13
2-§.Jahon psixologiyasida motiv va motivatsiya muamosi.
Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y bermaydi.
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqyei
ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs
xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada
“motiv”
va
“motivasiya”
tushunchalari ishlatiladi.
“Motivasiya”
tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va
mazmunga ega.
Motivasiya
– inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va
faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu
tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi,
ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat yo’lida?”
degan savollarga javob qidirish – motivasiyani qidirish demakdir. Demak, u
xulqning motivasion tasnifini yoritishga olib keladi.
Hozirgi zamon psixologiya fanida “motivatsiya” termini psixologik
yangilanishlar, o‘zgarishlar, holatlar, jarayonlar yig‘indisini umumlashtiruvchi
tur(jins) tushunchasi sifatida qo‘llaniladi. Motivatsiya hayotiy muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlarga, jismlarga xulq-atvorni
yo‘naltiruvchi qo‘zg‘atuvchi tariqasida baholanishi mumkin. Chunki u pirovard
maqsadga yo‘nalganlikni, tanlovchanlik, fikr yuritishdagi g‘arazgo‘ylikni
aniqlovchi psixik aks ettirish, shuningdek, uning yordami bilan faollikni
boshqarish holati tasavvur qilinadi. Motivatsiyaning keng ko‘lamda bunday talqin
qilinishi uni turmushda odamlar tomonidan bevosita shunday tushunishga mos
tushadi. Omma nima uchun jonli mavjudod aynan shunday xatti-harakatni amalga
oshiradi, nega boshqacha yo‘sinda ish tutmasligini izohlash imkoniga
ega.Boshqacha so‘z bilan aytganda, ushbu psixologik voqelik negizida xulq-
atvorning sababiy shartlanganlik omili yotadi.
Motivatsiya mahiyati bo‘yicha bildirilgan yuqoridagi fikr-mulohazalarga
unga berilgan umumlashgan tariflar mutlaqo mutanosibdir:
1)
Rubinshteyn S.L.: “Motivatsiya- bu psixika orqali amalga oshuvchi
determinatsiyadir”
14
2)
Madsen K.B. “Motivatsiya bu xulqqa yo‘naltirilgan, qo‘llab
kuvvatlovchi, qo‘zg‘atuvchi omillarning yig‘indisidir”.
Yuqoridagi keng ko‘lamli ta’riflar motivatsiya doirasining mavhumligi,
shartligi, rasmiyligi va nisbiyligidan dalolat beradi. Shuningdek, ta’riflarning rang-
barangligi motivatsiya mohiyatiga kiruvchi, unga taalluqli muhim tushunchalarni
ajratib olishga imkon beradi.Ko‘rinib turibdiki, har xil kontekstli yondashuvlar
“motivatsiya” tushunchasining (tuzilmaviy, definitsiya mohiyati) muayyan tarkibiy
qismlarga ajratishni qiyinlashtiradi. Xuddi shu bois unga berilgan xilma-xil
ta’riflar, bizningcha, rasmiyatchilik, shartlanganlik nuqtai nazaridan amalga
oshirilgan psixologik voqelikka o‘xshab ketadi. Hatto jahon psixologlari
“motivatsiya” tushunchasini “talab”, “intilish”, “qo‘zg‘ovchi”, “ehtiyoj”,
“zaruriyat” kabi atamalar bilan almashtirishga harakat qiladilar. Bunday
yondashuvlar, qarashlar, pozitsiyalar mavjudligi ta’riflarning xilma-xilligini
keltirib chiqaradi. Buning natijasida motivatsiyaning ma’noviy va shakliy jihatlari
orasidagi munosabatda chigalliklar yuzaga keltiradi. Lekin psixologiya
kategoriyalarining “ichki regulyator nuqtai nazaridan” tadqiqoti, ularni
ma’lumotlar bilan boyitish, yangi psixologik xususiyatlari va qirralarini ochish har
qanday cheklanish yoki cheklanganlikni inkor etadi. Shuning uchun motivatsiyaga
taalluqli terminlarni qo‘llash maqsadga muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qilsa, u
holda qat’iy qabul qilingan, saralangan tushunchalardan foydalanishga imkon
tug‘diradi.Motivatsiyaga oid tushunchalar, atamalar, terminlar turlicha ma’noda
qo‘llanilishi bir tomondan uning yangi xususiyatlari yoki sifatlarini ochishga
xizmat qilsa-da, lekin ikkinchi tomondan ilmiy izlanishlarda muayyan darajada
qiyinchiliklarni vujudga keltiradi.Ushbu psixologik voqelik o‘ta munozarali omil
sifatida talqin qilishga arziydi.
Sobiq ittifoq psixologi A.N. Leontev motiv, motivatsiya to‘g‘risida turlicha
yondashuvlar, nazariyalar, ta’riflar mavjud ekanligiga e’tiroz bildirib, bu haqda u
shunday mulohaza yuritadi: “Motiv” termini qo‘llanishida shu darajada xilma-
xillik mavjudki, balki ularni tartibga keltirishning iloji ham yo‘qdir. “Motiv”
terminini shu yo‘sinda qo‘llanilishi shunday ta’sirot qoldiradiki, go‘yoki “motiv”
15
tushunchasi turlicha ashyolar joylashtirilgan katta qopga aylanib qolganga
o‘xshaydi. Motivlar yoki motivlashtiruvchi omillar qatoriga, jumladan ishtaha,
mayl, impuls, odat, malaka, xohish, his-tuyg‘ular, qiziqish, maqsad, hattoki yanada
yaqqolroq motivlar, masalan, elektr toki bilan qitiqlash, huzr-halovat yoki
mamnuniyatni sezish, o‘ziga bino qo‘yishlik, maosh, ideallar kiritiladi (kitob:
Ehtiyojlar, motivlar va emotsiyalar, M., 1971, 14-bet).
Insonlarga aloqador motiv va motivatsiya tushunchalari qo‘zg‘atuvchilar va
qo‘zg‘ovchilarning barcha turlarini o‘z ichiga oladi, chunonchi, motivlar,
ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va
boshqalar. Motiv va motivatsiya keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi sifatida
belgilanishiga qaramay, ko‘pgina tadqiqotchilar ularni juda tor ma’noda tadqiq
qilib, ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki izlanuvchilar shartsiz reflektor
aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni ularning tizimiga
kiritadilar. Bir qator psixologlar motiv va motivatsiyani energetik; ma’noviy
tomonlarini o‘zaro solishtiradilar, tadqiqotchilar ularni tub ma’nodagi energetik
bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, ma’noviy va ma’naviy
jabhalarni hisobga olmay turib tushuntirishga intiladilar.
Sobiq ittifoq psixologiyasida motiv va motivatsiya tizimi inson hayoti va
faoliyatiga uzluksiz ravishda yo‘naltirilgan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan
boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushuniladi. Jumladan, S.L.Rubinshteyn
motivlashgan tizimning inson borliqni aks ettirishdagi rolini ko‘rsatib,shunday
mazmundagi mulohazalarni ta’kidlab o‘tadi: birinchi bo‘lib kuzatish ob’ektlari
emas, balki ehtiyoj ob’ektlari va shaxs xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan
ustanovkalarning faollikka oid o‘ziga xosligi ham shunday tuzilishga ega va u o‘zi
xohlagan borliq elementlari va holatini belgilashga xizmat qiladi. Ularning
fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivatsion xususiyatini ko‘rsatib
o‘tishning o‘zi kifoya. S.L.Rubinshteyn “ong- bu faqatgina aks etish emas, balki
insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir” deb yozadi.
S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko‘rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko‘p
qirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi,
16
kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulq-
atvorini psixologik jihatdan tushuntirishda qo‘zg‘atuvchilar (qo‘zg‘ovchilar)ni turli
bosqichlarda o‘zaro murakkab bog‘liqlikda olib qarash, ko‘rish lozim, deb
ta’kidlaydi. Bizningcha, bu ko‘p bosqichli tuzilma boshqaruvning anglanilgan
bosqichi singari anglanmagan motivatsion tendensiyalarni o‘z ichiga oladi.
Sobiq ittifoq psixologlari motiv va motivatsiya tuzilishining bosqichli
konsepsiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga tayanganlar:
1)
ongning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan inson xulq-atvorini
boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi;
2)
ontogenezda shaxsning individual shakllanish jarayoni bo‘lmish
genetik dalillarga asoslanganligi va hokazo.
Motiv va motivatsiya tuzilishini genetik bosqichda tarkib topish ehtimolini
tahlil qilish natijasida ularning sodda bir bosqichli tizimlardan murakkab, ko‘p
bosqichli yuksak darajaga o‘sib o‘tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan
yaqqol ko‘rsatib beriladi. Umumlashgan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, motiv va
motivatsiyaning tuzilishi muammosini tadqiq etilishi tufayli ularning dinamik va
ma’noviy jabhalari birligi prinsipidan kelib chiqilish maqsadga muvofiq. Motiv va
motivatsiya tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e’tiborni
ularning mazmuniy jihatini alohida ko‘rsatishga ma’noviy tomonlarining
birlamchiligini belgilashga qaratiladi.
Inson xulq-atvor motivi va motivatsiyasi tuzilishini, ularning asosiy
funksional mexanizmlarini hamda shakllanish jarayoniga yo‘naltirishning strategik
rejasini ishlab chiqish muammosini psixologik jihatdan tushuntirish uchun
individning psixik rivojlanishi tahliliga o‘ziga xos ravishda taktik yondashish
maqsadga muvofiq.
SHaxs motivlari va motivatsiyasi oqimi muammosi uning ham metodologik,
ham nazariy munosabatlarni tekshirish demakdir. CHunki to hozirgi davrgacha
sobiq ittifoq psixologiyasida ularning ko‘pgina qismlari, tomonlari o‘z echimini
topa olmagan.
17
Uzoq xorij psixologlari orasida “biologik ehtiyojlar asosida inson motivlari
yotadi”, degan qarashlar majmuasi keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda.
CHunonchi, AQSHlik B.Damellning fikricha, to‘qimada vujudga kelgan ehtiyojlar
qo‘zg‘atuvchining asosiy manbai hisoblanadi.Mazkur g‘oya yuzasidan mulohaza
yuritgan Danlen esa “qo‘zg‘alish biologik to‘qimalardan chetga chiqmaydi”, degan
fikrga qat’iy ishonadi.Gilfordning ta’kidlashicha, faollikning birlamchi manbai
ovqatdan iboratdir.Lekin muallif o‘z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi. Ushbu
vaziyatni
baholashda
psixologik
muammolar
oqimi
bilan
motiv
va
motivatsiyalarning biologik oqimi o‘rtasida yuz beruvchi o‘zaro o‘rin
almashishning sodir bo‘lishini mulohaza doirasidan tashqari chiqmasligi lozim.
Chunki biologik shartlangan reja faollik manbai o‘zaro o‘rin almashish jarayonlari
assimilyasiya va dissimilyasiya sifatida namoyon bo‘ladi. Holbuki biologik
holatlar psixik jarayonlarning moddiy asosini tashkil qiladi. Xuddi shu bois ular
birlamchi manba va psixik faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi.
Jahon psixologiyasi fanida motivatsiyaning keng ko‘lamda o‘rganilishi
natijasida u mazmun, ma’no, mohiyat jihatdan yanada kengaydi, original nazariy
va amaliy materiallar bilan boyidi. Shuning bilan birga motivatsiya bir qancha
mustaqil yo‘nalishlarga parchalanib ketishi tufayli uning tadqiqot predmeti
quyidagilarga qaratila boshladi:
A) jabhalarga(ma’noviy, dinamik tomonlarga),
B) darajalarga (ijtimoiy, biolog, tag zaminiy),
V) mexanizmlarga (mustahkamlash, yordam ko‘rsatish, siqib chiqarish va
hokazolarga).
SHunday qilib, inson xulk atvorining determinatsiya qiladigan sabablar
majmuasi hozirgi zamon motivatsiya psixologiyasi o‘rganadigan u yoki bu
munosabatni o‘zida aks ettiruvchi, o‘ziga hos jabhalari va darajalarini bevosita va
tag-zamin, genetik va vaziyatli, to‘g‘ri va teskari atamalar bilan nomlash
imkoniyatini vujudga keltirdi.
18
Rus psixologiyasi fanida motiv va motivatsiya muammolari o‘rganilishi
Motiv va motivatsiya muammolarini tadqiq etishda rus va sobiq ittifoq
psixologlari
o‘zlarining
munosib
hissalarini
qo‘shganlar,
jumladan,
K.D.Ushinskiy,
I.M.Sechenov,
I.P.Pavlov,
V.M.Bexterev,
A.F.Lazurskiy,
V.M.Myasishchev,
A.A.Uxtomskiy,
L.S.Vigotskiy,
S.L.Rubinshteyn,
A.N.Leontev, P.M.YAkobson va boshqalar.
XX asr boshlarigacha bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy davrning eng muhim va maxsus
tadqiqoti L.I.Petrajitskiyning “Inson xatti-harakati motivlari to‘g‘risida” nomidagi
Peterburg universitetida tayyorlagan ilmiy ishi hisoblanadi(1904). O‘z izlanishida
muallif motivatsiyaning ilmiy nazariyasini yaratish g‘oyasini ilgari surish bilan
birga uning psixologiya va boshqa fanlar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb
etishini ta’kidlab o‘tadi. Uning mulohazasicha, shaxs fe’l-atvorini oqilona baholash
uchun motivatsiyani hisobga olmaslik aslo mumkin emas.Xuddi shu bois u mazkur
davr uchun huquqshunoslik (huquqni tushunish) motivlari masalasini o‘rganish
ijtimoiy zaruriyatligini qayd qiladi.Motivlar hal qiluvchi, harakatlantiruvchi
mexanizm ekanligini ta’kidlaydi. SHunga qaramasdan, L.I.Petrajitskiy inson va
uning motivatsiyasi muammosini psixologizatorlik pozitsiyasidan turib tahlil qiladi
hamda sharhlaydi, lekin bu psixologik voqelik muallifning ilmiy chekinishi emas,
albatta.
O‘z zamonasining buyuk eksperimentatori A.F.Lazurskiy (23) psixik
jarayonlar va shaxs xususiyatlarini tadqiq etayotganida motivlar masalasiga
qiziqish bilan yondashadi. Buning uchun muallif o‘z izlanishlarida “mayllar va
xohishlar kuchi hamda zaifligi”, “motivlar kurashiga moyilligi”, “motivlar
muhokamasiga tortilganligi”, “xohishning qadriyatga ega ekanligi, aniq
xususiyatliligi” singari kontekstlar orqali o‘rganishga intiladi. SHuning bilan birga
A.F.Lazurskiy intilish rivojining darajasi ongli irodaviy zo‘r berish bilan bog‘liq
ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi.Xuddi shu bois u shaxsning tadqiqot dasturida
bunday munosabatlar tizimiga keng o‘rin ajratadi. Muallif o‘zining izlanish
dasturida shaxsga ijtimoiy nuqtai nazaridan yondashishga harakat qilgan, lekin
masala
endopsixika
va
ekzopsixika
nazariyalariga
asoslangan
holda
19
tushuntirganligi tufayli insonning ijtimoiy psixologik mohiyati, shaxsning biologik
hamda ijtimoiy shartlangan jabhalari birligi, uyg‘unligi o‘z ilmiy ifodasini
topmagan. Natijada uning mulohazalari mexanitsizm va biologizatorlik qobig‘i
bilan aralashib ketish holati mavjudligi sababli muallifni tub ma’nodagi
ilmiylikdan bir muncha uzoqlashtiradi.
CHet el psixologiyasida motivlar va motivatsiyani o‘rganishga bag‘ishlangan
qator materiallar mavjud bo‘lib,ular jahon psixologiyasiga katta hissadir. Hozirgi
davrda chet el psixologiyasida o‘ttizga yaqin konsepsiyalar, nazariyalar ishlab
chiqilgan, ularning aksariyati hayvonlar va odamlar xulq motivatsiyasiga
bag‘ishlangandir.
/arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza,Gobbs, Dekart
asarlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik,
introspektiv,
bixeviorizm,
geshtaltpsixologiya,
psixoanaliz
psixologiya
maktablarining namoyandalari keng ko‘lamda shug‘ullanganlar(U.Djeyms,
E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar).
Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining
javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi(A+SH). Jahonga mashhur bo‘lgan
“Stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan bixevioristlar instinktiv xulq motivini
insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda ko‘chirishni anglatib keladi. Ularning
talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo‘lib, tashqi qo‘zg‘atuvchi
“stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga keladi.
Bixeviorizmning asoschisi Dj.Uotson psixologiyaning asosiy vazifasi xulqni
tadqiq qilishdan iborat deb tushuntirishga harakat qildi. U psixik holatlarni
tekshirishdan voz kechib, xulqni ichki va tashqi shakllarga ajratdi va ular stimul
bilan javob sifatida bevosita o‘zaro bog‘langandir. Muallif uchun “xulq” asosiy
tushunchaga aylanadi, buning oqibatida uning psixika bilan aloqasi odatiy narsa
deb baholanadi.
Bixevioristlarning fikricha, psixologiyaning predmeti psixika emas, balki
reaksiyalar majmuasi bo‘lmish xulqdir. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni
tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida qaraydilar, tana a’zosining ichki quvvatini
20
faollashtiradi deb tushunadilar. Neobixevioristik konsepsiyalarda yangi turtki
(qo‘zg‘ovchi) larning paydo bo‘lishi (drayv) insonning organik ehtiyojini
qondirishninng stimul natijasi bilan muvofiqlashuvi tariqasida talqin qilinadi.
V.M.Daugall Darvinning biologik determinizm ta’limotini vulgarlashtirib,
motivatsiyani tug‘ma xususiyatini asoslashga, tug‘ma instinkt bilan uni
qiyoslashga intiladi. Buning uchun muallif oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 ta inson
instinktlari hukm surishini ajratib ko‘rsatadi va ularni sharhlab beradi. Uning
karashlari o‘zgarishga yuz tutgan bo‘lishiga qaramay, bu sohaga oid talqinlar
qolaverdi, bunga instinkt energiyasi tug‘maligi, impulsivligi g‘oyalari bixevioristik
konsepsiyadan tashqariga chiqishga imkon bermaydi.
Psixoanalitik konsepsiya bixeviorizmdan farqli o‘laroq, motivatsiyaning
negizida insonga xos bo‘lgan mayllar yotishini tan oladi. Buning manba sifatida
maylni tortuvchi tana a’zosining qaysi bir qismidagi somatik jarayon tushuniladi.
Freyd nazariyasida mayl bilan instinkt alohidaligi ko‘rsatib o‘tilmagan, bu esa
o‘ziga xos yondashuvdir.
Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq ehtiyoji va motivlari
muammosini ishlab chiqqan bo‘lib, uningcha, motivatsiya manbai tur va
individning saqlash instinkti hisoblanadi. Bizningcha, insonning ijtimoiy tabiati,
uning ijtimoiylashuvi nuqtai nazaridan yondashishni talab etsa, u holda ongsizlik
va onglilik munosabati o‘zaro bir-birini taqozo qiladi.
Motivatsiyaning talqini geshtaltpsixologiya maktabida o‘ziga xos xususiyatga
ega.Jumladan, K.Levin motivlarni eksperimental o‘rganish metodikasini ishlab
chiqqanda ularni mutlaqo mustaqil hukm suradi, degan fikrga keladi.
Geshtaltpsixologiyasida obraz kategoriyasi qanday tushunilgan bo‘lsa, K.Levin
o‘zining “maydon (makon) nazariyasida” motivni xuddi shunday kategoriya
sifatida qo‘llaydi. Obraz bilan motivni o‘zaro aloqasi inkor qilinadi, vaziyatning
jismli ma’noviy mazmuni va uning doirasidagi motivatsiya tan olinmaydi. Muallif
xulqni tushuntirganda, shaxsning favquloddagi vaqt mikrointervalida yaqqol muhit
bilan bevosita munosabatidan kelib chiqadi.Xulqning shaxsga oid konstatlari
hamda shaxsning xususiyatlari inobatga olinmaydi.Xuddi shu bois motiv
21
kategoriyasidan shaxs kategoriyasiga o‘tish muammosi aslo amalga oshirilmaydi.
K.Levin Z.Freyddan farqli o‘laroq, “organizm-muhit” tizimi bo‘yicha motivlarni
tajribada tekshirib, mavjud ta’limotni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Uning
nazariyasida motivatsiya tug‘ma va egallangan (o‘zlashtirilgan) ikki xil ko‘rinishga
ega bo‘lib, uning birinchisi hayvonlarga, ikkinchisi esa insonga taalluqlidir. Ushbu
talqin bahsli fikrlar uyg‘otishga moyil.
E.Tolmen xulq aktida motivning roli dominantligini dalillash uchun
bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, freydizm nazariyalarini birlashtirib, ularga
introspeksiya prinsiplarini kiritib mulohaza yuritadi. Lekin sub’ektivizm
holatlarining o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalar bahsbopdir.
G.Ollport o‘z asarida personalistik yo‘nalishning namoyandasi tariqasida
inson motivatsiyasi mohiyatini ochishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni tatbiq
etish g‘oyasini ilgari suradi.Uning o‘zini o‘zi namoyon qilish nazariyasida shaxs
motivatsiya sub’ekti tariqasida tahlil, talqin qilinadi. O‘zining shaxs konsepsiyasini
bayon qilishda uni “ochiq tizim” sifatida talqin qilib, motivatsiyaga undovchi
doirada motivning quyi (biologik ehtiyoj) va yuqori (rivojlanish) darajalariga
ajratadi.
Ollportning nazariyasi motivatsiya rivojiga qo‘shilgan muayyan hissa bo‘lib
sanaladi. Motivatsiya mohiyatini yoritishda shaxsga qaratilgan yo‘naltirilgan
yondashuvni asoslab berish uchun motiv shaxsda o‘zak ekanligini ta’kidlaydi,
lekin ularning ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan aloqasi mavjudligini diqqat-
e’tibordan chetda qoldiradi.
E.Daffi o‘zining xulq motivatsiyasini faollashtirish nazariyasida, jumladan,
“Xulq aktivatsiyasi” asarida bixevioristlar ichida birinchilardan bo‘lib, motivatsiya
muammosini tadqiq qilish g‘oyasini ilgari suradi. Ushbu nazariya xulq
yo‘nalganligi (xulqning faollik) orqali ifodalanishi mumkin. Xulq intensivligi va
uning aktivatsiyasi darajasini o‘rganishda bosh miya po‘sti bilan sklet muskullari
funksiyalari o‘rtasida korrelyasion munosabatlar indikatorlar sifatida qabul
qilinadi. Daffi faollik bilan stimul o‘rtasida moslik borligi yoki moslik yo‘qligi
muammosini tekshirishga intiladi.Uning fikricha, stimul bilan reaksiya bilish bilan
22
faollashish jarayonlari o‘zaro o‘rin almashib turadi. Muallifning asosiy maqsadi
motivatsiyani aniqlash uchun aktivatsiya va uning yo‘nalishini ham tekshirishdan
iboratdir. Xulk aktivatsiyasi bo‘yicha motivlar masalasiga birinchi marta fiziologik
yondashuv amalga oshirilgan.
D.Bindra o‘zining motivatsiya nazariyasini yaratishda B.Skinnerning
bixevioristik, D.Xebbning fiziologik konnsepsiyalaridan foydalanadi.“Motivatsiya-
sistematik
reinterpretatsiya”
nomli
kitobida
uni
erishgan
yutuqlari
umumlashtirilgan.D.Bindraning
tasdiqlashicha,
xulk-odatning
kuchi
bilan
aniqlanadi.Odatda retikulyar formatsiyadan kelayotgan aktivatsiya darajasiga,
miyaga boruvchi qonning fiziologik tarkibi ta’sir qiladi. U motivatsiyani fiziologik
tushuntirib berish bilan birga unga ta’sir etuvchi sub’ektiv jabhalarni (ichki
stimullar va xulqning o‘zlashtirilgan kodlarini) ham ta’kidlab o‘tadi.
D.Bindra motivni ochlik, seks, o‘yin, qo‘rqinch tuyg‘ulari bilan bog‘lab
o‘rganadi. Olingan natijalarga asoslanib, u xulqni ikki shaklga ajratadi: vaj-
sababga asoslangan va maqsadga yo‘naltirilgan. Bizningcha, motivatsiyaga
organizm funksiyasi(fiziologik holat) shunchalik katta ta’sir o‘tkazishi to‘g‘risida
mulohazalar o‘ta bo‘rttirilgandir. CHunki har qaysi xatti-harakat oldida maqsad,
motiv turadi, shuning uchun ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish ham adolatdan
emas, albatta.
D.Berlaynning
motivatsiya
nazariyasi
natijalari
“Nizo,
faollashish,
hayratlanish”, “Tafakkurni tuzilishi va yo‘nalishi” kabi asarlarida joy olgan.
Muallif motivlar mohiyatini ochishda ehtiyojga bevosita murojaat qiladi va uni bir
necha xil ma’noda talqin etadi. Birinchidan, ehtiyoj- bu faollik va faoliyat
darajasini aniqlovchi shart-sharoit (energetik tasnif yoki ehtiyojning energetik
samarasi). Ikkinchidan, ehtiyoj- bu aniq javoblarga yordam beruvchi ichki holat
yoki ularning tanlovchiligini (selektivligini) aniqlovchi.Uchinchidan ehtiyoj- bu
mukofot olishga aloqador sharoit mazmuni.Muallif motivatsiyaning murakkab
psixofiziologik sxemasini yaratadikim, bunda ehtiyoj organizm javoblarini
aniqlashga xizmat qiladi (u tuzilmaviy birlamchi qo‘zg‘atuvchi bilan potensial
uzviy aloqadadir).
23
Turli xil axborot va ma’lumotlar shaxs tomonidan qabul qilinadi yoki qabul
qilinmaydi, mabodo qabul qilinmasa, u taqdirda kognitiv dissonans vujudga keladi.
Festinger motivatsiyani insonni qurshab turgan borliqni bilish bilan aloqada
uyg‘unlik
tarzda
olib
qaraydi.
Uning
dalillashicha,
dissonantlar
(nomutanosibliklar) mavjud bo‘lganida dissonans holati vujudga keladi, konsonant
holatida (munosiblik) esa namoyon bo‘lmaydi.
Festinger nazariyasining an’anaviy bixevioristik sxemadan farqi shundaki, u
motivatsiyani bilish, kognitiv jarayon bilan uyg‘unlikda tadqiq qiladi.
V.Kettellning motivatsiya konsepsiyasi o‘ziga xosligi bilan boshqa
yondashuvlardan ajralib turadi. O‘zining ilmiy imkoniyatlarini u “SHaxs va
motivatsiya”, “Tuzilma va o‘lchash”, “Motivatsiya nazariyasi”, “SHaxsning ilmiy
tahlili” singari asarlarida sinab ko‘rgan. Muallif aksariyat intellektual faoliyatini
test ishlab chiqish jarayoniga bag‘ishlagan.
Uning tasdiqlashicha, xulq- bu organizm va tashqi ta’sirning natijasidir. Inson
xulqini tahlil qilayotib, u qobiliyat, temperament, dinamik qiyofa (xulqning
faolligi, kuchi) ga ajratadi. Tizimning oxirgisi ergik ehtiyojlar (tug‘ma reaksiyalar
omillari) va sentimentlar (o‘zlashtirilgan, o‘rgatilgan reaksiyalar) tarkibiga kiradi.
Kettell taklif qilgan sxema shaxsni quyidagi darajalarini o‘ziga qamraydi:
munosabatni qamrovchi “hissiy” (xotinning prichestkaga, biznesga, do‘stlariga,
prezidentga, cherkovga), “Sentimentar” (xobbiga, vataniga, siyosatga, partiyaga,
xudoga), “Ergik” (taajjublanish, ochlik, tashnalik, g‘azablilik) holatlar.
Xulqning motivatsion tarkibi temperament tuzilmasi bilan temperament va
hissiyotlar bilan aloqadordir. “Ergik” (erg- grekcha – ish, quvvat) daraja instinktga,
zaruratga, ehtiyojga qarama-qarshi qo‘yiladi. Erg – motivatsiyaning o‘zgaruvchan
tasniflovchisi. Ergik zo‘riqish, uning darajasini stimul va individning xususiyati,
fiziologik holat, ideallar va boshqalarni aniqlaydi. Uning mulohazasicha, motiv-
rag‘batlantiruvchi ehtiyojdir. Kettell o‘zining motivatsiya nazariyasida ijtimoiy va
biologik jabhalarni, fiziologik va psixologik tomonlarni birlashtirishga harakat
qiladi. Biroq u ijtimoiy omilni aniqlovchi mezon sifatida ajratib ko‘rsatmaydi.
24
Binobarin, inson ehtiyojlari determinirlashganligini hisobga olmagan holda uni
talqin qiladi.
I.Atkinson va K.Berchlarning motivatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlari “Erishuv
motivlari” kitobida o‘z ifodasini topgan. Ular o‘z nazariyalarini “aksiltarixiy” va
“aksilfiziologik” deb nomlaydilar. Jumladan, Atkinson motivatsiyaning bir nechta
“tillar” ga ajratadi; eksperimental, neyrofiziologik, bixevioristik (xulqiy),
matematik.
K.Levin va E.Tolmen qarashlariga asoslangan Atkinson xulqini ikki
o‘zgaruvchidan iborat deb qaraydi: a) nimanidir kutish; b) motivga aylanuvchi
qadriyat, unga erishishning o‘zi- bu erishuvga muhtojlidir.
Atkinson bilan Berch nazariyasining yangiligi shuki, unda reaksiyalar tahlil
qilinishi o‘rniga harakatlar, shu jumladan, verbal harakatlar tadqiq etiladi.Ta’sir
etuvchi stimullar motivlar, ularning ahamiyatliligi, baholanishiga bog‘liq holda
qaytadan barpo qilinadi.Bu narsa harakatning tasnifi, samarali holatlarini aniqlash
uchun xizmat qiladi. Mualliflar xulqning ijtimoiy determinatsiyasini tan
olmaydilar.
Jahonda
mashhur
ilmiy
yondashuvlardan
biri-
bu
A.Maslouning
motivatsiyaning “personologik” konsepsiyasidar. U o‘zini gumanistik psixologiya
yo‘nalishining namoyandasi deb hisolaydi, shuning uchun bixevioristlarga va
ekzistensialistlarga qarshi kurashuvchi “uchinchi kuch” ekanligini ta’kidlaydi.
“Motivatsiya va shaxs” kitobida “SHaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish” qarashlar
rivojlantiradi.Individning uzluksiz kamolotga intilishini u etakchi motiv
baholaydi.Bu bilan muallif ijtimoiy determinatsiyani inkor qiladi.
Maslouning fikricha, motivlarni aniqlovchi, bir necha darajalardan tashkil
topgan ehtiyojlar mavjuddir. Xulq ehtiyojlar va qobiliyatlarga bog‘liq bo‘lib, u
ichki va tashqi motivlar bilan belgilanadi.
Muallif tomonidan ehtiyojlarning quyidagi darajalari ajratib ko‘rsatiladi:
birnchi daraja – fiziologik – ozuqaga, suvga, gomeostazni saqlashga nisbatan
ehtiyoj; ikkinchi daraja – ozodlikka , xavfsizlikka nisbatan ehtiyoj; uchinchi daraja
25
– sevgi (muhabbat)ga nisbatan ehtiyoj; to‘rtinchi daraja – maqsadga, erishuvga
yo‘naltirilgan ehtiyoj; beshinchi daraja o‘zini o‘zi faollashtirishga nisbatan ehtiyoj.
A.Maslouning ta’kidlashicha, yangi ehtiyoj yuqoridagi ehtiyoj darajalarining
barchasi qoniqtirilgandan keyingina paydo bo‘lishi mumkin. Ularning ichdan eng
yuqorisi – bu o‘zini o‘zi faollashtirishdir.
Mazkur nazariya jamiyat va shaxs ikki parallel ravishda hukm suruvchi
mohiyat
degan
tushunchadan
kelib
chiqishiga
qaramay,
unda
shaxs
antropologizirlashtiriladi hamda psixologizirlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiyligi tan
olinsa-da, ammo biologik xususiyatga aloqadorligi birlamchi belgi sifatida
qolaveradi. O‘zini o‘zi faollashtirish qobiliyati esa, uning mulohazasicha,
qandaydir tabiiylik alomati tariqasida baholanadi.
SHunday qilib, biz yuqorida xorijiy psixologlarning motivatsiya muammosiga
bag‘ishlangan tadqiqotlari natijalari bilan tanishib chiqdik.Aksariat mualliflar
shaxsni biologizirlashtirishga intilishganliklari tufayli uning faollik manbalarining
oddiy turtkisi bilan tenglashtiradilar. Go‘yoki oddiy instinktlar, reflekslar inson
xulqining tarkibiy negizlari bo‘lib hisoblanadi. Bu talqinga binoan ular motivlarni
maqsadga muvofiq shakllantirish imkoniyatini rad qiladilar, motivatsiya ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarishga yuz tutishini inobatga olinmaydi. Natijada
xulq motivlari ijtimoiy shartlanganligi, ularning ijtimoiy xususiyati tadqiqotlarning
diqqat markazidan va idrok ko‘lamidan chetda qoladi.
Dostları ilə paylaş: |