Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«(Bu oyatlardan) faqat Allohga bergan ahdlariga vafo qiladigan va miysoq-



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«(Bu oyatlardan) faqat Allohga bergan ahdlariga vafo qiladigan va miysoq-
va’dalarini buzmaydigan aql egalariga eslatma olurlar. Ular Alloh bog‘lanishga 
buyurgan narsalarni (ya’ni, qarindosh-urug‘lar bilan aloqani) bog‘laydilar. 
Parvardigorlaridan qo‘rqadilar va og‘ir hisob-kitobga duchor bo‘lishdan qo‘rqib, 
(doim chiroyli amallar qilishga intiladilar)» (Rad surasi, 20–21). 
 
«Bu masal sabab (Alloh) ko‘plarni adashtiradi va ko‘plarni (haq yo‘lga) hidoyat 
qiladi. Bu (masal) sabab faqat Allohning aniq ko‘rsatmalarini buzadigan, U 
bog‘lanishiga buyurgan narsalarni uzadigan va yer yuzida buzg‘unchilik qilib 
yuradigan fosiq kimsalarnigina adashtiradi. Ular shubhasiz, ziyon 
ko‘rguvchilardir» (Baqara surasi, 26–27). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzuvchi kimsa 
jannatga kirmaydi», deganlar (Mutaffaqun alayh). 
 
Kim boy bo‘lib, kambag‘al qarindoshlaridan takabburlik qilib aloqani uzsa, ularga xayr-
ehson qilmasa, mazkur hadisi sharifdagi tahdid unga ham taalluqli bo‘lib, u jannatga 
kirishdan mahrum bo‘ladi. Magar Alloh azza va jallaga tavba qilib, qarindoshlariga ehson 
qilganlar bundan mustasno. 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Meni haq (din) bilan yuborgan Zotga qasamki
silai rahmga (xayr-ehsonga) muhtoj qarindoshlari bo‘laturib, boshqalarga ehson 
qiladigan kishining sadaqasini Alloh qabul qilmaydi. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga 
qasamki, unday kimsaga qiyomat kuni Alloh qaramaydi», deganlar (Tabaroniy rivoyati). 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir inson qarindoshining oldiga borib, 
Alloh unga ato etgan fazl-boyligidan so‘rasa-yu, u baxillik qilsa, Alloh unga jahannamdan 
«shujo’» deb nomlangan ilon chiqaradi. Ilon uni chaqib, bo‘yniga o‘ralib oladi», deganlar 
(Tabaroniy rivoyati). 
 
Kishi agar faqir bo‘lsa, qarindoshlarini ziyorat qilish, hollaridan xabar olish bilan aloqani 
bog‘lash kerak. Zero, qarindoshlar bilan aloqani bog‘lash buyurilgan. Bu ish 
iymondandir. 
 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki 
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ekan, qarindoshlari bilan aloqani bog‘lasin», 
dedilar» (Muttafaqun alayh). 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
Qarindoshlar bilan aloqani bog‘lash rizqning ziyoda, umrning uzun bo‘lishiga sababdir va 
u yomon o‘limdan saqlaydi. 
 
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam: «Kimki umri uzun, rizqi keng bo‘lishi va yomon o‘limdan saqlanishidan 
xursand bo‘lsa, Allohga taqvo qilsin va qarindoshlari bilan aloqani bog‘lasin», deganlar 
(Abdulloh ibn Imom Ahmad va Bazzor rivoyati). 
 
Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Rahm 
(qarindoshlik) Arshda muallaq turadi va: «Meni bog‘laganni Alloh bog‘lasin, meni 
uzganni Alloh uzsin», deydi», deganlar» (Muttafaqun alayh). 
 
Qarindoshlar bilan aloqani uzish tez orada jazolanishning, uqubatga uchrashning asosiy 
sabablaridan biridir. 
 
Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: 
«Alloh gunohkorga oxirat uchun hozirlab qo‘ygan uqubatdan tashqari bu dunyoda ham 
tezda jazo berishiga zo‘ravonlik va qarindoshlar bilan aloqani uzishdan ko‘ra munosibroq 
gunoh yo‘q», dedilar (Termiziy rivoyati). 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Javob qaytaruvchi (kelgannikiga 
boruvchi) qarindoshlik aloqalarini bog‘lovchi emas. Biroq qarindoshlik aloqasi uzilsa, uni 
bog‘lagan kishi qarindoshlik aloqalarini bog‘lovchidir» (Buxoriy va boshqalar rivoyati). 
 
Ummu Gulsum binti Uqba (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam: «Gina saqlovchi qarindoshga qilingan sadaqa-ehson eng afzal 
sadaqadir», dedilar (Ibn Xuzayma, Hokim rivoyati). 
Boshqa bir hadisi sharifda: «Sendan uzilgan kishiga bog‘langin», deyiladi. 
Silai rahm qilib, qarindoshlik aloqalarini bog‘lash vojib bo‘lgan qarindoshlar – opa-
singillar, xolalar, ammalar va opa-singillarning qizlaridir. 
 
Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning mavlosi – ozod qilgan qul Sulaymon aytadi: 
«Payshanba oqshomi – jumaga o‘tar kechasida davramizga Abu Hurayra keldilar-da: 
«Oramizdan turib ketmaguncha qarindoshi bilan aloqani uzgan har bir kishi qiyin 
ahvolda qoladi», dedilar. Bu so‘zni uch marotaba takrorlasalar ham, hech kim o‘rnidan 
qimirlamadi. Keyin bir yigit turib, ikki yildan beri aloqasini uzib qo‘ygan ammasining 
oldiga keldi. Huzuriga kirgach, ammasi: «Ey jiyan, qaysi shamol uchirdi?!» deb so‘radi. 
U: «Abu Hurayra shunday-shunday dedi», degan edi, ammasi: «Borib so‘ra-chi, nega 
bunday dedi ekan?» dedi. U borib so‘ragan edi, Abu Hurayra roziyallohu anhuning javobi 
quyidagicha bo‘ldi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini 
eshitdim: «Bani Odam amallari har payshanba oqshomi (jumaga o‘tar kechasi) Alloh 
taboraka va taologa ro‘baro‘ qilinadi. Shunda qarindoshlari bilan aloqani uzgan kishining 
amali qabul qilinmaydi», dedilar» (Imom Buxoriy «Adabul-mufrad» kitoblarida 
keltirganlar). 
 
Alloh taolodan toatiga muvaffaq etishini tilaymiz. Albatta, U saxovatli va marhamatli 
zotdir. 
 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin