BIRINCHI BO’LIMGA KIRUVCHI ODOBLAR
EY, FARZAND!
Odob bir necha ko‘rinishga ega. Inson avvalo kiyinish odoblarini yaxshi bilmog‘i lozim. Shuningdek
eshik ochish, hojatini o‘rinlatish, tozalanib hojatxonadan chiqish, tahorat olib, masjidga borish, namoz
o‘qish, masjiddan chiqish va uyiga yoki ish joyiga kirish, odamlar bilan uchrashish kabi odoblarga ham
rioya etishi kerak.
Rajab, sha’bon va ramazon oylariga xos odoblar bilan birga qo‘l, oyoq, til, quloq va tanosil
a’zolariga tegishli odoblarni saqlash ham zarur.
Qo‘ni-qo‘shni haqlari, muhtojlarning ehtiyojlarini qondirish, bozor-o‘charga borish, qarz olish-
berish, olimlarni, oriflarni, murshidlarni ziyorat etish, ularning majlislarida qatnashish odoblari ham
bor.
Kiyinish, yurish-turish, kimlarga qanday qarash, kimlarga qaramaslik, qanday suhbatlashish,
mehmon qabul qilish va mehmon bo‘lish odoblari, taomlanish va taomlantirish odoblari, qir-adirda,
Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
tog‘u toshda va istirohat maskanlarida bo‘lish odoblari, safar va musofirlik, xasta zisrati, er-xotin
munosabatlariga tegishli odoblarini bilib, ularni saqlash kerak.
Dostları ilə paylaş: |