Microsoft Word faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi



Yüklə 302,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix16.11.2022
ölçüsü302,87 Kb.
#69452
1   2   3   4   5   6   7   8
“Umumiy psixologiya” fanidan

 
 


13 
2-§.Jahon psixologiyasida motiv va motivatsiya muamosi. 
 
Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y bermaydi. 
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqyei 
ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs 
xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada “motiv” va “motivasiya” 
tushunchalari ishlatiladi. 
“Motivasiya” tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va 
mazmunga ega. Motivasiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va 
faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu 
tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, 
ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat yo’lida?” 
degan savollarga javob qidirish – motivasiyani qidirish demakdir. Demak, u 
xulqning motivasion tasnifini yoritishga olib keladi. 
Hozirgi zamon psixologiya fanida “motivatsiya” termini psixologik 
yangilanishlar, o‘zgarishlar, holatlar, jarayonlar yig‘indisini umumlashtiruvchi 
tur(jins) tushunchasi sifatida qo‘llaniladi. Motivatsiya hayotiy muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlarga, jismlarga xulq-atvorni 
yo‘naltiruvchi qo‘zg‘atuvchi tariqasida baholanishi mumkin. Chunki u pirovard 
maqsadga yo‘nalganlikni, tanlovchanlik, fikr yuritishdagi g‘arazgo‘ylikni 
aniqlovchi psixik aks ettirish, shuningdek, uning yordami bilan faollikni 
boshqarish holati tasavvur qilinadi. Motivatsiyaning keng ko‘lamda bunday talqin 
qilinishi uni turmushda odamlar tomonidan bevosita shunday tushunishga mos 
tushadi. Omma nima uchun jonli mavjudod aynan shunday xatti-harakatni amalga 
oshiradi, nega boshqacha yo‘sinda ish tutmasligini izohlash imkoniga 
ega.Boshqacha so‘z bilan aytganda, ushbu psixologik voqelik negizida xulq-
atvorning sababiy shartlanganlik omili yotadi. 
Motivatsiya mahiyati bo‘yicha bildirilgan yuqoridagi fikr-mulohazalarga 
unga berilgan umumlashgan tariflar mutlaqo mutanosibdir: 
1) 
Rubinshteyn S.L.: “Motivatsiya- bu psixika orqali amalga oshuvchi 
determinatsiyadir”


14 
2) 
Madsen K.B. “Motivatsiya bu xulqqa yo‘naltirilgan, qo‘llab 
kuvvatlovchi, qo‘zg‘atuvchi omillarning yig‘indisidir”. 
Yuqoridagi keng ko‘lamli ta’riflar motivatsiya doirasining mavhumligi, 
shartligi, rasmiyligi va nisbiyligidan dalolat beradi. Shuningdek, ta’riflarning rang-
barangligi motivatsiya mohiyatiga kiruvchi, unga taalluqli muhim tushunchalarni 
ajratib olishga imkon beradi.Ko‘rinib turibdiki, har xil kontekstli yondashuvlar 
“motivatsiya” tushunchasining (tuzilmaviy, definitsiya mohiyati) muayyan tarkibiy 
qismlarga ajratishni qiyinlashtiradi. Xuddi shu bois unga berilgan xilma-xil 
ta’riflar, bizningcha, rasmiyatchilik, shartlanganlik nuqtai nazaridan amalga 
oshirilgan psixologik voqelikka o‘xshab ketadi. Hatto jahon psixologlari 
“motivatsiya” tushunchasini “talab”, “intilish”, “qo‘zg‘ovchi”, “ehtiyoj”, 
“zaruriyat” kabi atamalar bilan almashtirishga harakat qiladilar. Bunday 
yondashuvlar, qarashlar, pozitsiyalar mavjudligi ta’riflarning xilma-xilligini 
keltirib chiqaradi. Buning natijasida motivatsiyaning ma’noviy va shakliy jihatlari 
orasidagi munosabatda chigalliklar yuzaga keltiradi. Lekin psixologiya 
kategoriyalarining “ichki regulyator nuqtai nazaridan” tadqiqoti, ularni 
ma’lumotlar bilan boyitish, yangi psixologik xususiyatlari va qirralarini ochish har 
qanday cheklanish yoki cheklanganlikni inkor etadi. Shuning uchun motivatsiyaga 
taalluqli terminlarni qo‘llash maqsadga muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qilsa, u 
holda qat’iy qabul qilingan, saralangan tushunchalardan foydalanishga imkon 
tug‘diradi.Motivatsiyaga oid tushunchalar, atamalar, terminlar turlicha ma’noda 
qo‘llanilishi bir tomondan uning yangi xususiyatlari yoki sifatlarini ochishga 
xizmat qilsa-da, lekin ikkinchi tomondan ilmiy izlanishlarda muayyan darajada 
qiyinchiliklarni vujudga keltiradi.Ushbu psixologik voqelik o‘ta munozarali omil 
sifatida talqin qilishga arziydi. 
Sobiq ittifoq psixologi A.N. Leontev motiv, motivatsiya to‘g‘risida turlicha 
yondashuvlar, nazariyalar, ta’riflar mavjud ekanligiga e’tiroz bildirib, bu haqda u 
shunday mulohaza yuritadi: “Motiv” termini qo‘llanishida shu darajada xilma-
xillik mavjudki, balki ularni tartibga keltirishning iloji ham yo‘qdir. “Motiv” 
terminini shu yo‘sinda qo‘llanilishi shunday ta’sirot qoldiradiki, go‘yoki “motiv” 


15 
tushunchasi turlicha ashyolar joylashtirilgan katta qopga aylanib qolganga 
o‘xshaydi. Motivlar yoki motivlashtiruvchi omillar qatoriga, jumladan ishtaha, 
mayl, impuls, odat, malaka, xohish, his-tuyg‘ular, qiziqish, maqsad, hattoki yanada 
yaqqolroq motivlar, masalan, elektr toki bilan qitiqlash, huzr-halovat yoki 
mamnuniyatni sezish, o‘ziga bino qo‘yishlik, maosh, ideallar kiritiladi (kitob: 
Ehtiyojlar, motivlar va emotsiyalar, M., 1971, 14-bet). 
Insonlarga aloqador motiv va motivatsiya tushunchalari qo‘zg‘atuvchilar va 
qo‘zg‘ovchilarning barcha turlarini o‘z ichiga oladi, chunonchi, motivlar, 
ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va 
boshqalar. Motiv va motivatsiya keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi sifatida 
belgilanishiga qaramay, ko‘pgina tadqiqotchilar ularni juda tor ma’noda tadqiq 
qilib, ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki izlanuvchilar shartsiz reflektor 
aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni ularning tizimiga 
kiritadilar. Bir qator psixologlar motiv va motivatsiyani energetik; ma’noviy 
tomonlarini o‘zaro solishtiradilar, tadqiqotchilar ularni tub ma’nodagi energetik 
bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, ma’noviy va ma’naviy 
jabhalarni hisobga olmay turib tushuntirishga intiladilar. 
Sobiq ittifoq psixologiyasida motiv va motivatsiya tizimi inson hayoti va 
faoliyatiga uzluksiz ravishda yo‘naltirilgan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan 
boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushuniladi. Jumladan, S.L.Rubinshteyn 
motivlashgan tizimning inson borliqni aks ettirishdagi rolini ko‘rsatib,shunday 
mazmundagi mulohazalarni ta’kidlab o‘tadi: birinchi bo‘lib kuzatish ob’ektlari 
emas, balki ehtiyoj ob’ektlari va shaxs xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan 
ustanovkalarning faollikka oid o‘ziga xosligi ham shunday tuzilishga ega va u o‘zi 
xohlagan borliq elementlari va holatini belgilashga xizmat qiladi. Ularning 
fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivatsion xususiyatini ko‘rsatib 
o‘tishning o‘zi kifoya. S.L.Rubinshteyn “ong- bu faqatgina aks etish emas, balki 
insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir” deb yozadi. 
S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko‘rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko‘p 
qirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi, 


16 
kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulq-
atvorini psixologik jihatdan tushuntirishda qo‘zg‘atuvchilar (qo‘zg‘ovchilar)ni turli 
bosqichlarda o‘zaro murakkab bog‘liqlikda olib qarash, ko‘rish lozim, deb 
ta’kidlaydi. Bizningcha, bu ko‘p bosqichli tuzilma boshqaruvning anglanilgan 
bosqichi singari anglanmagan motivatsion tendensiyalarni o‘z ichiga oladi. 
Sobiq ittifoq psixologlari motiv va motivatsiya tuzilishining bosqichli 
konsepsiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga tayanganlar: 
1) 
ongning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan inson xulq-atvorini 
boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi; 
2) 
ontogenezda shaxsning individual shakllanish jarayoni bo‘lmish 
genetik dalillarga asoslanganligi va hokazo. 
Motiv va motivatsiya tuzilishini genetik bosqichda tarkib topish ehtimolini 
tahlil qilish natijasida ularning sodda bir bosqichli tizimlardan murakkab, ko‘p 
bosqichli yuksak darajaga o‘sib o‘tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan 
yaqqol ko‘rsatib beriladi. Umumlashgan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, motiv va 
motivatsiyaning tuzilishi muammosini tadqiq etilishi tufayli ularning dinamik va 
ma’noviy jabhalari birligi prinsipidan kelib chiqilish maqsadga muvofiq. Motiv va 
motivatsiya tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e’tiborni 
ularning mazmuniy jihatini alohida ko‘rsatishga ma’noviy tomonlarining 
birlamchiligini belgilashga qaratiladi. 
Inson xulq-atvor motivi va motivatsiyasi tuzilishini, ularning asosiy 
funksional mexanizmlarini hamda shakllanish jarayoniga yo‘naltirishning strategik 
rejasini ishlab chiqish muammosini psixologik jihatdan tushuntirish uchun 
individning psixik rivojlanishi tahliliga o‘ziga xos ravishda taktik yondashish 
maqsadga muvofiq. 
SHaxs motivlari va motivatsiyasi oqimi muammosi uning ham metodologik, 
ham nazariy munosabatlarni tekshirish demakdir. CHunki to hozirgi davrgacha 
sobiq ittifoq psixologiyasida ularning ko‘pgina qismlari, tomonlari o‘z echimini 
topa olmagan. 


17 
Uzoq xorij psixologlari orasida “biologik ehtiyojlar asosida inson motivlari 
yotadi”, degan qarashlar majmuasi keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda. 
CHunonchi, AQSHlik B.Damellning fikricha, to‘qimada vujudga kelgan ehtiyojlar 
qo‘zg‘atuvchining asosiy manbai hisoblanadi.Mazkur g‘oya yuzasidan mulohaza 
yuritgan Danlen esa “qo‘zg‘alish biologik to‘qimalardan chetga chiqmaydi”, degan 
fikrga qat’iy ishonadi.Gilfordning ta’kidlashicha, faollikning birlamchi manbai 
ovqatdan iboratdir.Lekin muallif o‘z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi. Ushbu 
vaziyatni 
baholashda 
psixologik 
muammolar 
oqimi 
bilan 
motiv 
va 
motivatsiyalarning biologik oqimi o‘rtasida yuz beruvchi o‘zaro o‘rin 
almashishning sodir bo‘lishini mulohaza doirasidan tashqari chiqmasligi lozim. 
Chunki biologik shartlangan reja faollik manbai o‘zaro o‘rin almashish jarayonlari 
assimilyasiya va dissimilyasiya sifatida namoyon bo‘ladi. Holbuki biologik 
holatlar psixik jarayonlarning moddiy asosini tashkil qiladi. Xuddi shu bois ular 
birlamchi manba va psixik faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi. 
Jahon psixologiyasi fanida motivatsiyaning keng ko‘lamda o‘rganilishi 
natijasida u mazmun, ma’no, mohiyat jihatdan yanada kengaydi, original nazariy 
va amaliy materiallar bilan boyidi. Shuning bilan birga motivatsiya bir qancha 
mustaqil yo‘nalishlarga parchalanib ketishi tufayli uning tadqiqot predmeti 
quyidagilarga qaratila boshladi: 
A) jabhalarga(ma’noviy, dinamik tomonlarga),
B) darajalarga (ijtimoiy, biolog, tag zaminiy),
V) mexanizmlarga (mustahkamlash, yordam ko‘rsatish, siqib chiqarish va 
hokazolarga). 
SHunday qilib, inson xulk atvorining determinatsiya qiladigan sabablar 
majmuasi hozirgi zamon motivatsiya psixologiyasi o‘rganadigan u yoki bu 
munosabatni o‘zida aks ettiruvchi, o‘ziga hos jabhalari va darajalarini bevosita va 
tag-zamin, genetik va vaziyatli, to‘g‘ri va teskari atamalar bilan nomlash 
imkoniyatini vujudga keltirdi. 


18 
 
Rus psixologiyasi fanida motiv va motivatsiya muammolari o‘rganilishi 
Motiv va motivatsiya muammolarini tadqiq etishda rus va sobiq ittifoq 
psixologlari 
o‘zlarining 
munosib 
hissalarini 
qo‘shganlar, 
jumladan, 
K.D.Ushinskiy, 
I.M.Sechenov, 
I.P.Pavlov, 
V.M.Bexterev, 
A.F.Lazurskiy, 
V.M.Myasishchev, 
A.A.Uxtomskiy, 
L.S.Vigotskiy, 
S.L.Rubinshteyn, 
A.N.Leontev, P.M.YAkobson va boshqalar. 
XX asr boshlarigacha bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy davrning eng muhim va maxsus 
tadqiqoti L.I.Petrajitskiyning “Inson xatti-harakati motivlari to‘g‘risida” nomidagi 
Peterburg universitetida tayyorlagan ilmiy ishi hisoblanadi(1904). O‘z izlanishida 
muallif motivatsiyaning ilmiy nazariyasini yaratish g‘oyasini ilgari surish bilan 
birga uning psixologiya va boshqa fanlar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb 
etishini ta’kidlab o‘tadi. Uning mulohazasicha, shaxs fe’l-atvorini oqilona baholash 
uchun motivatsiyani hisobga olmaslik aslo mumkin emas.Xuddi shu bois u mazkur 
davr uchun huquqshunoslik (huquqni tushunish) motivlari masalasini o‘rganish 
ijtimoiy zaruriyatligini qayd qiladi.Motivlar hal qiluvchi, harakatlantiruvchi 
mexanizm ekanligini ta’kidlaydi. SHunga qaramasdan, L.I.Petrajitskiy inson va 
uning motivatsiyasi muammosini psixologizatorlik pozitsiyasidan turib tahlil qiladi 
hamda sharhlaydi, lekin bu psixologik voqelik muallifning ilmiy chekinishi emas, 
albatta. 
O‘z zamonasining buyuk eksperimentatori A.F.Lazurskiy (23) psixik 
jarayonlar va shaxs xususiyatlarini tadqiq etayotganida motivlar masalasiga 
qiziqish bilan yondashadi. Buning uchun muallif o‘z izlanishlarida “mayllar va 
xohishlar kuchi hamda zaifligi”, “motivlar kurashiga moyilligi”, “motivlar 
muhokamasiga tortilganligi”, “xohishning qadriyatga ega ekanligi, aniq 
xususiyatliligi” singari kontekstlar orqali o‘rganishga intiladi. SHuning bilan birga 
A.F.Lazurskiy intilish rivojining darajasi ongli irodaviy zo‘r berish bilan bog‘liq 
ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi.Xuddi shu bois u shaxsning tadqiqot dasturida 
bunday munosabatlar tizimiga keng o‘rin ajratadi. Muallif o‘zining izlanish 
dasturida shaxsga ijtimoiy nuqtai nazaridan yondashishga harakat qilgan, lekin 
masala 
endopsixika 
va 
ekzopsixika 
nazariyalariga 
asoslangan 
holda 


19 
tushuntirganligi tufayli insonning ijtimoiy psixologik mohiyati, shaxsning biologik 
hamda ijtimoiy shartlangan jabhalari birligi, uyg‘unligi o‘z ilmiy ifodasini 
topmagan. Natijada uning mulohazalari mexanitsizm va biologizatorlik qobig‘i 
bilan aralashib ketish holati mavjudligi sababli muallifni tub ma’nodagi 
ilmiylikdan bir muncha uzoqlashtiradi. 
CHet el psixologiyasida motivlar va motivatsiyani o‘rganishga bag‘ishlangan 
qator materiallar mavjud bo‘lib,ular jahon psixologiyasiga katta hissadir. Hozirgi 
davrda chet el psixologiyasida o‘ttizga yaqin konsepsiyalar, nazariyalar ishlab 
chiqilgan, ularning aksariyati hayvonlar va odamlar xulq motivatsiyasiga 
bag‘ishlangandir. 
/arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza,Gobbs, Dekart 
asarlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik, 
introspektiv, 
bixeviorizm, 
geshtaltpsixologiya, 
psixoanaliz 
psixologiya 
maktablarining namoyandalari keng ko‘lamda shug‘ullanganlar(U.Djeyms, 
E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar). 
Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining 
javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi(A+SH). Jahonga mashhur bo‘lgan 
“Stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan bixevioristlar instinktiv xulq motivini 
insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda ko‘chirishni anglatib keladi. Ularning 
talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo‘lib, tashqi qo‘zg‘atuvchi 
“stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga keladi. 
Bixeviorizmning asoschisi Dj.Uotson psixologiyaning asosiy vazifasi xulqni 
tadqiq qilishdan iborat deb tushuntirishga harakat qildi. U psixik holatlarni 
tekshirishdan voz kechib, xulqni ichki va tashqi shakllarga ajratdi va ular stimul 
bilan javob sifatida bevosita o‘zaro bog‘langandir. Muallif uchun “xulq” asosiy 
tushunchaga aylanadi, buning oqibatida uning psixika bilan aloqasi odatiy narsa 
deb baholanadi. 
Bixevioristlarning fikricha, psixologiyaning predmeti psixika emas, balki 
reaksiyalar majmuasi bo‘lmish xulqdir. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni 
tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida qaraydilar, tana a’zosining ichki quvvatini 


20 
faollashtiradi deb tushunadilar. Neobixevioristik konsepsiyalarda yangi turtki 
(qo‘zg‘ovchi) larning paydo bo‘lishi (drayv) insonning organik ehtiyojini 
qondirishninng stimul natijasi bilan muvofiqlashuvi tariqasida talqin qilinadi. 
V.M.Daugall Darvinning biologik determinizm ta’limotini vulgarlashtirib, 
motivatsiyani tug‘ma xususiyatini asoslashga, tug‘ma instinkt bilan uni 
qiyoslashga intiladi. Buning uchun muallif oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 ta inson 
instinktlari hukm surishini ajratib ko‘rsatadi va ularni sharhlab beradi. Uning 
karashlari o‘zgarishga yuz tutgan bo‘lishiga qaramay, bu sohaga oid talqinlar 
qolaverdi, bunga instinkt energiyasi tug‘maligi, impulsivligi g‘oyalari bixevioristik 
konsepsiyadan tashqariga chiqishga imkon bermaydi. 
Psixoanalitik konsepsiya bixeviorizmdan farqli o‘laroq, motivatsiyaning 
negizida insonga xos bo‘lgan mayllar yotishini tan oladi. Buning manba sifatida 
maylni tortuvchi tana a’zosining qaysi bir qismidagi somatik jarayon tushuniladi. 
Freyd nazariyasida mayl bilan instinkt alohidaligi ko‘rsatib o‘tilmagan, bu esa 
o‘ziga xos yondashuvdir. 
Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd xulq ehtiyoji va motivlari 
muammosini ishlab chiqqan bo‘lib, uningcha, motivatsiya manbai tur va 
individning saqlash instinkti hisoblanadi. Bizningcha, insonning ijtimoiy tabiati, 
uning ijtimoiylashuvi nuqtai nazaridan yondashishni talab etsa, u holda ongsizlik 
va onglilik munosabati o‘zaro bir-birini taqozo qiladi. 
Motivatsiyaning talqini geshtaltpsixologiya maktabida o‘ziga xos xususiyatga 
ega.Jumladan, K.Levin motivlarni eksperimental o‘rganish metodikasini ishlab 
chiqqanda ularni mutlaqo mustaqil hukm suradi, degan fikrga keladi. 
Geshtaltpsixologiyasida obraz kategoriyasi qanday tushunilgan bo‘lsa, K.Levin 
o‘zining “maydon (makon) nazariyasida” motivni xuddi shunday kategoriya 
sifatida qo‘llaydi. Obraz bilan motivni o‘zaro aloqasi inkor qilinadi, vaziyatning 
jismli ma’noviy mazmuni va uning doirasidagi motivatsiya tan olinmaydi. Muallif 
xulqni tushuntirganda, shaxsning favquloddagi vaqt mikrointervalida yaqqol muhit 
bilan bevosita munosabatidan kelib chiqadi.Xulqning shaxsga oid konstatlari 
hamda shaxsning xususiyatlari inobatga olinmaydi.Xuddi shu bois motiv 


21 
kategoriyasidan shaxs kategoriyasiga o‘tish muammosi aslo amalga oshirilmaydi. 
K.Levin Z.Freyddan farqli o‘laroq, “organizm-muhit” tizimi bo‘yicha motivlarni 
tajribada tekshirib, mavjud ta’limotni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Uning 
nazariyasida motivatsiya tug‘ma va egallangan (o‘zlashtirilgan) ikki xil ko‘rinishga 
ega bo‘lib, uning birinchisi hayvonlarga, ikkinchisi esa insonga taalluqlidir. Ushbu 
talqin bahsli fikrlar uyg‘otishga moyil. 
E.Tolmen xulq aktida motivning roli dominantligini dalillash uchun 
bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, freydizm nazariyalarini birlashtirib, ularga 
introspeksiya prinsiplarini kiritib mulohaza yuritadi. Lekin sub’ektivizm 
holatlarining o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalar bahsbopdir. 
G.Ollport o‘z asarida personalistik yo‘nalishning namoyandasi tariqasida 
inson motivatsiyasi mohiyatini ochishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni tatbiq 
etish g‘oyasini ilgari suradi.Uning o‘zini o‘zi namoyon qilish nazariyasida shaxs 
motivatsiya sub’ekti tariqasida tahlil, talqin qilinadi. O‘zining shaxs konsepsiyasini 
bayon qilishda uni “ochiq tizim” sifatida talqin qilib, motivatsiyaga undovchi 
doirada motivning quyi (biologik ehtiyoj) va yuqori (rivojlanish) darajalariga 
ajratadi. 
Ollportning nazariyasi motivatsiya rivojiga qo‘shilgan muayyan hissa bo‘lib 
sanaladi. Motivatsiya mohiyatini yoritishda shaxsga qaratilgan yo‘naltirilgan 
yondashuvni asoslab berish uchun motiv shaxsda o‘zak ekanligini ta’kidlaydi, 
lekin ularning ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan aloqasi mavjudligini diqqat-
e’tibordan chetda qoldiradi. 
E.Daffi o‘zining xulq motivatsiyasini faollashtirish nazariyasida, jumladan, 
“Xulq aktivatsiyasi” asarida bixevioristlar ichida birinchilardan bo‘lib, motivatsiya 
muammosini tadqiq qilish g‘oyasini ilgari suradi. Ushbu nazariya xulq 
yo‘nalganligi (xulqning faollik) orqali ifodalanishi mumkin. Xulq intensivligi va 
uning aktivatsiyasi darajasini o‘rganishda bosh miya po‘sti bilan sklet muskullari 
funksiyalari o‘rtasida korrelyasion munosabatlar indikatorlar sifatida qabul 
qilinadi. Daffi faollik bilan stimul o‘rtasida moslik borligi yoki moslik yo‘qligi 
muammosini tekshirishga intiladi.Uning fikricha, stimul bilan reaksiya bilish bilan 


22 
faollashish jarayonlari o‘zaro o‘rin almashib turadi. Muallifning asosiy maqsadi 
motivatsiyani aniqlash uchun aktivatsiya va uning yo‘nalishini ham tekshirishdan 
iboratdir. Xulk aktivatsiyasi bo‘yicha motivlar masalasiga birinchi marta fiziologik 
yondashuv amalga oshirilgan. 
D.Bindra o‘zining motivatsiya nazariyasini yaratishda B.Skinnerning 
bixevioristik, D.Xebbning fiziologik konnsepsiyalaridan foydalanadi.“Motivatsiya- 
sistematik 
reinterpretatsiya” 
nomli 
kitobida 
uni 
erishgan 
yutuqlari 
umumlashtirilgan.D.Bindraning 
tasdiqlashicha, 
xulk-odatning 
kuchi 
bilan 
aniqlanadi.Odatda retikulyar formatsiyadan kelayotgan aktivatsiya darajasiga, 
miyaga boruvchi qonning fiziologik tarkibi ta’sir qiladi. U motivatsiyani fiziologik 
tushuntirib berish bilan birga unga ta’sir etuvchi sub’ektiv jabhalarni (ichki 
stimullar va xulqning o‘zlashtirilgan kodlarini) ham ta’kidlab o‘tadi. 
D.Bindra motivni ochlik, seks, o‘yin, qo‘rqinch tuyg‘ulari bilan bog‘lab 
o‘rganadi. Olingan natijalarga asoslanib, u xulqni ikki shaklga ajratadi: vaj-
sababga asoslangan va maqsadga yo‘naltirilgan. Bizningcha, motivatsiyaga 
organizm funksiyasi(fiziologik holat) shunchalik katta ta’sir o‘tkazishi to‘g‘risida 
mulohazalar o‘ta bo‘rttirilgandir. CHunki har qaysi xatti-harakat oldida maqsad, 
motiv turadi, shuning uchun ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish ham adolatdan 
emas, albatta. 
D.Berlaynning 
motivatsiya 
nazariyasi 
natijalari 
“Nizo, 
faollashish, 
hayratlanish”, “Tafakkurni tuzilishi va yo‘nalishi” kabi asarlarida joy olgan. 
Muallif motivlar mohiyatini ochishda ehtiyojga bevosita murojaat qiladi va uni bir 
necha xil ma’noda talqin etadi. Birinchidan, ehtiyoj- bu faollik va faoliyat 
darajasini aniqlovchi shart-sharoit (energetik tasnif yoki ehtiyojning energetik 
samarasi). Ikkinchidan, ehtiyoj- bu aniq javoblarga yordam beruvchi ichki holat 
yoki ularning tanlovchiligini (selektivligini) aniqlovchi.Uchinchidan ehtiyoj- bu 
mukofot olishga aloqador sharoit mazmuni.Muallif motivatsiyaning murakkab 
psixofiziologik sxemasini yaratadikim, bunda ehtiyoj organizm javoblarini 
aniqlashga xizmat qiladi (u tuzilmaviy birlamchi qo‘zg‘atuvchi bilan potensial 
uzviy aloqadadir). 


23 
Turli xil axborot va ma’lumotlar shaxs tomonidan qabul qilinadi yoki qabul 
qilinmaydi, mabodo qabul qilinmasa, u taqdirda kognitiv dissonans vujudga keladi. 
Festinger motivatsiyani insonni qurshab turgan borliqni bilish bilan aloqada 
uyg‘unlik 
tarzda 
olib 
qaraydi. 
Uning 
dalillashicha, 
dissonantlar 
(nomutanosibliklar) mavjud bo‘lganida dissonans holati vujudga keladi, konsonant 
holatida (munosiblik) esa namoyon bo‘lmaydi. 
Festinger nazariyasining an’anaviy bixevioristik sxemadan farqi shundaki, u 
motivatsiyani bilish, kognitiv jarayon bilan uyg‘unlikda tadqiq qiladi. 
V.Kettellning motivatsiya konsepsiyasi o‘ziga xosligi bilan boshqa 
yondashuvlardan ajralib turadi. O‘zining ilmiy imkoniyatlarini u “SHaxs va 
motivatsiya”, “Tuzilma va o‘lchash”, “Motivatsiya nazariyasi”, “SHaxsning ilmiy 
tahlili” singari asarlarida sinab ko‘rgan. Muallif aksariyat intellektual faoliyatini 
test ishlab chiqish jarayoniga bag‘ishlagan. 
Uning tasdiqlashicha, xulq- bu organizm va tashqi ta’sirning natijasidir. Inson 
xulqini tahlil qilayotib, u qobiliyat, temperament, dinamik qiyofa (xulqning 
faolligi, kuchi) ga ajratadi. Tizimning oxirgisi ergik ehtiyojlar (tug‘ma reaksiyalar 
omillari) va sentimentlar (o‘zlashtirilgan, o‘rgatilgan reaksiyalar) tarkibiga kiradi. 
Kettell taklif qilgan sxema shaxsni quyidagi darajalarini o‘ziga qamraydi: 
munosabatni qamrovchi “hissiy” (xotinning prichestkaga, biznesga, do‘stlariga, 
prezidentga, cherkovga), “Sentimentar” (xobbiga, vataniga, siyosatga, partiyaga, 
xudoga), “Ergik” (taajjublanish, ochlik, tashnalik, g‘azablilik) holatlar. 
Xulqning motivatsion tarkibi temperament tuzilmasi bilan temperament va 
hissiyotlar bilan aloqadordir. “Ergik” (erg- grekcha – ish, quvvat) daraja instinktga, 
zaruratga, ehtiyojga qarama-qarshi qo‘yiladi. Erg – motivatsiyaning o‘zgaruvchan 
tasniflovchisi. Ergik zo‘riqish, uning darajasini stimul va individning xususiyati, 
fiziologik holat, ideallar va boshqalarni aniqlaydi. Uning mulohazasicha, motiv- 
rag‘batlantiruvchi ehtiyojdir. Kettell o‘zining motivatsiya nazariyasida ijtimoiy va 
biologik jabhalarni, fiziologik va psixologik tomonlarni birlashtirishga harakat 
qiladi. Biroq u ijtimoiy omilni aniqlovchi mezon sifatida ajratib ko‘rsatmaydi. 


24 
Binobarin, inson ehtiyojlari determinirlashganligini hisobga olmagan holda uni 
talqin qiladi. 
I.Atkinson va K.Berchlarning motivatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlari “Erishuv 
motivlari” kitobida o‘z ifodasini topgan. Ular o‘z nazariyalarini “aksiltarixiy” va 
“aksilfiziologik” deb nomlaydilar. Jumladan, Atkinson motivatsiyaning bir nechta 
“tillar” ga ajratadi; eksperimental, neyrofiziologik, bixevioristik (xulqiy), 
matematik. 
K.Levin va E.Tolmen qarashlariga asoslangan Atkinson xulqini ikki 
o‘zgaruvchidan iborat deb qaraydi: a) nimanidir kutish; b) motivga aylanuvchi 
qadriyat, unga erishishning o‘zi- bu erishuvga muhtojlidir. 
Atkinson bilan Berch nazariyasining yangiligi shuki, unda reaksiyalar tahlil 
qilinishi o‘rniga harakatlar, shu jumladan, verbal harakatlar tadqiq etiladi.Ta’sir 
etuvchi stimullar motivlar, ularning ahamiyatliligi, baholanishiga bog‘liq holda 
qaytadan barpo qilinadi.Bu narsa harakatning tasnifi, samarali holatlarini aniqlash 
uchun xizmat qiladi. Mualliflar xulqning ijtimoiy determinatsiyasini tan 
olmaydilar. 
Jahonda 
mashhur 
ilmiy 
yondashuvlardan 
biri- 
bu 
A.Maslouning 
motivatsiyaning “personologik” konsepsiyasidar. U o‘zini gumanistik psixologiya 
yo‘nalishining namoyandasi deb hisolaydi, shuning uchun bixevioristlarga va 
ekzistensialistlarga qarshi kurashuvchi “uchinchi kuch” ekanligini ta’kidlaydi. 
“Motivatsiya va shaxs” kitobida “SHaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish” qarashlar 
rivojlantiradi.Individning uzluksiz kamolotga intilishini u etakchi motiv 
baholaydi.Bu bilan muallif ijtimoiy determinatsiyani inkor qiladi. 
Maslouning fikricha, motivlarni aniqlovchi, bir necha darajalardan tashkil 
topgan ehtiyojlar mavjuddir. Xulq ehtiyojlar va qobiliyatlarga bog‘liq bo‘lib, u 
ichki va tashqi motivlar bilan belgilanadi. 
Muallif tomonidan ehtiyojlarning quyidagi darajalari ajratib ko‘rsatiladi: 
birnchi daraja – fiziologik – ozuqaga, suvga, gomeostazni saqlashga nisbatan 
ehtiyoj; ikkinchi daraja – ozodlikka , xavfsizlikka nisbatan ehtiyoj; uchinchi daraja 


25 
– sevgi (muhabbat)ga nisbatan ehtiyoj; to‘rtinchi daraja – maqsadga, erishuvga 
yo‘naltirilgan ehtiyoj; beshinchi daraja o‘zini o‘zi faollashtirishga nisbatan ehtiyoj. 
A.Maslouning ta’kidlashicha, yangi ehtiyoj yuqoridagi ehtiyoj darajalarining 
barchasi qoniqtirilgandan keyingina paydo bo‘lishi mumkin. Ularning ichdan eng 
yuqorisi – bu o‘zini o‘zi faollashtirishdir. 
Mazkur nazariya jamiyat va shaxs ikki parallel ravishda hukm suruvchi 
mohiyat 
degan 
tushunchadan 
kelib 
chiqishiga 
qaramay, 
unda 
shaxs 
antropologizirlashtiriladi hamda psixologizirlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiyligi tan 
olinsa-da, ammo biologik xususiyatga aloqadorligi birlamchi belgi sifatida 
qolaveradi. O‘zini o‘zi faollashtirish qobiliyati esa, uning mulohazasicha, 
qandaydir tabiiylik alomati tariqasida baholanadi. 
SHunday qilib, biz yuqorida xorijiy psixologlarning motivatsiya muammosiga 
bag‘ishlangan tadqiqotlari natijalari bilan tanishib chiqdik.Aksariat mualliflar 
shaxsni biologizirlashtirishga intilishganliklari tufayli uning faollik manbalarining 
oddiy turtkisi bilan tenglashtiradilar. Go‘yoki oddiy instinktlar, reflekslar inson 
xulqining tarkibiy negizlari bo‘lib hisoblanadi. Bu talqinga binoan ular motivlarni 
maqsadga muvofiq shakllantirish imkoniyatini rad qiladilar, motivatsiya ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarishga yuz tutishini inobatga olinmaydi. Natijada 
xulq motivlari ijtimoiy shartlanganligi, ularning ijtimoiy xususiyati tadqiqotlarning 
diqqat markazidan va idrok ko‘lamidan chetda qoladi. 

Yüklə 302,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin