30
II. 2-
§.Motivatsiya: maqsad, emotsiya va qiziqish
O‘quv motivlari deganda talabalar (o‘quvchilar)ning o‘quv faoliyatining
barcha jabhalariga ichki va tashqi yo‘nalganligi tushuniladi. Psixologiya fanida
o‘quv motivlari ikkita katta tupkumga ajratilgan holda tadqiq qilish an’ana tusiga
kirgan.Hozir ularning mohiyatiga, tavsifiga oid mulohazalar yuzasidan ma’lumot
berishga harakat qilamiz.
I.
O‘quv faoliyatining mazmuni va uni bajarilish jarayonlari bilan aloqador
biluv motivlari.
II. O‘zga odamlar bilan talaba (o‘quvchi)ning turli ijtimoiy o‘zaro ta’sirini aks
ettiruvchi ijtimoiy (sotsial) motivlar.
Birinchi turkumga (guruhga) taalluqli motivlar o‘z navbatida bir nechta
guruhchalarga ajratilib tadqiq qilinmoqda.
1.
Talabalarni
yoki
o‘quvchilarni
yangi
bilimlarni
egallashga
yo‘nalganligini ifodalovchi keng ko‘lamdagi biluv motivlari. Ularning darajalari
bilan bir-birlaridan tafovut qiladilar. Motivning darajasi esa talabaning yoki
o‘quvchining bilishga nisbatan qiziqishini ko‘rsatkichi bilan belgilanadi.
2.
Talabalarning yoki o‘quvchilarning bilimlarni egallash usullarini
o‘zlashtirishga yo‘nalganligini ifodalovchi bilishga oid o‘quv motivlari.
3.
Talaba yoki o‘quvchilarni bilimlarni egallash usullarini mustaqil
ravishda takomillashtirishga yo‘nalganligini ifodalovchi mustaqil bilim olish
motivlari.
Ikkinchi turkumni (guruhni) tashkil qiluvchi sotsial motivlar ham bir nechta
guruhchalarga ajratilgan holda tadqiq etiladi:
1.
O‘qishning, bilim olishning zarurat ekanligini tushunishga, jamiyatga
naf, foyda keltirishga, olamni bilishga intilishdan iborat keng sotsial motivlar.
2.
Obro‘ (nufuz) ortirishga erishishga, atrofdagi odamlarning
ma’qullashiga, ular bilan munosabatga kirishishda muayyan o‘rin va pozitsiya
egallashga intilishda namoyon bo‘luvchi tor doiradagi ijtimoiy (sotsial) motivlar.
3.
Talabaning yoki o‘quvchining sinfda (kursda) o‘z tengdoshlari va
o‘qituvchilar bilan hamkorlik shakllarini uzluksiz ravishda takomillashtirishga,
31
hamkorlikning shakllari usullarini tahlil qilishga, ularni tushunib etishga boshqalar
bilan muomala hamda muloqotda o‘zaro ta’sir o‘tkazish istagida ifodalanuvchi
hamkorlikning sotsial (ijtimoiy) motivlari.
O‘quv motivlarini o‘zaro farqlash jarayonida ularning ma’noviy tavsifida
namoyon bo‘ladi va quyidagi shakllardan tashkil topadi:
1)
o‘qish (ta’lim) o‘quvchiga yoki talabaga shaxsiy ma’no kasb etishi;
2)
talabaning yoki o‘quvchining o‘quv faoliyatida va uning motivning
real ta’sir o‘tkazuvchanligi hamda harakatda bo‘lishi;
3)
motivatsiyaning umumiy tuzilishida motivning tutgan o‘rni;
4)
motivning mustaqil vujudga kelishi va tug‘ilishi; mustaqil bilim olish
jarayonida ichki turtki sifatida namoyon bo‘ladi; unga kattalarni yordam berish
vaziyatida barpo bo‘luvchi tashqi turtki;
5)
motivning anglanganligi darajasi; talabalar va o‘quvchilar har doim
ham o‘z motivlarini anglash imkoniyatiga ega bo‘lmasligi; ehtimol bu qobiliyat
o‘rta ta’lim darajasida paydo bo‘lmasligi mumkin; xuddi shu boisdan
o‘quvchilarning anglamasliklari ularning oshkora qilmasliklari ko‘zga tashlanadi;
6)
motivning o‘quv mashg‘ulotlari shakllariga, o‘quv fan-faoliyatning
barcha ko‘rinishlariga yoyilish darajasi kabilar.
O‘quv motivlari shakllarining xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, ular o‘ziga
xos dinamik tavsiflarni vujudga keltiradi:
1)
ularning eng muhim va asosiy xususiyati – bu barqarorlikdir. Bu holat
shunday ko‘rinishga egakim, bunda u yoki bu motiv har qanday o‘quv
vaziyatlarida uning ko‘pchiligidan etarli darajada faollashuvi bilan ajralib turadi:
2)
motivlar vujudga kelishining shakllaridan biri- bu ularning emotsional
bo‘yoqlarga
ega
ekanligi
yoki
modallikligidir;
psixologiyada
o‘quv
motivatsiyalarining salbiy va ijobiyligi bo‘yicha bir talay materiallar mavjuddir;
salbiy (negativ) motivatsiya deganda talabaning yoki o‘quvchining muayyan
noxushlik va noqulaylikni anglashdan kelib chiquvchi qo‘zg‘atuvchi, ya’ni ularni
shaxs hisobga olmasa vujudga kelishi mumkinligi tushuniladi; ijobiy (pozitiv)
motivatsiya talabaning yoki o‘quvchining ijtimoiy ahamiyatli o‘qish majburiyatini
32
bajarish bilan uzviy aloqadordir, ta’lim jarayonida yutuqlarga erishish, yangi
bilimlarni egallash, ularni o‘zlashtirishning oqilona usullari bilan qurollanish,
atrofdagi shaxslar bilan munosabatlarga kirishish jarayonlarining majmuasidan
iboratdir;
3)
motivlar paydo bo‘lishining boshqa shakllari uning kuchida,
ifodalanishida, vujudga kelish sur’atida aks etadi; ushbu shakllarning namoyon
bo‘lishi ko‘pincha talabani yoki o‘quvchini aqliy mehnat faoliyatida qancha
muddat tura olishi, mazkur motiv yordami bilan topshiriqlarni bajarishning
miqdori bilan bog‘liqdir; chunki motivlarning kechishi, takomillashishi va
mustahkamlanishining xususiyatlari ko‘p jihatdan ularning ma’noviy tomonlari
bilan, chunonchi, dominantligi va harakatchanligiga aloqadordir.
O‘quv motivlarida talaba va o‘quvchilarning maqsadga yo‘naltirilgan
maqsadlari, emotsiyalari va qiziqishlarining o‘rni namoyon bo‘ladi.
Agarda talaba yoki o‘quvchida shaxsiy o‘quv faoliyatining ba’zi
bosqichlarida maqsad qo‘ya olish uquvi mavjud bo‘lmasa, undagi (sub’ektdagi)
motivlar aqliy mehnatni amalga oshirish uchun etarli emasdir. Maqsad-bu talaba
yoki o‘quvchining o‘quv faoliyati tarkibiga kiruvchi ayrim harakatlarni bajarishga
yo‘nalganligidir.Maqsad
shunchaki
o‘zicha,
motivlarsiz
talabaning
yoki
o‘quvchining o‘quv faoliyati va o‘quv xatti-harakatining tartibini belgilab bera
olmaydi.Ammo bemaqsad eng oqilona motivlar ham his-tuyg‘ular, mayllar, turtki
darajasida noaniq qolib ketishi mumkin. CHunki motiv harakat ustanovkasi
mohiyatiga ega bo‘lganligi tufayli izlanish va mazmunini tushunish esa harakatni
real bajarishni ta’minlab turadi.
Xuddi shu sababdan talabaning yoki o‘quvchining motivatsion doirasida
maqsad qo‘ya olishning qaysi tomonlari (jarayonlari) kiritilishi va qanday
ko‘nikmalarga saboq oluvchini (sub’ektni) o‘rgatish muammosi ta’lim (o‘quv
yurti) oldida o‘z echimini kutadi. Mazkur g‘oyani amalga oshirish uchun
quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:
1.
O‘zini o‘zi tarbiyalash (o‘zini o‘zi namoyon etish) qonuni tarkibiga
kiruvchi maqsadlarni saralash (tanlash).
33
2.
O‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadni qabul qilish va uni
tushunish, muallim maqsadini uzoq muddat saqlab turish, unga rioya qilish, o‘z
xulq-atvorini unga itoat qildirtirish.
3.
Maqsadni mustaqil ravishda qo‘ya bilish harakatni amalga oshirganga
qadar uni fikriy jihatdan tasavvur eta olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
4.
Maqsadlar majmuasidan ularning bir nechtasi ichidan faqat bittasini
tanlab olish va saralash jarayonini dalillash.
5.
Real maqsadni noreal maqsad bilan qiyoslash, ularni o‘zaro o‘rin
almashtirish, maqsadga erishishning realligini aniqlash.
6.
O‘z maqsadlarini aniqlashtirish, oydinlashtirish maqsadida faol
tekshirishni amalga oshirish.
7.
Maqsadlarning muayyan izchillikka, ketma-ketlikka ega bo‘lishi.
8.
Maqsadlarning har qaysisiga erishish uchun vaqt va quvvatning
zaxiralari, imkoniyatlaridan foydalanish.
9.
Ezguga erishuv yoki muvaffaq bo‘lish darajasini hisobga olgan holda
yangi maqsadlarni qo‘ya bilish (muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik), oldingi
maqsad natijasi bilan hozirgisini, ya’ni yangisini qiyoslash.
10.
Maqsadni unga bog‘liq bo‘lgan shart-sharoitlar bilan topshiriqning
qo‘yilishi uyg‘unligiga binoan yaqqollashtirish.
11.
Istiqbol maqsadlarini qo‘ya olish, ya’ni mazkur vaziyat mohiyatidan
chiqib keluvchi maqsadni ko‘zlash nazaarda tutiladi.
12.
SHart-sharoitga moslashuvchi, egiluvchan maqsadni qo‘ya bilish,
ya’ni sharoitga, vaziyatga ko‘ra maqsadning o‘zgarishi va amalga oshish
imkoniyati mavjudligi tasavvur qilinadi.
13.
Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun vositalar va usullar
tanlash, maqsadga erishish yo‘lida muayyan to‘siqlarni engib o‘tish.
14.
Original, nostereotip, nostandart maqsadlar qo‘ya olish.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarning barchasi o‘quv faoliyatida
talabalarni yoki o‘quvchilarni maqsad qo‘ya olish (ko‘zlash) qobiliyatining
tarkibiy qismlaridan iborat bo‘lib, mazkur ko‘nikmalar o‘z tabiati va tuzilishi
34
jihatdan turli-tumandir, xuddi shu sababli ularning har qaysisi maqsadni
realizatsiya qilish jarayonida bevosita ishtirok etadi.
Endi o‘quv motivatsiyasida emotsiyaning o‘rni masalasining tahliliga o‘tamiz.
A.N. Leontevning ta’kidlashicha emotsiyalarning o‘ziga xosligi shundaki,
ular
faoliyat
muvaffaqiyatining
imkoniyati
bilan
motivlar
o‘rtasidagi
munosabatlarni o‘zlarida aks ettiradilar, ushbu motivlarning realizatsiyasi uchun
o‘sha his – tuyg‘ular xizmat qiladilar.Emotsiyalar inson shaxsiy faoliyatini oqilona
baholagunga qadar, shuningdek, motivlarning faollashuvi vaziyatida vujudga
keladi. Emotsiyalar ham qanday faoliyat (mehnat, o‘yin, o‘qish)ning kechishiga
muhim o‘z ta’sirini o‘tkazadi, shu jumladan o‘quv faoliyatiga ham. Faoliyatda
emotsiyaning boshqaruvchanlik xususiyati shu paytda vujudga keladikim, qaysiki
nafaqat u yoki bu faoliyatda u shunchaki qatnashadi, ishtirok etadi, balki uni
oldindan payqashda (sezishda) rahnomolik qiladi, talaba yoki o‘quvchini faoliyat
mohiyatiga kirishishda qo‘zg‘atuvchi vazifasini bajaradi. Emotsiyalar faoliyat
mohiyatiga bog‘liq bo‘lib, ular o‘z navbatida unga ham o‘z ta’sirlarini o‘tkazadilar.
Jahon psixologlarining tajribalariga qaraganda, tor ma’noli yoki xususiyatli
motivlar, hatto ularning tashqi va ichki ko‘rinishlari faoliyatda ishtirok etsa,
dominantlik rolini bajarsa, kuchli emotsionallik vaziyati, emotsional to‘yinganlik
holati kuzatiladi. YUqori sifatli protsessual (bilish jarayonlariga taalluqli) motiv,
anglanganlik, barqarorlik dominantlik qilsa, u holda emotsionallik juda yuzaki
ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Endi emotsiyalarning mohiyatiga oid mulohazalar yuzasidan ma’lumot
berishga harakat qilamiz:
1.
Ijobiy emotsiyalar izlanuvchi (qidiriluvchi) ob’ekt yoki sub’ekt bilan
bevosita aloqaga ega bo‘lib uning mohiyatiga kirib borishida o‘z ifodalarini topadi.
2.
Ijobiy emotsiyalar talabaning yoki o‘quvchining o‘z o‘qituvchilari yoki
o‘rtoqlari bilan bir tekis, samimiy, ishchan o‘zaro munosabatlari bilan
shartlangandir.
35
3.
Emotsiyalar har qaysi talabaning yoki o‘quvchining o‘quv faoliyatida
muvaffaqiyatga erishishida o‘zining (sub’ektning) yuksak imkoniyatlarini
tushunishi bilan aloqadordir.
4.
Ijobiy emotsiyalar o‘quvchining (talabaning) yangi o‘quv materiali
bilan tanishishda vujudga keladi: o‘quv faniga nisbatan bilim oluvchining
munosabati emotsional qiziquvchanlik vaziyatigacha hukm surgan bo‘lsa-da,
keyinchalik o‘zaro munosabat fan asosiga vujudi bilan (mukkasidan) berilishni
keltirib chiqaradi.
5.
Ijobiy emotsiyalar talabalar va o‘quvchilar tomonidan bilimlarni
o‘zgartirishning oqilona usullarini egallash davrida vujudga keladi.
Ta’kidlab o‘tilgan emotsiyalar majmuasi ta’lim jarayonida emotsional
komfort tabiatni, tuyg‘usini hosil qiladi va muvaffaqiyatga erishishni ta’minlab
turadi, xolos. SHu narsani ta’kidlab o‘tish joizki, talabalar yoki o‘quvchilar
ijtimoiy-psixologik muhitda emotsional barqarorlikka nisbatan maqtov o‘qish
faoliyatida qotib qolishni yuzaga keltiradi, ularni rivojlanishdan to‘xtashi sari
etaklaydi, natijada “o‘sishda biqiqlikni” hosil qiladi.
Xuddi shu bois ta’lim jarayonida salbiy modallikka ega bo‘lgan emotsiyalar
ishtirok etishi lozim. Misol uchun qoniqmaslik tuyg‘usi salbiy emotsiya sifatida
faoliyatni amalga oshirishning yangi usullarini qidirishning manbai rolini bajaradi.
Psixologiya fanida to‘plangan materiallarga binoan o‘quv faoliyatining
motivatsion tuzilishi quyidagi jabhalar yordami bilan aniqlanadi: saboq
oluvchilarning o‘quv faoliyati xususiyati bilan, uning tuzilishi yoyiqligi va
mukammalligi, o‘quv faoliyati tarkibiy qismlarining shakllanganligi o‘quv
jarayonida boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatida sub’ekt uchun ta’lim
muayyan ma’no kasb etishida, o‘quv motivlari xislatlari, maqsadlarining pishib
etilganligi, emotsiyalarning xususiyatlari bilan oydinlashadi.
Dostları ilə paylaş: |