Alloh taolo aytadi:
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota- onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta, Alloh mutakabbir va maqtanchoq bo‘lgan kimsalarni sevmaydi» (Niso surasi, 36).
Alloh taolo O‘zini bir, yakka va yolg‘iz deb bilish, ulug‘lash qatorida quyidagilarga yaxshi
munosabatda bo‘lishni buyurdi:
Ota-onaga – ularga mehribonlik ila yaxshi munosabatda bo‘lish, qo‘pol muomala
qilmaslik, huzurlarida baland ovozda gapirmaslik va qul ho‘jayiniga itoat etganday
itoatkor bo‘lishi lozim.