Yo‘lovchi musofir – musofir to ko‘zlagan manziliga yetib olgunicha, unga taom va
boshpana berish vojib.
Qo‘llaringizdagi qullaringiz – qul (cho‘ri)larning rizqini yaxshilab, xatolarini afv etish
lozim.
Zero, Alloh O‘zining ko‘rsatmalariga amal qilishdan bo‘yin tovlaydigan mutakabbir va U
bergan ne’matlar sababli boshqa bandalardan o‘zini ustun qo‘yuvchi maqtanchoq
kimsalarni suymas.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyodan ketish oldidan, so‘nggi kasallik
chog‘larida namoz va qul-cho‘rilarga yaxshi munosabatda bo‘lish haqida vasiyat qilib:
«Namoz, namoz (ya’ni, namozga qattiq e’tibor beringlar). Qo‘l ostingizdagilar xususida
Allohdan qo‘rqinglar», degan edilar (Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).
Rivoyat qilishlaricha, yaxshi hulq – baxt, yomon hulq esa – ko‘ngilsizlik (baxtsizlik).
Yana bir hadisi sharifda: «Yomon xulqli kishi jannatga kirmaydi», deyilgan (Termiziy
rivoyati).
Abu Mas’ud Badriy aytadilar: «Bir qulimni qamchi bilan urayotgan edim. Ortimdan: «Ey
Abu Mas’ud, bilib qo‘y», degan ovoz eshitildi. Fazabdan ovozni anglamay qoldim. Menga
yaqin kelgach, qarasam u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanlar. U zot:
«Abu Mas’ud, bilib qo‘y, sen bu g‘ulomdan qudratli bo‘lsang, Alloh sendan qudratlidir»,
dedilar. «Endi bironta ham qulni urmayman, dedim».
Ushbu hadisning boshqa rivoyatida: «U zot sollallohu alayhi vasallamning haybatlaridan
qo‘limdan qamchi tushib ketdi», deyilgan. Yana bir rivoyatda: «Yo Rasululloh, u
Allohning roziligi uchun ozoddir», degan edim, u zot: «Agar shunday qilmaganingda,
shubhasiz, do‘zax olovida kuygan bo‘larding», dedilar», deyilgan (Muslim rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Kimki qulini qilmagan ishi uchun jazolab ursa
yoki kaltaklasa, uni ozod qilish bilangina shu gunohi yuviladi» (Muslim rivoyati).
Hakim ibn Hizom roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Dunyoda odamlarni azoblaydigan kimsalarni Alloh, albatta, jazolaydi» (Muslim
rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki zulm qilib qamchi ursa, qiyomat
kunida undan qasos olinadi» (Bazzor va Tabaroniy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Xizmatkorni necha marta afv etish lozim?»
deb so‘rashgan edi, «Har kuni yetmish marotaba», deb javob berdilar (Abu Dovud,
Termiziy rivoyati).
Kunlardan bir kuni qo‘llarida misvok tutib turgan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
xizmatkorini chorladilar. U sustkashlik qilgan edi, u zot: «Agar qasos olish xafvi
bo‘lmaganida, ana shu misvok bilan senga ozor bergan bo‘lardim», dedilar (Imom
Ahmad rivoyati).