Alloh taolo aytadi:
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma. Chunki quloq, ko‘z, dil – bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Al-Isro surasi, 36).
Bu oyatning tafsirida Kalbiy: «Bilmagan narsang haqida gapirma», degan bo‘lsalar,
Qatoda: «Eshitmagan narsangni eshitdim, ko‘rmagan narsangni ko‘rdim va bilmagan
narsangni bildim, demagin», deganlar.
«Chunki quloq, ko‘z, dil – bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur»,
oyatini tafsir qilib, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Alloh bandalaridan bu a’zolarni qanday
ishlarga ishlatganini so‘raydi», deganlar.
Bu oyati karima halol bo‘lmagan narsaga qarash, harom narsani eshitish va joiz
bo‘lmagan narsani iroda qilishdan qaytarishga hujjat bo‘ladi. Vallohu a’lam.