jumlasidandir.
Islom olami, butun dunyo 900 yildan buyon hazrat G’azzoliy asarlaridan o‘rganib kelmoqda, bu
asarlar turli tillarga tarjima qilingan. Sharq mamlakatlaridan tashqari Ovro‘pa, hatto Amerikada u zot
nomida ilmgoh (institut) lar ochilib, hayoti va ilmiy faoliyatiga bog‘liq tadqiqotlar olib borilmoqda.
G’azzoliy kabi zotlarning nufuzli asarlari har bir asr, har bir jamiyat uchun har doim faqat foyda
keltiradi.
Bizdek ojiz bandaning xatolarini Alloh mag‘firat qilib, siz aziz o‘quvchilarning fikr-mulohazali
so‘zlari bilan o‘zi tuzatib, to‘g‘ri yo‘lga boshlasin. Xato-kamchiliklar bizdan, muvaffaqiyat Allohdandir.
Unga behad hamdu sanolar, Payg‘ambarimizga salovatlar, ahli baytiga, sahobalariga G’azzoliydek,
Imom A’zamdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Imom Marg‘inoniy kabi olim, aziz
avliyolariga, U zotga ergashganlarga, U zotni sevganlarga salomlar bo‘lsin. Bu dunyoda barchaga, u
dunyoda esa mo‘minlarga marhamatli bo‘lgan Alloh nomi bilan «Ayyuhal valad» mutolaasini
boshlaymiz.
Tarjimon
RAHMON VA RAHIM BO’LGAN ALLOH NOMI BILAN BOSHLAYMAN