Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
96
joiz. Chunki u zot sollallohu alayhi vasallam ularning kofir holida o‘lishlarini aniq
bilganlar. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Allohim, Alloh va Rasuliga
osiylik qilgan Ra’l, Zakvon va Usayya (yoki Asiyya) qabilalarini la’natlagin», deganlar
(Muslim rivoyati).
Biror kishini duoibad qilish ham qariyib la’natlash bilan barobardir. Hattoki, zolimni
«Alloh jismini sog‘ qilmasin» «Alloh salomat qilmasin» kabi so‘zlar bilan duoibad qilish
durust emas. Bularning barchasi qoralangandir.
Shuningdek, jonli-yu jonsiz barcha mavjudotni la’natlash ham nojoiz.
Ayrim ulamolar aytganlarki: «Kimda-kim la’natga munosib bo‘lmagan kishini la’natlasa,
darhol so‘zini qaytarib olsin...»
Fasl
Amri ma’ruf-nahiy munkar qiluvchi va har bir nasihatgo‘y qarshisidagi kishiga:
«Holingga voy bo‘lsin» «Ey holi zaif», «Ey loqayd», «Ey o‘ziga zolim» kabi so‘zlarni aytsa
joiz. Bunda faqat yolg‘onga o‘tib ketmasligi va rost bo‘lsa-da, qo‘pol, behayo so‘z
so‘zlamasligi darkor. Odob berish, yomon xulqlardan qaytarish va so‘z ta’sirchan bo‘lishi
uchun yuqorida zikr qilingan jumlalarni so‘zlash mumkin, xolos. Vallohu a’lam.
Ey Allohim, qalblarimizni o‘zingdan boshqaga bog‘lanib qolishdan pokla, bizni O‘zing
yaxshi ko‘rgan va O‘zingni yaxshi ko‘rgan qavmdan qil. Bizni, ota-onamizni va barcha
musulmonlarni mag‘firat ayla.
Qirq ikkinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: