Sehrgar, shak-shubhasiz, kofirdir. Alloh taolo aytadi:
«Balki odamlarga sehr o‘rgatadigan shaytonlar kofir edilar» (Baqara surasi,
102).
Mal’un shaytonning odamlarga sehr o‘rgatishdan ko‘zlagan birdan-bir maqsadi – ularni
mushrikka aylantirish.
Alloh taolo Horut va Morut haqida xabar berib shunday deydi:
«Holbuki, u farishtalar: «Biz faqatgina fitnamiz (ya’ni, odamlarni aldab imtihon qilish uchun yuborilganmiz), bas, (biz aytgan narsalarni qilib) kofir bo‘lib qolma», demasdan turib hech kimga hech narsa o‘rgatmas edilar. – Va o‘shalardan (Horut va Morutdan) er-xotinning orasini buzadigan narsalarni o‘rganadilar. (Lekin) ular (yahudiylar) Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkaza olmaydilar. Ular o‘zlariga hech foydasiz, bil’aks zararli narsalarni o‘rganadilar. Axir (Allohning Kitobi o‘rniga sehrni) almashgan kimsalarga