«Sizlardan fazl va keng mol-davlat egalari qarindoshlariga, miskinlarga va
muhojirlarga Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaslikka qasam ichmasin» (Nur surasi,
22).
Bu oyat Abu Bakr roziyallohu anhu haqlarida tushganiga ixtilof yo‘q.
Alloh taolo u zotni
«fazl egasi» deb sifatladi.
«O‘shanda ikkovlon g‘orda bo‘lgan paytlarida hamrohiga: «Famgin bo‘lma,
albatta, Alloh biz bilan birgadir», deyishi bilan, Alloh O‘z tomonidan uning
ustiga – qalbiga bir xotirjamlik tushirdi...» (Tavba surasi, 40).
Ushbu oyat ham Abu Bakr roziyallohu anhu haqlarida ekanligida ixtilof yo‘q.
Alloh taolo u
zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hamrohi – sahobasi
ekanligini bayon qilib,
xotirjamlik xushxabarini berdi va ikkovlonning ikkinchisi deb ulug‘ladi.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytmoqchi: «Uchinchilari Alloh bo‘lgan ikkovlonning
ikkinchisidan afzalroq kim bor?!»
«Rost Qur’onni keltirgan zot (ya’ni, Muhammad) va uni tasdiq etgan zot
(mo‘minlar) – ana o‘shalar taqvodor zotlardir» (Zumar surasi, 33).
Ja’far Sodiq aytgan ekanlar: «Rost – Qur’onni keltirgan zot Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam va uni tasdiqlagan zot Abu Bakr roziyallohu anhu ekanliklarida ixtilof yo‘q».
Sahobalar orasida bundan ortiq martaba bo‘lishi mumkinmi?!
Alloh ulardan rozi bo‘lsin.
Forumda online o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.0
www.ziyouz.com
-2007