«Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni (Ka’bani) haj – ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo‘lsa (ya’ni Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta, Alloh butun olamlardan behojat bo‘lgan zotdir» (Oli Imron surasi, 97).
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlarki: «Kim hajning farzligini inkor qilsa, u aniq
kofir bo‘libdi va Alloh undan behojatdir».
Hazrati Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Kimning haj qilishga imkoni bo‘laturib haj
qilmasa, u yahudiy bo‘lib o‘ladimi yoki nasroniy bo‘libmi, farqi yo‘q» (Abu Bakr Ismoiliy
rivoyat qilgan, sahih hadis).
Yana u zot roziyallohu anhu aytgan ekanlarki: «Mana bu shaharlarga odamlarimni
yuborishni xohlardim. Toki odamlarim u yerdagi qodir bo‘laturib haj qilmagan kimsalarni
topsalar-da, ularga jizya solsalar. Chunki ular musulmon emaslar» (Said ibn Mansur
rivoyati, sahih hadis).
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Kimning haj qilishga yetadigan mablag‘i bo‘lsa-yu, haj
qilmasa, yoki zakot berish vojib bo‘lsa-yu, zakot bermasa, o‘layotgan vaqtida hayotga
qaytarilishini so‘raydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Ey Ibn Abbos, Allohdan qo‘rq,
hayotga qaytarilishni kofirlar so‘raydi», deya e’tiroz bildirdi. Ibn Abbos roziyallohu
anhumo: «Senga u haqda Qur’on (oyati) o‘qib beraman. Alloh taolo: