Qarindosh-urug‘larga – ular bilan aloqani mustahkamlash, ularga yaxshi
munosabatda bo‘lish lozimligi ham ta’kidlanmoqda.
Yetimlarga – ularga mehr-shafqat ko‘rsatib, boshlarini silash lozim.
Miskinlarga – imkoni bo‘lsa, ularga xayr-ehson qilish, bo‘lmasa, yaxshi so‘z so‘zlash
darkor.
Qarindosh qo‘shni – nasabda yoki dinda qarindosh bo‘lgan qo‘shni. Uning ikkita haqi
bor. Mabodo ham dinda, ham nasabda qarindosh bo‘lsa, uning uchta haqi bo‘ladi.
Begona qo‘shni – nasabda yoki dinda qarindosh bo‘lmagan qo‘shni.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘shnining haqi xususida shunday deganlar:
«Jabroil menga qo‘shni haqida to‘xtovsiz vasiyat qilaverganidan yaqinda qo‘shnini ham
www.ziyouz.com kutubxonasi
104
merosxo‘r deb atasa kerak, deb o‘yladim» (Muttafaqun alayh).
Hamroh – safardagi yo‘ldosh bo‘lib, uning qo‘shnilik va hamrohlik haqlari bor.