Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
9
marhamat etdilar:
«Bu kishi namozlarida shunday davom etsalar, «yarim» holda ketadilar va hech qanday foyda
ko‘rolmaydilar».
Namoz ya’ni ruknlari joy-joyiga qo‘yilib, amr qilinganidek o‘qilmasa, ba’zi taqiqlarga ko‘ra,
namozlikdan chiqadi. Namozni mazax qilganday bo‘ladi. To‘g‘ri namoz o‘qimagan
kishining dinida xayr
bo‘lmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar.
«Namoz - din ustuni. Uni mukammal o‘qigan dinni mukammal qilgan, uni buzgan dinni buzgan
bo‘ladi. Namoz — mo‘minning me’rojidir».
Ey, farzand!
Namozni yengil-yelpi ish sanamaslik kerak. Botinida, zohirida diqqat-e’tibor
etiladigan muhim
xususiyatlari bor. Namoz namozxonni Parvardigor huzuriga ko‘targuvchidir. Namoz o‘qish Haq
huzuriga chiqish demakdir. Namozda kimning huzurida turganimizni aslo unutmasligimiz, zohiru
botinni tuzatib turmog‘imiz kerak bo‘ladi. Zohiriy tuzatish joyni, libosni,
badanni pok tutish
bo‘lganidek, botinini tuzatish esa, ma’naviy kirlardan tozalanish, turli xayollardan uzilishdir. Eng
yuksak ko‘ngil pokligi — ko’ngilni dunyodan uzishdir. Chunki namoz - izhori dildir. Namoz — roz.
Rozilashishdir. Sirlashishdir. Ko‘ngil forig’ligidir. Namoz — ko‘ngilni poklovchidir. Ko‘ngil
_
Alloh
nazargohidir. Shuning uchun oriflar, so‘fiylar namozdan tashqarida ham ko‘ngilni pok tutadilar.
Namoz
insonni shunday soflikka, musaffolik osmoniga ko‘targuvchi amal.
Ba’zan zohiriy poklikdan botiniy poklikka kelinadi. Ba’zan aksincha, botiniy poklik zohirda namoyon
bo‘ladi, ikkalasining barobar kelishi komillikdirki, bu bilish, tanish bilan bo‘ladi. Allohni tanish haqiqiy
ma’rifatdir. Shuning uchun ham orif — ma’rifatli
insonlar, komil insondir. Namoz shu darajalarga
ko‘targuvchi yoki ko‘tarilish uchun vositadir. Namoz — go’zaldir va go‘zallikdir. Go‘zallikning haqiqati
esa poklikdir. Zohiriy va botiniy poklik.
Alloh taolo Odamni (a.s.) yaratib, maloikalarga unga
sajda qilishni amr etdi.
Barcha farishtalar
amrga muvofiq, Odamga (a.s.) sajda qildilar. Faqat iblis bu amrga qarshi bosh ko‘tardi. Ya’ni sajda
qilmasdan la’natlandi va jannatdan mahrum bo’ldi.
Ma’lumki, unda sajda Odamga (a.s.) edi. Holbuki, kunda besh marta qilinishi kerak bo‘lgan, ya’ni
amr etilgan sajda barcha olamlar Parvardigori Allohgadir, bu esa namoz bilan ado etiladi. U holda
namozini tark etgan bir kimsaning ahvoli Iblisdan battarroq bo‘lmaydimi?! Bundan Allohning O’zi
asrasin!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Namoz ichida o‘qilgan Qur’onning har bir harfiga Alloh ming savob beradi.
Namozdan tashqari,
namozdan so‘ng darhol o‘qilgan Qur’onning har harfi uchun Alloh yuz savob beradi. Namozdan
tashqarida (boshqa joylarda) o‘qilgan Qur’onning har harfiga Alloh o‘n savob bilan mukofotlaydi.
Qur’onni lozim bo‘lganidek tinglagan kishi uchun Alloh har harfiga ming savob berishni
mujdalaydi. Xatm etgan kishining esa har duosi qabul bo‘ladi.
IMOMLIK
Ey, farzand!
Namozda imom bo‘ladigan odam, avvalo, namoz farzlarini, vojiblarini,
sunnatlarini, shartlarini,
odoblarini, makruh va mufsidlarini yaxshi bilishi kerak. Bulardan tashqari, Qur’oni karimni tajvid bilan
o‘qishi va balog‘atga yetgan bo‘lishi imom uchun zarur bo‘lgan shartlardandir.
Izn berilmaguncha musofirning uy egasiga imomlik qilishi joiz emas.
Hech qanday sabab bilan vaqti kirgan namozni kechiktirmaslik kerak.
Imom bo’ladigan kishining kiyinishi diqqatni chalg‘itmasligi, toza, oddiy va odatiy bo‘lishi kerak.
Ey, farzand!
Imomlik jamoat tomonidan qabul qilinmagan kishi imomlik qilmasligi kerak. Jamoat istagan kishi
esa bundan qochmasligi lozim.