«(U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko‘targan hollarida (chorlangan tomonga hisob-kitob uchun) chopurlar. Ko‘zlari o‘zlariga qaytmaydi (ya’ni, qo‘rquvdan qotib qolib, o‘zlarining qanday holda ekanliklarini ham ko‘rmaydilar). Dillari (dahshatdan) bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolur. (Ey Muhammad), odamlarni ogohlantirib qo‘yingki, ularga azob kelar kunda (qiyomatda) zolim kimsalar: «Parvardigoro, bizlarga ozgina muhlat bergin, (ya’ni, bizlarni dunyoga qaytarib, ozgina hayot bergin, albatta) Sening da’vatingni qabul qilurmiz va payg‘ambarlaringga ergashurmiz» deydilar. (Shunda ularga javob qilinur): «Ilgari (hayot paytingizda) hech qachon zavolga yuz tutmasligingiz (ya’ni, hech qachon o‘lmasligingiz va oxirat jazosiga duchor bo‘lmasligingiz) haqida qasam