Microsoft Word faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi



Yüklə 302,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix16.11.2022
ölçüsü302,87 Kb.
#69452
1   2   3   4   5   6   7   8
“Umumiy psixologiya” fanidan

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


30 
II. 2-§.Motivatsiya: maqsad, emotsiya va qiziqish 
O‘quv motivlari deganda talabalar (o‘quvchilar)ning o‘quv faoliyatining 
barcha jabhalariga ichki va tashqi yo‘nalganligi tushuniladi. Psixologiya fanida 
o‘quv motivlari ikkita katta tupkumga ajratilgan holda tadqiq qilish an’ana tusiga 
kirgan.Hozir ularning mohiyatiga, tavsifiga oid mulohazalar yuzasidan ma’lumot 
berishga harakat qilamiz. 
I. O‘quv faoliyatining mazmuni va uni bajarilish jarayonlari bilan aloqador 
biluv motivlari. 
II. O‘zga odamlar bilan talaba (o‘quvchi)ning turli ijtimoiy o‘zaro ta’sirini aks 
ettiruvchi ijtimoiy (sotsial) motivlar. 
Birinchi turkumga (guruhga) taalluqli motivlar o‘z navbatida bir nechta 
guruhchalarga ajratilib tadqiq qilinmoqda. 
1. 
Talabalarni 
yoki 
o‘quvchilarni 
yangi 
bilimlarni 
egallashga 
yo‘nalganligini ifodalovchi keng ko‘lamdagi biluv motivlari. Ularning darajalari 
bilan bir-birlaridan tafovut qiladilar. Motivning darajasi esa talabaning yoki 
o‘quvchining bilishga nisbatan qiziqishini ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. 
2. 
Talabalarning yoki o‘quvchilarning bilimlarni egallash usullarini 
o‘zlashtirishga yo‘nalganligini ifodalovchi bilishga oid o‘quv motivlari. 
3. 
Talaba yoki o‘quvchilarni bilimlarni egallash usullarini mustaqil 
ravishda takomillashtirishga yo‘nalganligini ifodalovchi mustaqil bilim olish 
motivlari.
Ikkinchi turkumni (guruhni) tashkil qiluvchi sotsial motivlar ham bir nechta 
guruhchalarga ajratilgan holda tadqiq etiladi: 
1. 
O‘qishning, bilim olishning zarurat ekanligini tushunishga, jamiyatga 
naf, foyda keltirishga, olamni bilishga intilishdan iborat keng sotsial motivlar.
2. 
Obro‘ (nufuz) ortirishga erishishga, atrofdagi odamlarning 
ma’qullashiga, ular bilan munosabatga kirishishda muayyan o‘rin va pozitsiya 
egallashga intilishda namoyon bo‘luvchi tor doiradagi ijtimoiy (sotsial) motivlar. 
3. 
Talabaning yoki o‘quvchining sinfda (kursda) o‘z tengdoshlari va 
o‘qituvchilar bilan hamkorlik shakllarini uzluksiz ravishda takomillashtirishga, 


31 
hamkorlikning shakllari usullarini tahlil qilishga, ularni tushunib etishga boshqalar 
bilan muomala hamda muloqotda o‘zaro ta’sir o‘tkazish istagida ifodalanuvchi 
hamkorlikning sotsial (ijtimoiy) motivlari.
O‘quv motivlarini o‘zaro farqlash jarayonida ularning ma’noviy tavsifida 
namoyon bo‘ladi va quyidagi shakllardan tashkil topadi:
1) 
o‘qish (ta’lim) o‘quvchiga yoki talabaga shaxsiy ma’no kasb etishi; 
2) 
talabaning yoki o‘quvchining o‘quv faoliyatida va uning motivning 
real ta’sir o‘tkazuvchanligi hamda harakatda bo‘lishi; 
3) 
motivatsiyaning umumiy tuzilishida motivning tutgan o‘rni; 
4) 
motivning mustaqil vujudga kelishi va tug‘ilishi; mustaqil bilim olish 
jarayonida ichki turtki sifatida namoyon bo‘ladi; unga kattalarni yordam berish 
vaziyatida barpo bo‘luvchi tashqi turtki; 
5) 
motivning anglanganligi darajasi; talabalar va o‘quvchilar har doim 
ham o‘z motivlarini anglash imkoniyatiga ega bo‘lmasligi; ehtimol bu qobiliyat 
o‘rta ta’lim darajasida paydo bo‘lmasligi mumkin; xuddi shu boisdan 
o‘quvchilarning anglamasliklari ularning oshkora qilmasliklari ko‘zga tashlanadi; 
6) 
motivning o‘quv mashg‘ulotlari shakllariga, o‘quv fan-faoliyatning 
barcha ko‘rinishlariga yoyilish darajasi kabilar. 
O‘quv motivlari shakllarining xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, ular o‘ziga 
xos dinamik tavsiflarni vujudga keltiradi: 
1) 
ularning eng muhim va asosiy xususiyati – bu barqarorlikdir. Bu holat 
shunday ko‘rinishga egakim, bunda u yoki bu motiv har qanday o‘quv 
vaziyatlarida uning ko‘pchiligidan etarli darajada faollashuvi bilan ajralib turadi: 
2) 
motivlar vujudga kelishining shakllaridan biri- bu ularning emotsional 
bo‘yoqlarga 
ega 
ekanligi 
yoki 
modallikligidir; 
psixologiyada 
o‘quv 
motivatsiyalarining salbiy va ijobiyligi bo‘yicha bir talay materiallar mavjuddir; 
salbiy (negativ) motivatsiya deganda talabaning yoki o‘quvchining muayyan 
noxushlik va noqulaylikni anglashdan kelib chiquvchi qo‘zg‘atuvchi, ya’ni ularni 
shaxs hisobga olmasa vujudga kelishi mumkinligi tushuniladi; ijobiy (pozitiv) 
motivatsiya talabaning yoki o‘quvchining ijtimoiy ahamiyatli o‘qish majburiyatini 


32 
bajarish bilan uzviy aloqadordir, ta’lim jarayonida yutuqlarga erishish, yangi 
bilimlarni egallash, ularni o‘zlashtirishning oqilona usullari bilan qurollanish, 
atrofdagi shaxslar bilan munosabatlarga kirishish jarayonlarining majmuasidan 
iboratdir; 
3) 
motivlar paydo bo‘lishining boshqa shakllari uning kuchida, 
ifodalanishida, vujudga kelish sur’atida aks etadi; ushbu shakllarning namoyon 
bo‘lishi ko‘pincha talabani yoki o‘quvchini aqliy mehnat faoliyatida qancha 
muddat tura olishi, mazkur motiv yordami bilan topshiriqlarni bajarishning 
miqdori bilan bog‘liqdir; chunki motivlarning kechishi, takomillashishi va 
mustahkamlanishining xususiyatlari ko‘p jihatdan ularning ma’noviy tomonlari 
bilan, chunonchi, dominantligi va harakatchanligiga aloqadordir. 
O‘quv motivlarida talaba va o‘quvchilarning maqsadga yo‘naltirilgan 
maqsadlari, emotsiyalari va qiziqishlarining o‘rni namoyon bo‘ladi. 
Agarda talaba yoki o‘quvchida shaxsiy o‘quv faoliyatining ba’zi 
bosqichlarida maqsad qo‘ya olish uquvi mavjud bo‘lmasa, undagi (sub’ektdagi) 
motivlar aqliy mehnatni amalga oshirish uchun etarli emasdir. Maqsad-bu talaba 
yoki o‘quvchining o‘quv faoliyati tarkibiga kiruvchi ayrim harakatlarni bajarishga 
yo‘nalganligidir.Maqsad 
shunchaki 
o‘zicha, 
motivlarsiz 
talabaning 
yoki 
o‘quvchining o‘quv faoliyati va o‘quv xatti-harakatining tartibini belgilab bera 
olmaydi.Ammo bemaqsad eng oqilona motivlar ham his-tuyg‘ular, mayllar, turtki 
darajasida noaniq qolib ketishi mumkin. CHunki motiv harakat ustanovkasi 
mohiyatiga ega bo‘lganligi tufayli izlanish va mazmunini tushunish esa harakatni 
real bajarishni ta’minlab turadi. 
Xuddi shu sababdan talabaning yoki o‘quvchining motivatsion doirasida 
maqsad qo‘ya olishning qaysi tomonlari (jarayonlari) kiritilishi va qanday 
ko‘nikmalarga saboq oluvchini (sub’ektni) o‘rgatish muammosi ta’lim (o‘quv 
yurti) oldida o‘z echimini kutadi. Mazkur g‘oyani amalga oshirish uchun 
quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:
1. 
O‘zini o‘zi tarbiyalash (o‘zini o‘zi namoyon etish) qonuni tarkibiga 
kiruvchi maqsadlarni saralash (tanlash). 


33 
2. 
O‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadni qabul qilish va uni 
tushunish, muallim maqsadini uzoq muddat saqlab turish, unga rioya qilish, o‘z 
xulq-atvorini unga itoat qildirtirish. 
3. 
Maqsadni mustaqil ravishda qo‘ya bilish harakatni amalga oshirganga 
qadar uni fikriy jihatdan tasavvur eta olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. 
4. 
Maqsadlar majmuasidan ularning bir nechtasi ichidan faqat bittasini 
tanlab olish va saralash jarayonini dalillash. 
5. 
Real maqsadni noreal maqsad bilan qiyoslash, ularni o‘zaro o‘rin 
almashtirish, maqsadga erishishning realligini aniqlash. 
6. 
O‘z maqsadlarini aniqlashtirish, oydinlashtirish maqsadida faol 
tekshirishni amalga oshirish. 
7. 
Maqsadlarning muayyan izchillikka, ketma-ketlikka ega bo‘lishi. 
8. 
Maqsadlarning har qaysisiga erishish uchun vaqt va quvvatning 
zaxiralari, imkoniyatlaridan foydalanish. 
9. 
Ezguga erishuv yoki muvaffaq bo‘lish darajasini hisobga olgan holda 
yangi maqsadlarni qo‘ya bilish (muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik), oldingi 
maqsad natijasi bilan hozirgisini, ya’ni yangisini qiyoslash. 
10. 
Maqsadni unga bog‘liq bo‘lgan shart-sharoitlar bilan topshiriqning 
qo‘yilishi uyg‘unligiga binoan yaqqollashtirish. 
11. 
Istiqbol maqsadlarini qo‘ya olish, ya’ni mazkur vaziyat mohiyatidan 
chiqib keluvchi maqsadni ko‘zlash nazaarda tutiladi. 
12. 
SHart-sharoitga moslashuvchi, egiluvchan maqsadni qo‘ya bilish, 
ya’ni sharoitga, vaziyatga ko‘ra maqsadning o‘zgarishi va amalga oshish 
imkoniyati mavjudligi tasavvur qilinadi. 
13. 
Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun vositalar va usullar 
tanlash, maqsadga erishish yo‘lida muayyan to‘siqlarni engib o‘tish. 
14. 
Original, nostereotip, nostandart maqsadlar qo‘ya olish. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarning barchasi o‘quv faoliyatida 
talabalarni yoki o‘quvchilarni maqsad qo‘ya olish (ko‘zlash) qobiliyatining 
tarkibiy qismlaridan iborat bo‘lib, mazkur ko‘nikmalar o‘z tabiati va tuzilishi 


34 
jihatdan turli-tumandir, xuddi shu sababli ularning har qaysisi maqsadni 
realizatsiya qilish jarayonida bevosita ishtirok etadi. 
Endi o‘quv motivatsiyasida emotsiyaning o‘rni masalasining tahliliga o‘tamiz. 
A.N. Leontevning ta’kidlashicha emotsiyalarning o‘ziga xosligi shundaki, 
ular 
faoliyat 
muvaffaqiyatining 
imkoniyati 
bilan 
motivlar 
o‘rtasidagi 
munosabatlarni o‘zlarida aks ettiradilar, ushbu motivlarning realizatsiyasi uchun 
o‘sha his – tuyg‘ular xizmat qiladilar.Emotsiyalar inson shaxsiy faoliyatini oqilona 
baholagunga qadar, shuningdek, motivlarning faollashuvi vaziyatida vujudga 
keladi. Emotsiyalar ham qanday faoliyat (mehnat, o‘yin, o‘qish)ning kechishiga 
muhim o‘z ta’sirini o‘tkazadi, shu jumladan o‘quv faoliyatiga ham. Faoliyatda 
emotsiyaning boshqaruvchanlik xususiyati shu paytda vujudga keladikim, qaysiki 
nafaqat u yoki bu faoliyatda u shunchaki qatnashadi, ishtirok etadi, balki uni 
oldindan payqashda (sezishda) rahnomolik qiladi, talaba yoki o‘quvchini faoliyat 
mohiyatiga kirishishda qo‘zg‘atuvchi vazifasini bajaradi. Emotsiyalar faoliyat 
mohiyatiga bog‘liq bo‘lib, ular o‘z navbatida unga ham o‘z ta’sirlarini o‘tkazadilar. 
Jahon psixologlarining tajribalariga qaraganda, tor ma’noli yoki xususiyatli 
motivlar, hatto ularning tashqi va ichki ko‘rinishlari faoliyatda ishtirok etsa, 
dominantlik rolini bajarsa, kuchli emotsionallik vaziyati, emotsional to‘yinganlik 
holati kuzatiladi. YUqori sifatli protsessual (bilish jarayonlariga taalluqli) motiv, 
anglanganlik, barqarorlik dominantlik qilsa, u holda emotsionallik juda yuzaki 
ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Endi emotsiyalarning mohiyatiga oid mulohazalar yuzasidan ma’lumot 
berishga harakat qilamiz:
1. 
Ijobiy emotsiyalar izlanuvchi (qidiriluvchi) ob’ekt yoki sub’ekt bilan 
bevosita aloqaga ega bo‘lib uning mohiyatiga kirib borishida o‘z ifodalarini topadi. 
2. 
Ijobiy emotsiyalar talabaning yoki o‘quvchining o‘z o‘qituvchilari yoki 
o‘rtoqlari bilan bir tekis, samimiy, ishchan o‘zaro munosabatlari bilan 
shartlangandir. 


35 
3. 
Emotsiyalar har qaysi talabaning yoki o‘quvchining o‘quv faoliyatida 
muvaffaqiyatga erishishida o‘zining (sub’ektning) yuksak imkoniyatlarini 
tushunishi bilan aloqadordir. 
4. 
Ijobiy emotsiyalar o‘quvchining (talabaning) yangi o‘quv materiali 
bilan tanishishda vujudga keladi: o‘quv faniga nisbatan bilim oluvchining 
munosabati emotsional qiziquvchanlik vaziyatigacha hukm surgan bo‘lsa-da, 
keyinchalik o‘zaro munosabat fan asosiga vujudi bilan (mukkasidan) berilishni 
keltirib chiqaradi. 
5. 
Ijobiy emotsiyalar talabalar va o‘quvchilar tomonidan bilimlarni 
o‘zgartirishning oqilona usullarini egallash davrida vujudga keladi. 
Ta’kidlab o‘tilgan emotsiyalar majmuasi ta’lim jarayonida emotsional 
komfort tabiatni, tuyg‘usini hosil qiladi va muvaffaqiyatga erishishni ta’minlab 
turadi, xolos. SHu narsani ta’kidlab o‘tish joizki, talabalar yoki o‘quvchilar 
ijtimoiy-psixologik muhitda emotsional barqarorlikka nisbatan maqtov o‘qish 
faoliyatida qotib qolishni yuzaga keltiradi, ularni rivojlanishdan to‘xtashi sari 
etaklaydi, natijada “o‘sishda biqiqlikni” hosil qiladi. 
Xuddi shu bois ta’lim jarayonida salbiy modallikka ega bo‘lgan emotsiyalar 
ishtirok etishi lozim. Misol uchun qoniqmaslik tuyg‘usi salbiy emotsiya sifatida 
faoliyatni amalga oshirishning yangi usullarini qidirishning manbai rolini bajaradi. 
Psixologiya fanida to‘plangan materiallarga binoan o‘quv faoliyatining 
motivatsion tuzilishi quyidagi jabhalar yordami bilan aniqlanadi: saboq 
oluvchilarning o‘quv faoliyati xususiyati bilan, uning tuzilishi yoyiqligi va 
mukammalligi, o‘quv faoliyati tarkibiy qismlarining shakllanganligi o‘quv 
jarayonida boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatida sub’ekt uchun ta’lim 
muayyan ma’no kasb etishida, o‘quv motivlari xislatlari, maqsadlarining pishib 
etilganligi, emotsiyalarning xususiyatlari bilan oydinlashadi. 

Yüklə 302,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin