www.ziyouz.com kutubxonasi
99
bo‘ladi», deb ikki barmog‘ini tikladilar va: «Modomiki, ota-onasiniga oq bo‘lmas ekan»,
deb qo‘shib qo‘ydilar» (Ahmad, Tabaroniy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch xil duoning ijobat bo‘lishida shak-
shubha yo‘q, (ular): mazlumning duosi, musofirning duosi va ota-onaning farzandi
haqqiga qilgan duosi» (Termiziy rivoyati).
Rivoyat qilinishicha, Alloh gunohlardan xohlaganini qiyomat kuniga olib qo‘yadi. Biroq
ota-onasiga oq bo‘lish bundan mustasno. Alloh ota-onasiga oq bo‘lgan odamni
o‘lmasidan oldin shu dunyoning o‘zida jazolaydi.
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan: «A’rof nima? U yerda kimlar bo‘ladi?» deb so‘rashdi.
U zot: «A’rof jannat bilan do‘zax orasidagi tog‘ bo‘lib, jannat va do‘zaxdan balandroq
bo‘lgani bois «a’rof» (tepalik) deb nomlangan. U yerda daraxtlar, mevalar, anhorlar va
buloqlar bor. A’rofda ota-onalarining roziligisiz jihodga chiqib, jihodda o‘ldirilgan kishilar
bo‘ladi. Alloh yo‘lida qatl qilinganlari ularni do‘zaxga tushishidan to‘ssa, ota-onalariga oq
bo‘lganlari ularni jannatga kirishdan man qilib turadi. Alloh ular xususida hukmini
chiqarmaguncha, ular A’rofda bo‘lurlar», dedilar.
Ka’bul Ahbor rahmatullohi alayh aytadilar: «Banda ota-onasiga oq bo‘lsa, Alloh tezroq
azob berish uchun uni tezda halok etadi. Banda agar ota-onasiga mehribon bo‘lsa,
yanada ko‘proq yaxshilik va mehribonlik qilishi uchun Alloh bu bandaning umrini uzun
qilib qo‘yadi».
Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Alloh taolo Muso alayhissalomga: «Ey Muso, ota-onangni
ehtirom qil. Zero, kim ota-onasini ehtirom etsa, uning umrini ziyoda qilaman va o‘zini
ham hurmat qiladigan farzand beraman. Kimki ota-onasiga oq bo‘lsa, uning umrini qisqa
qilaman va o‘ziga ham itoatsizlik qiladigan farzand beraman», deb vahiy qildi.
Abu Bakr ibn Abu Maryam aytadilar: «Tavrotda: «Kimki otasini ursa, o‘ldiriladi»,
deyilganini o‘qidim».
Vahb aytadi: «Tavrotda: «Kimki ota-onasiga qo‘l ko‘tarsa, toshbo‘ron qilinadi»,
deyilganini o‘qidim».
Rivoyat qilinishicha, kimki ota-onasini haqorat qilsa, (dafn qilinganidan) so‘ng uning
qabriga, osmondan yerga tushadigan har bir tomchi miqdoricha qizib turgan cho‘g‘
tushadi.
Rivoyat qilinadiki, ota-onasiga oq bo‘lgan kimsa dafn qilinsa, qabri uni qattiq siqadi.
Hattoki, uning qovurg‘alari bir-biriga kirib ketadi. Qiyomat kunida eng qattiq g‘azabga
giriftor bo‘ladigan insonlar uch toifa bo‘lib, ular mushrik, zinokor va ota-onasiga oq
bo‘lgan kimsadir.
Ka’bul Ahbordan: «Ota-onaga oq bo‘lish nima?» deb so‘rashgan edi, u kishi: «Agar otasi
yoki onasi uning nomidan qasam ichsa, qasamini oqlamaydi. Biror ishga buyursa,
buyrug‘iga itoat etmaydi. Biror narsa so‘rasa, bermaydi va omonat qo‘ysa, xiyonat
qiladi», deb javob berdilar.