Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
153
ifodalaydi. Shuning uchun Umar roziyallohu anhu: «Ey Parvardigor, to‘xtadik», degan
edilar.
Abu Hayyon aytadilar: «Alloh taolo xamr va qimordagi ikki fasodni zikr qildi: biri –
dunyoviy, ikkinchisi – diniy».
Dunyoviy fasodi: xamr ko‘ngilsizlik va gina-kudrat keltirib chiqaradi hamda yor-
birodarlar orasiga rahna soladi. Qimor o‘ynaydigan kimsa esa borib-borib hech vaqosi
qolmaydi va oxiri xotini va bolalarini ham qimorga tikib yuboradi.
Diniy fasodi: Xamr ichgan odam sarxush bo‘lib, es-hushini yo‘qotadi va Allohni zikr
qilishdan chalg‘iydi. Qimor o‘ynaydigan kimsa esa, yutsa ham, yutqazsa ham Allohni zikr
qilishdan chalg‘iydi.
Qimor odamlarning haqlarini botil-nohaq yo‘l bilan yeyish hisoblanib, Alloh undan
qaytargandir:
Dostları ilə paylaş: