Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir 
qush xuddi sizlar kabi (Bizning qo‘l ostimizdagi) jamoalardir» (An’om, 38), oyati 
tafsirida quyidagilar aytilgan: «Qiyomat kunida insonlar to‘planib turgan vaqtda jami 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
hayvonlarni olib kelib, ular orasida hukm qilinadi. Hattoki shoxli qo‘chqordan shoxsiz 
qo‘chqorning o‘chi olib beriladi, hattoki mayda chumolidan boshqa bir chumolining 
qasosi olib beriladi. So‘ng ularga: «Tuproqqa aylaninglar!» deyiladi. Ana shunda kofir: 
«Qaniydi, men ham tuproqqa aylansam», deydi». 
 
Bu tafsir hayvonlarning o‘zaro, shuningdek, hayvonlar bilan insonlar orasida hukm 
qilinishi dalildir. Binobarin, inson bironta hayvonni nohaq ursa yoki tashna-och qoldirsa 
va yo toqatidan tashqari narsani yuklasa, o‘sha hayvon qiyomat kunida undan qasos 
oladi. 
 
Imom Buxoriy va Imom Muslimlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi 
sharif yuqoridagi fikrimizga dalil bo‘ladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
«Bir ayol mushuk sababli azobga giriftor bo‘ldi. Uni qamab qo‘ygan edi, o‘lib qoldi va u 
sababli do‘zaxga kirdi. Uni qamaganiga yarasha yedirib ichirmadi. Uni qo‘yib yubormadi 
hamki, yerdagi hashorotlardan terib yerdi». 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir kishi sigir yetaklab ketayotgan edi. 
Bir vaqt uning ustiga minib oldi-da, urdi. Shunda sigir: «Biz bu ish uchun emas, yer 
haydash uchun yaratilmaganmiz», dedi» (Muttafaqun alayh). 
 
Abu Sulaymon Doroniy aytadilar: «Bir marta eshakka minib, ikki-uch marotaba urdim. 
Shunda eshak boshini ko‘tarib menga qaradi-da: «Ey Abu Sulaymon, bu ish uchun 
qiyomat kuni qasos olinadi. Xohlasang ko‘p ur, xohlasang kam», dedi. Shundan keyin 
biron narsani urmayman, dedim». 
 
Ibn Umar roziyallohu anhumo Quraysh yoshlari yonidan o‘tdilar. Ular bir qushni osib 
qo‘yib, uni mo‘ljalga olishayotgan, qushning egasiga xato ketgan har bir o‘qni berishga 
kelishishgan edi. Ibn Umarni ko‘rishgach, tarqalib ketishdi. U zot: «Bu ishni kim qildi? Bu 
ishni qilgan kimsani Alloh la’natlasin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham jonli 
narsani nishonga olgan kimsani la’natlaganlar», dedilar (Muttafaqun alayh). 
    
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chorva hayvonlarini o‘ldirish uchun saqlab turishdan 
qaytarganlar (Muttafaqun alayh). 
 
Ilon, chayon, sichqon va quturgan it kabi shariatda o‘ldirishga izn berilgan jonivorlarni 
o‘ldirayotganda ham, qiynamasdan bir daf’ada o‘ldirish lozim. Chunki Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Agar biron narsani o‘ldirsanglar, unga yaxshilik qilinglar. 
Agar biron jonliqni so‘ysanglar, unga ham yaxshilik qilinglar. So‘yadiganingiz pichog‘ini 
o‘tkirlab olsin va qurbonligini rohatlantirsin», deganlar (Muslim va boshqalar rivoyati). 
 
Shuningdek, jonivorni yoqib o‘ldirish ham mumkin emas. Zero, Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Men sizlarga falonchi va falonchini yoqib yuborishni buyurgan edim. 
Vaholanki, olov bilan faqat Alloh azoblaydi. Shuning uchun ularni topsangizlar, 
o‘ldiringlar», deganlar (Buxoriy rivoyati). 
 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan 
safarda edik. Bir vaqt kichkina qush ko‘rib qoldik. Uning ikkita jo‘jasi bor edi. Jo‘jalarini 
olib qo‘ygan edik, tepamizda gir aylanib ucha boshladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam keldilar-da, aytdilar: «Kim buni bolasi sababli bezovta qildi? Bolasini unga 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin