Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
MASJIDDAN CHIQISH ODOBLARI
Ey, farzand!
Bomdodni o‘qigach, masjiddan chap oyoq bilan chiqiladi va shunday duo qilinadi:
«Allohim! Menga fazlu karaming bilan rahmat eshiklarini och!»
O’ng oyoq tashqariga olinayotganda shunday niyat qilinadi:
«Allohim! Peshin namozini o‘qishimni menga nasib ayla!»
Peshinni o‘qib asrga, asrni o‘qib shomga, shomni o‘qib xuftonga, xuftonni o‘qib bomdodga niyat
etgan kishining daftariga kecha-kunduz namoz o‘qigan savobi yoziladi.
Bir hadisi shariflarida Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat etadilar:
«Amallar niyatlarga ko‘radir. Kim nimani niyat qilsa, o‘shaning natijasini ko‘radi».
Niyatsiz amal bo‘lmaydi, ya’ni niyatsiz amal amal emas. Niyati qilinib, yaxshi, tugal, o‘rinli
qilinmagan amal ham daftarda amal qilinmagan deb yoziladi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Namoz — din ustunidir. Namozni mukammal o‘qigan dinini mukammal qiladi. Namozni buzgan
dinni buzadi. Namoz — barcha ibodatlardan afzaldir. Namozni jamoat bilan o‘qimoq, yolg‘iz
o‘qigandan yigirma besh, yigirma yetti daraja afzaldir».
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat etadilar: «Jamoat bilan namoz o‘qishni uzrsiz tark
etib, uyida yolg‘iz o‘qigan kishi faqat qarzini o‘taydi. Yigirma yetti darajali jamoat savobidan mahrum
bo‘ladi».
Namozlarni kechiktirmasdan vaqtida o’qish kerak. Vaqtning o‘rtasida o‘qishning ham zarari yo‘q.
Faqat hech qanday zaruratsiz kechiktirish to‘g‘ri emas. Payg‘ambarimiz (s.a v.) marhamat etadilar:
«Me’roj kechasi jahannam menga ko‘rsatilganda ko‘rdimki, bir guruh kishilarni zaboniylar gurzi
bilan boshlariga urib, ularning miyalarini parchalashmoqda. «Bu shaklda jazolanayotganlar kimlar?»
deya Jabroil alayhissalomdan so‘radim. U zot bu kishilar zaruratsiz namozni kechiktirganlar ekanini
aytdilar». Har namozni kirgan vaqtida yoki o‘rta vaqtida o‘qish kerak. Namozni uzrsiz kechiktirishdan
saqlanish lozim. Namozni vaqtida o‘qimagan kishi savobdan mahrum bo‘ladi. Namozni ba’zan o‘qib,
ba’zan o‘qimagan kishining ham ahvoli qo‘rqinchli. Chunki bu odam namozni jiddiy qabul qilmagan
sanaladi.
Dostları ilə paylaş: