Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
102
Qarindoshlar bilan aloqani bog‘lash rizqning ziyoda, umrning uzun bo‘lishiga sababdir va
u yomon o‘limdan saqlaydi.
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam: «Kimki
umri uzun, rizqi keng bo‘lishi va yomon o‘limdan saqlanishidan
xursand bo‘lsa, Allohga taqvo qilsin va qarindoshlari bilan aloqani bog‘lasin», deganlar
(Abdulloh ibn Imom Ahmad va Bazzor rivoyati).
Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Rahm
(qarindoshlik) Arshda muallaq turadi va: «Meni bog‘laganni Alloh bog‘lasin, meni
uzganni Alloh uzsin», deydi», deganlar» (Muttafaqun alayh).
Qarindoshlar bilan aloqani uzish tez orada jazolanishning, uqubatga uchrashning asosiy
sabablaridan biridir.
Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh gunohkorga oxirat uchun hozirlab qo‘ygan uqubatdan
tashqari bu dunyoda ham
tezda jazo berishiga zo‘ravonlik va qarindoshlar bilan aloqani uzishdan ko‘ra munosibroq
gunoh yo‘q», dedilar (Termiziy rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Javob qaytaruvchi (kelgannikiga
boruvchi) qarindoshlik aloqalarini bog‘lovchi emas. Biroq qarindoshlik aloqasi uzilsa, uni
bog‘lagan kishi qarindoshlik aloqalarini bog‘lovchidir» (Buxoriy va boshqalar rivoyati).
Ummu Gulsum binti Uqba (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam: «Gina saqlovchi qarindoshga qilingan sadaqa-ehson eng afzal
sadaqadir», dedilar (Ibn Xuzayma, Hokim rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda: «Sendan uzilgan kishiga bog‘langin», deyiladi.
Silai
rahm qilib, qarindoshlik aloqalarini bog‘lash vojib bo‘lgan qarindoshlar – opa-
singillar, xolalar, ammalar va opa-singillarning qizlaridir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning mavlosi – ozod qilgan qul Sulaymon aytadi:
«Payshanba oqshomi – jumaga o‘tar kechasida davramizga Abu Hurayra keldilar-da:
«Oramizdan turib ketmaguncha qarindoshi bilan aloqani uzgan har bir kishi qiyin
ahvolda qoladi», dedilar. Bu so‘zni uch marotaba takrorlasalar ham, hech kim o‘rnidan
qimirlamadi. Keyin bir yigit turib, ikki yildan beri aloqasini uzib qo‘ygan ammasining
oldiga keldi.
Huzuriga kirgach, ammasi: «Ey jiyan, qaysi shamol uchirdi?!» deb so‘radi.
U: «Abu Hurayra shunday-shunday dedi», degan edi, ammasi: «Borib so‘ra-chi, nega
bunday dedi ekan?» dedi. U borib so‘ragan edi, Abu Hurayra roziyallohu anhuning javobi
quyidagicha bo‘ldi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini
eshitdim: «Bani Odam amallari har payshanba oqshomi (jumaga o‘tar kechasi) Alloh
taboraka va taologa ro‘baro‘ qilinadi. Shunda qarindoshlari bilan
aloqani uzgan kishining
amali qabul qilinmaydi», dedilar» (Imom Buxoriy «Adabul-mufrad» kitoblarida
keltirganlar).
Alloh taolodan toatiga muvaffaq etishini tilaymiz. Albatta, U saxovatli va marhamatli
zotdir.