DINIY BIRODARLIK AHAMIYATI
Ey, farzand!
Ma’naviy qardoshlik, diniy birodarlikka xizmat qilib, birodarlarni sevintirmoq — ulug‘ fazilatdir. Bu
haqda Payg‘ambarimizning (s.a.v.) muborak so‘zlari bor:
«Dunyoda mo‘min qardoshini, birodarini sevintirgan kishini Alloh mahshargohda sevintiradi».
Bu haqda bir hadisi shariflarida Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat etadilar:
«Bir kishi begunoh bir bolani sevintirsa, Alloh o‘sha kishining shirkdan tashqari barcha gunohlarini
kechiradi».
Qo‘ldan kelgancha mo‘min birodarga yordam berib, sevintirish kerak. Mo‘min qardoshining ishini
bitirgan kishining dunyoda o‘n, oxiratda oltmish muhim ishini Alloh bitkazadi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Mo‘min birodarining bir aybini bekitganni Alloh oxiratda barcha ayblarini mahshar xalqidan
bekitib, yashiradi. Insonlarni mahjub (uyalish, xijolat) bo‘lishdan qutqargan kishilarni Alloh taolo
oxiratda xijolat va rasvo bo‘lishdan qutqaradi».
Ey, farzand!
Mo‘min umri mobaynida xayrli va yaxshi ishlar qilishda davom etishi lozim. Bu haqda Rasululloh
(s.a.v.) marhamat etadilar:
«Alloh huzurida eng sevimli ibodat bilib va davomli qilingan ibodatdir».
Davomli va shuurli qilingan amal insonni asl maqsadiga yetkazadi!
Dostları ilə paylaş: |